Virtual reallik (VR, vrtual reality) – texnik vositalar yordamida yaratilgan insonga uning sezgilari: ko`rish, eshitish, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan dunyo. Virtual reallik ham ta’sir qilishni, ham ta’sirlarga javob berishni simulyatsiya qiladi. Virtual reallikni qabul qilishning haqiqatga yaqin modelini hosil qilish uchun virtual reallik xususiyatlari va ularga reaksiyalar real vaqt rejimida kompyuterda sintez qilinadi
Virtual reallik tushunchasi birinchi marta 1960-yillarning oxirida Myron Kryuger tomonidan kiritilgan. 1964-yilda Stanislav Lem o`zining “Texnologiyalar yig`indisi” kitobida “fantomologiya” atamasi haqida yozar ekan “Unda yashovchi aqlli mavjudotlar uchun hech qanday farq qilmaydigan, ammo boshqa qonunlarga bo’ysunadigan reallikni qanday yaratish kerak” degan savolga javobning vazifalari va mohiyatini tasvirlaydi
Virtual reallik sanoati 1970-1990-yillarda asosan tibbiyot, parvoz simulyatsiyalari, avtomobil sanoati va harbiy tayyorgarlik maqsadlarida qo’llanilgan. Devid Em 1977-yildan 1984-yilgacha NASAning Jet Propulsion Laboratory (JPL) da navigatsiya qilinadigan virtual olamlarni yaratgan birinchi rassom bo'ldi.
1978-yilda Massachusets texnologiyalari instituti (MIT) da “Aspen kino xaritasi” nomli qurilma yaratildi, bu qurilma Aspen shahri ko’chalari bo’ylab virtual sayohat qilish imkonini berardi. 1985-yilda Skot Fisher NASA bilan hamkorlikda VIEW (Virtual Interactive Environment Workstation)ni yaratdi, VIEW zamonaviy VR qurilmalari uchun prototip vazifasini bajaradi
1990-yillardan boshlab Virtual reallik qurilmalari oddiy istemolchilar uchun ham ishlab chiqarila boshlandi. Bunday qurilmalarni sotib olishdan asosiy maqsad kompyuter o’yinlari edi. 1991-yilda SEGA MEGA DRIVE o’yin konsoli uchun Sega VR virtual reallik shlemini taqdim qildi. Bu qurilma LCD displeylar, stereo minigarnituralar va inersial datchiklardan foydalangan.
1995-yilda SEGAning asosiy raqobatchisi bo’lgan NINTENDO o’zining Virtual Boy qurilmasini taqdim qildi. Virtual Boy 32 bitli stolga o’rnatiluvchi o’yin konsoli bo’lib, Stereoskopik 3D tasvirlarni chiqarish uchun mo’ljallangan edi. O’yinlarda chuqurlik effektini yaratish uchun parallax texnologiyasidan foydalangan
2010-yilda palmer Lakey Oculus Riftning birinchi prototipini loyihalashtirdi. Boshqa Virtual reallik garniturasining qobig’ida qurilgan bu ptototip faqar aylanishni kuzatishga qodir edi. Biroq, u o’sha paytlarda iste’mol bozorida misli ko’rilmagan 90 darajali ko’rish maydoni bilan maqtana olardi. 2012-yilda Oculus Rift birinchi marta E3 ko’rgazmasida ommaga namoyish qilindi. Oculus VR zamonaviy texnologiyalar tufayli tez orada mashxurlikka erishdi. 2014-yilga Facebook Oculusni 3 milliard dollarga sotib oldi.
2013-yilda Valve Virtual reallik kontentini kechikishsiz va buzilishlarsiz yetkazib beruvchi displeylarni kashf etdi. Bu kashfiyot oculus kabi boshqa kompaniyalar tomonidan qabul qilingan va hozirgacha qo’llanilib kelinadi. 2014-yilga kelib Valve o’zining SteamSight prototipini namoyish etdi. U har bir ko’zda 1K display, katta maydonda joylashishni kuzatish va frenel linzalari kabi xususiyatlarga ega edi.
2015-yilda Valve HTC bilan hamkorlikda HTC Vive virtual reallik qurilmasi va kontrollerlarini taqdim qildi. To’plamga infraqizil nurlar yordamida joylashuvni kuzatish uchun devorga o’rnatilgan “tayanch stansiyalar”dan foydalanilgan LightHouse deb nomlanuvchi kuzatuv texnologiyasi kiritilgan
2014-yilda Sony o’zining Project Morpheus loyihasini taqdim qildi. Bu loyiha prototipi keyinchalik Playstation VR ga aylandi. Playstation VR Playstation 4 va Playstation 5 konsollari uchun virtual reallik qurilmasi bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamonda Texnologiyarning jadal rivojlanishi natijasida Virtual reallik anchagina keng tarqalishga ulgurdi. Birgina Noyabr oyining o’zida shaxsiy kompuuterlar uchun virtual reallik texnologiyasini qo’llab-quvvatlovchi 25 dan ortiq o’yin ishlab chiqarilgan
Hozirgi kunga kelib Virtuallik reallik qurilmalari uchun Half-Life: ALYX, Beat Saber, Among US VR, Medal of Honor: Above and Beyond, Phasmophobia, Pavlor VR, Superhot VR, Skyrim VR, Resident evil 4 kabi mashxur o’yinlar ishlab chiqarilgan.