Vitaminlar haqida umumiy tushuncha Vitaminlarni o’simliklar hayotidagi ahamiyati O’simliklardan olinadigan vitaminlar



Yüklə 97,24 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü97,24 Kb.
#162975
‘’Biokimyo va malekulyar biologiya ‘’ fanidan



Reja :

  1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha

  2. Vitaminlarni o’simliklar hayotidagi ahamiyati

  3. O’simliklardan olinadigan vitaminlar

4. Xulosa

1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. Vitaminlar haqidagi ta’limot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog’idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog’lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalarning ko’rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o’sishi uchun bu moddalarning o’zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo’ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo’lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan.Yapon shifokori K.Takaki go’sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o’xshagan turining rivojlanishini ko’rsatib bergan.


K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog’ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po’stlog’ida davolash xususiyatiga ega bo’lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po’stlog’ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.
Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog’liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog’, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo’lgan almashtirib bo’lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo’lib kristall holda ajratib olingan “beri-beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o’z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning ko’pchiligi o’zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham “vitaminlar” deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam saqlanib qolgan.
Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bo’linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga o’xshaydi, lekin odatda ko’p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning o’zi vitamin bo’lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz cho’chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning to’qimalarida sintezlanadi.
Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari ko’p vitaminlarni o’zlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.
Ba’zi aminokislotalar, bir nechta yuksak to’yinmagan osimlik yog’ kislotalari (linolat – 2 ta, linoleat – 3 ta, araxidonat – 4 ta qo’shbog’i bor) odam uchun vitaminlar kabi almashinmaydigan ozuqa komponenti hisoblanadi, ammo organizmda yetarli miqdorda sintez qilinmaydi va ular organizmga tashqaridan kiritilishi kerak. Lekin ularni funktsiyalariga ko’ra vitaminlar qatoriga kiritib bo’lmaydi. Vitaminlarni bunday moddalardan ajratib turuvchi ikkita xarakterli belgilari bor: 1) ular to’qima strukturalari tarkibiga kirmaydilar; 2) energiya manbai sifatida xizmat qilmaydilar.
Boshqa ozuqa moddalaridan farqli ravishda vitaminlar kofermentlarning hosil bo’lishida ishtirok etadi, ularsiz fermentlar o’z funktsiyalarini yoki biokimyoviy jarayonlarning boshqarilishini me’yorda bajara olmaydi.
Bundan 130 yil ilgari odam va xayvonlar organizimini me’yor chegarada hayot kechirishi uchun organizmga karbonsuvlar, yog’lar, oqsillar va mineral moddalar va suv kirib kelsa kifoya degan fikr xukm surar edi. Lekin biroz keyinroq, bu moddalardan tashqari juda kam miqdorda bo’lsada, organizm uchun zarur bo’lgan va fanga no’malum bo’lgan boshqa moddalar ham kerakligi aniqlandi.
Shu bilan birgalikda qadim zamonlardan boshlab oziqa tarkibida ayrim komponentlarning yetishmasligi tufayli har xil kasalliklarning kelib chiqishi ham ma’lum edi.
Ma’lumki, qadimgi Xitoyda guruch kepagi bilan davolanib ketadigan «beri-beri» kasalligining (beri–singal tilida-nimjonlik) uchrashi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud edi. Bu kasallikda mushaklar atrofiyasi, yurak-tomir tizimini izdan chiqishi kuzatilar edi.

Qadimgi xitoy yozuvlarida «Shapko’rlik» kasali to’g’risida ham ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bu kasallikni jigar iste’mol qilish yo’li bilan davolash mumkinligi ham ma’lum edi.


Singa kasalini belgilari to’g’risidagi ma’lumotlar dastlab eramizdan oldin yashab o’tgan buyuk mutafakkir, tabib, faylasuf Gippokrat qalamiga mansubdir. ma’lumotlariga muvofiq bu kasallikda nimjonlik, mushak-bo’g’imlar og’rig’i, milklarni qonashi, tishlarning tushishi yuz berishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
O’rta asrning buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanida burulish yasagan siymo hisoblanib, o’z asarlarida har xil kasaliklarni davolash yo’l-yo’riqlarini batafsil keltirib o’tgan. Uning asarlarida to’la qimmatli ovqatlanish ko’p kasalliklarni oldini olish garovi ekanligi qayd qilingan bo’lib, vitaminlarning ochilishidan to’qqiz asr oldin ularning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar bashorat qilingan. Singani davolashga qaratilgan izlanishlar olib borish buyuk geografik kashfiyotlar davriga, ya’ni, XVI-XVII asrlarga to’g’ri keladi. 1601 yil Dj. Lankaster ingliz xarbiy dengiz floti askarlarini oziqa rasioniga limonni kiritishni taklif etdi. Shuning uchun bu askarlarni keyinchalik «Limon xo’rlar» deb nomlay boshladilar. Biroz keyinroq ingliz shifokori Dj. Lind o’zining «Singa haqida qissa» asarida (1757 y). «Organizmni singaga chalinishdan saqlaydigan omil meva va sabzavotlardir» deb e’tirof etdi. XVIII asrda raxitni davolash uchun shifokorlar triska balig’i yog’idan foydalanishgan. Shu davrda Ispaniya kiroli Filipp V ning shifokori G.Kazal (1735 y.) pellagra (italyancha-pella agrako’chadigan-po’st tashlaydigan teri) to’g’risida ma’lumot berdi. Bu kasallikda oldin teri shikastlanadi, so’ng til, oshkozon–ichak yo’lining sillik pardasi yallig’lanadi va yana keyinroq asab-ruxiy shikastlanish paydo bo’ladi. 1816 yilda frantsuz fiziologi F. Majandi birinchilar qatori fiziologiyada eksperimental tafsifli ishlarni taklif kildi, hamda eksperimental hayvonlarni sun’iy ravishda tuzilgan ratsion bilan oziqlantirdi.
Bu olimning eksperimental tadqiqot olib borish uslublaridan foydalanish asosida hayvonlarning oqsil, karbonsuv, yog’lardan tashkil topgan ratsion qabul qilganida, ular ayrim kasalliklarga uchrashi mumkin ekanligi isbotlandi. XIX asrda singa (yoki skorbut) kasalligi juda ham keng tarqalgan bo’lib, bu kasallikdan «yostig’i qurigan» kishilar 70-80% gacha yetib bordi. Taxminan shu davrda Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaponiyada «beri-beri» nomi bilan yuritiladigan kasallik ham keng tarqalgan edi. Yaponiya aholisini deyarli 30% shu kasallikka chalingan edi. 1882 yilda Takaki degan yapon hakimi ekipajida taxminan 300 nafardan dengizchisi bo’lgan ikkita kemadagi odamlarning holatini kuzatdi. Kemalar 9 oy davomida dengizda suzib yurishgan bo’lib, birinchi kema dengizchilari shu paytda dengizchilar uchun odatdagi oziq-ovqat maxsulotlarini istye`mol qilishgan bo’lsa, ikkinchi kema dengizchilari ovqatlari tarkibiga sof sabzavot maxsulotlari ham kiritilgan edi. Bunda birinchi kema dengizchilaridan 170 nafari beri-beriga chalingan bo’lib, 25 nafari vafot etdi. Ikkinchi kemada esa kasallikning faqat yengil shakli 14 nafar dengizchida kuzatildi
Vitaminlarasosan o‘simlik va mikroorganizmlarning xujayralarida sintezlanadi.Vitaminlr o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi.Ular moddalar almashinuvining asosiy regulyator fermentlar biosintezida ishtirok etadi.Vitaminlarning ko‘pchiligi oqsil bilan birlashib,fermentlar hosil qiladi.Ba’zi vitaminlar aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi.
vitamin H-biotin,asparagin,serin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi.Vitamin C-karotin,katexin va flavonollar o‘simlik to‘qimalarida doimiy ravishda ro‘y berib turadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi.Bu jarayon davrida vitaminlar malum vaqt ichida oksidlanib qaytarilib turadi.Vitaminlar tasirida o‘simliklarning hosildorligi oshadi,yetilishi tezlashadi va ildizi tez rivojlanadi.Bazi vitaminlar esa fotosintez jarayonida va o‘simlik gulining changlanishida ishtirok etadi.Mahsulot tarkibidagi vitaminlar miqdoridoimo o‘zgarib turib,ko‘pincha o‘simliklarning gullash davrida yer usti organlarida maksimal miqdorda to‘planadi.Mevalarda esa ular pishib yetilgan vaqtida ko‘p yig‘iladi.SHuning uchun vitaminli mahsulotlarni tayorlash yuqoridagi aytib o‘tilgan vitaminga boy davrda o‘tkazilishi kerak.Ko‘pchilik vitaminlarning o‘zi turg‘un birikma bo‘lsa ham ma’lum sharoitlarda (yuqori harorat,namlik,yorug‘lik va boshqa faktlar ta’sirida) oksidlanishi,parchalanishi yoki boshqa o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.Natijada vitaminlar o‘zining biologikfaolligini yo‘qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayorlashda,quritishda va saqlashda yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur.Tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar saqlaydigan o‘simliklar qatoriga quyidagi dorivor giyohlar va mahsulotlar kiradi:Na’matak mevasi,qora qoraqat bargi va mevasi,o‘rmon qulupnayining bargi va mevasi, Chetan mevasi,chakanada mevasi va moyi,tirnoqgul,gazanda bargi,makkajohori gulining ustunchasi,jag‘-jag‘yer usti qismi va boshqalar.
Organizmda D vitamini hujayra membranasidan kalsiy va fosfor ionlarini o'tishini ta'minlaydi. Agar bu vitamin yetishmasa, suyak to'qimasida kalsiy fosfat hosil bo'lish jarayoni buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. Bunda suyaklar yumshoq bo'lib, gavda og'irligini ko'tara olmaydi. Organizm uchun D vitamini ozuqa orqali ta’minlanadi. U ayniqsa baliq mahsulotlarida, saryog'da, tuxum sarig'ida ko'p bo'ladi. Biroq organizmda uning asosiy qismi, quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida sterollaming hosilalaridan sintezlanadi.
vitaminni ko'p iste’mol qilinsa, yoshi katta odamlarda va yosh bolalarda bu vitaminning intoksikatsiyasi boshlanadi. Qonda kalsiy va fosfor miqdori oshib, ichki a'zolarida (o'pka, buyrak, tomirlarda) kalsifikatsiya boshlanib, suyaklarda esa dimineralizatsiya sodir bo'ladi
Ba'zan ushbu hayvonlarda uning zaxiralari paydo bo'lib jigarda to'planadi. Agarda hayvon yoki parrandalar yil bo'yi yopiq binolarda saqlansa, ular oziqalar bilan kerakli D vitaminini qabul qilishi yoki suniy ravishda ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirishi kerak. D vitamini quyosh nurida quritilgan pichanda, senajda ko'p bo„lib, suniy quritilgan pichanda, silosda, sutga nisbatan o'giz sutida kamroq bo'ladi. Qoramollar va cho'chqalarda D2 vitaminiga bo'lgan talabni nurlatilgan achitqilar berish bilan qondirish mumkin; 1g nurlatilgan achitqida 4000 XB D2 vitamin bor; 1 kg achitqi 3-4 tonna qoramol yoki cho'chqa omixta yemiga qo'shish uchun yetadi. Parrandalarga esa kazein konsentrati shaklidagi D3 vitamini preparati qo'llash yaxshi natijalar beradi. Gipervitaminoz D ham gipovitaminoz D ham hayvonlar uchun zararli; uning me'yordan ko'p bo'lishi kalsiyning ajralishini kuchaytirib, u buyrak va qon tomirlariga o'tirib qoladi; gipervitaminoz ko'pincha ovqat hazm qilishni buzilishda namoyon bo'ladiVitaminli o’simliklar -bargi, mevasi, guli va boshqa organlarida vitaminlar yoki provitaminlar (vitaminlar paydo bo’ladigan birikmalar) mavjud bo’lgan o’simliklar. Turli o’simliklarda vitaminlar miqdori bir xil emas, vitaminlar o’simlik bargida, generativ organlarda (mevasida, urug’ida) yoki ayrim qismlarida (urug’ qobig’ida, murtagida) to’planishi mumkin. A provitaminlar (karotin) asosan ildizmevalardan sabzida, pomidor, qovoq, ko’k no’xat, na’matak, smorodina, oblepixa, petrushka, piyoz va ayrim yem- xashak ekinlari (beda, yo’ng’ichqa va boshqalar) da ko’p uchraydi. Achitqilar, shuningdek javdar, bug’doy, sholi, makkajo’xori doni, qo’ziqorin, ayrim suv o’tlar, ko’pgina sabzavotlarning yashil qismi V guruhi vitaminlari (tiamin, riboflavin, nikotin kislotasi va boshqalar)ga boy. Vitamin S (askorbin kislotasi) juda ko’p o’simliklarda, xususan deyarli barcha sabzavotlar va mevalarda, ayniqsa yetilmagan yong’oq, qora smorodina, na’matak, gulkaram, qulupnay bargida mavjud. Vitamin K (filloxinon) beda bargida, ko’k karam, gazanda o’t, ryabina, pomidor mevalarida ko’p. Provitamin D (sterinlar) achitqi, qo’ziqorin, moyli o’simliklar mevasida ancha miqdorda bor. Vitamin E (tokoferollar) — ayrim boshoqdi o’simliklarning donida, ko’pgina sabzavotlarning yashil barglarida, moyli ekinlarning mevalarida bor. Vitamin R (bioflavonoidlar) na’matak, tsitrus o’simliklari mevalarida ko’p. Vitaminli o’simliklar inson, shuningdek hayvonlar uchun vitaminlar manbai hisoblanadi va vitamin sanoati uchun xom ashyodir.

NA’MATAK - chiroyli va xushbo’y gulli tikanli buta, mevasining tarkibida 4-6 ba’zan 18% gacha C vitamini, 0.3mg% B2 vitamini, K vitamini, PP vitamini 12-18mg%, karotin moddalari mavjud. Xalq tabobatida na’matakning ho’l mevasi va uning qaynatmasi o’tkir va surunkali jigar kasalliklarida va boshqa hastaliklarda qo’llaniladi. Ibn Sinoning fikricha na’matak, ayniqsa uning guli tomoq kasalliklarida foydalidir. Tibbiyotda na’matakning yetilgan mevalari polivitaminlar saqlovchi mahsulot sifatida ishlatiladi. Bemorni kasallikka qarshi chidamini yaxshilash uchun, yallig’lanishga qarshi, kamqonlikda, surunkali xolesistitda, gipoatsid gastiritda tavsiya etiladi. O’simlikning urug’idan olingan moyi tarkibida karotinoidlar va tokoferollar saqlanadi. Shu sababli u turli yaralarning bitishini tezlashtiradi va yallig’lanishga qarshi dori sifatida ishlatiladi. Na’matakning mevasidan turli dorivor preparatlar tayorlanadi. Askorbin kislota mevasidan damlama, ekstrakt, karotolin, na’matak moyi va sharbat hamda tabletkalar tayorlanadi.


QORAQAT – bo’yi 1-1.5m bo’lgan buta. O’simlikning bargi tarkibida 400mg% gacha askorbin kislotasi, PP vitamini va efir moyi mavjud. Mevasida C vitamini 80-200mg%, karotin 0.1mg%, E vitamini 0.72mg%, B vitamini-0.02-0.03mg% bor. Xalq tabobatida o’simlikning mevasi va bargi qand kasalligida, ishtaha yomonlashganda, surunkali gastritda va enterokolitda, kamqonlikda, jigar kasalliklarida ishlatiladi. Qora qoraqatning bargi yallig’lanishiga qarshi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Tibbiyotda o’simlik mevasi vitamin saqlaydigan mahsulot, parxez va davolash uchun turli kasalliklarda, ayniqsa, C vitamini yetishmovchiligi bilan bog’liq xastaliklarda (singa, gemorragik diatez, kamqonlikda, gipoatsid holatlarda, enterokolit va bronxitda) beriladi. Bundan tashqari, turli yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun (gripp, angina, dizenteriya, ichterlama) asosiy spetsifik dori-darmonlar bilan birga tavsiya etiladi. Bundan asosiy maqsad bemor organizmini kasallikka qarshi chidamini oshirishdir. Demak, vitaminlar tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur biologik moddalardir. Shuningdek, o’simliklar tarkibidagi vitaminlarning ahamiyati esa juda katta hisoblanadi. Ular tanada muntazam davom etadigan moddalar almashinuvi, hujayra, to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishi hamda kasalliklarga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi. Vitaminlar tanaga ovqat bilan tushadi. Hozirgi vaqtda vitaminlarning 30 dan ortiq turi o‘rganilgan bo‘lib, ulardan 20 ga yaqini kishi tanasidagi moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Oziq-ovqatda vitaminlar yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi.

Xulosa
Inson organizmidagi biokimyoviy fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinishining boshqarilishida iste’mol omillari hisoblangan va juda kam miqdorda uchrovchi vitaminlarning ahamiyati kattadir. Modda almashuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmaslgi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi, bilan bog’liqdir. Vitaminlar modda almashuvini bevosita boshqarmasdan, bilvosita tarkibiga kiradigan fermentlar orqali boshqaradilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik kimyoviy xususiyatlar, xususan eruvchanligi, kimyoviy tabiati harf bilan belgilanishiga asoslangan. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to’qimasi emas, balki butun organizm zarar ko’radi, qon bilan a’zolarga Ca yetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o’zgarishlar yuzaga keladi. Raxit kasalligini davolashda vitamin D preparatlarini berish va ovqatlanish ratsionini to’g’ri tuzish uglevodga boy va hamirli ovqatlardan cheklanish chunki uglevodli moddalar atsedozni kuchaytiradi. Sabzavot mevalar sharbatini ichish kerak..




Foydalanilgan adabiyotlar
1 O.O.Obidov, A.A.Jurayeva, G.YU.Malikova. Biologik kimyo (315-3166) betlar Toskent-2011
2.MAQSUDOV ILHOMJON, JORAEV JOMUROD YANGIBOEVICH, AMIROV SHAVKAT QO”ZIBOEVICH (63-64 betlar)
.3. https:// ru.m.wikipedia.org
4. R.A. Sobirova, O.A. Abrorov F.X. Inoyatova, A.N.Aripov "Biologik kimyo 142-143betlar)
5.Valixonov Biokimyo (127-bet).
6.Акопов И.Э. Важнейшие отечественные лекарственные растения и их применение. –Ташкент: «Медицина» 2016
7. Большая энциклопедия народной медицины. –Москва: «ЭКСМО» 2005.
Yüklə 97,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin