Voyaga etmagan bolalar va ơsmirlar orasida sog’lom hayot tarzini ilgari surish orqali oiv kasalligining oldini olish



Yüklə 0,53 Mb.
tarix01.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#50319
oits





Muammolar


UNICEF Ơzbekiston hukumati bilan birgalikda mamlakat miqyosida OIV/OITSning oldini olish, davolash, g’amxơrlik qilish va kơmaklashishning yuqori standartlari mavjudligini ta'minlash maqsadida hamkorlik qilmoqda. Tashkilot ona va bola salomatligi muhofazasining asosiy komponenti sifatida OIVning onadan bolaga ơtishining oldini olish, OIV/OITS bilan kasallangan bolalarga yuqori sifatli tibbiy yordam kơrsatishni ta'minlash axborot xizmatlarini takomillashtirish va birinchi darajadagi tibbiy yordamni kơrsatishda kơmaklashadi.
BMTning boshqa agentliklari bilan bir qatorda UNICEF OIV/OITS sohasida me'yoriy hujjatlarni, shu jumladan, klinik protokol va qơllanmalarni modernizasiyalashni qơllab – quvvatlaydi.
Hukumat bilan hamkorlikda UNICEF havf-xatarga uchrashi mumkin bơlgan voyaga etmagan yoshlarning talablarini qondirish maqsadida yoshlarga dơstona xizmatlarni tashkil qilish va foydalanishni ilgari suradi. Shu bilan birga Ơzbekiston Respublikasining oltita viloyatida OIV/OITS bilan kasallangan bolalar va ularning oilalariga psixologik kơmak berishni ta'minlash maqsadida kun davomida maxsus xizmat kơrsatish markazlarini tashkil qilish va ularning faoliyatini yơlga qơyishda kơmak berilmoqda.

Yechim


OIVning onadan bolaga ơtish profilaktikasi va pediatrik OIV xizmatlarini ona va bola salomatligi muhofazasi xizmatlari va tibbiy ta'lim dasturi tarkibiga qơshish orqali yaxshilash;

Voyaga etmagan bolalar va ơsmirlar orasida sog’lom hayot tarzini ilgari surish orqali OIV kasalligining oldini olish;

Hukumat va barcha hamkorlarni OIV bilan kasallangan odamlarga nisbatan kamsitish va diskriminasiyani bartaraf qilishda, hamda jamiyatda teng huquqli shart - sharoitlar bilan ta'minlashda kơmaklashish;

Ambulatoriya markazlari orqali OITS bilan kasallangan bolalar va ularning oilalariga davolanish, himoyalanish va psixologik xizmatlar kơrsatishga imkoniyatlar berishni kuchaytirish;



Yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida OITS dastlabki diagnostikasi borasida Kuruq qon tomchisi metodologiyasi orqali innovativ diagnostika qilishni olg’a surish.
Resurslar
UNICEF oilaviy shtfokorlarning OITS/Bolalar kasalliklarini kompleks boshqaruvi bơyicha salohiyatini oshirish tadbirlarini qơllab – quvvatladi. Ushbu modul tibbiyot oliy ơquv yurtlarining ta'lim dasturiga kiritildi;

OITS bilan kasallangan bolalarni davolovchi pediatrlarga va tibbiy yordam kơrsatuvchi xizmatlarga kơmaklashish va dastlabki diagnostika va tezkor davolanishga imkoniyatlar yaratish maqsadida pediatrik OITS boshqaruvi bơyicha ơqituvchilar milliy guruhi tashkil qilindi;

Sifatli profilaktika xizmati kơrsatish maqsadida Ona va bola salomatligi muhofazasi sohasida kơp sonli sog’liqni saqlash mutaxassislari OITS kasalligining onadan bolaga ơtish profilaktikasining samarali perinatal yordamiga birlashtirilgan holda tashkil qilindi.

Havf-xatarga uchrashi mumkin bơlgan voyaga etmagan yoshlar orasida OIV/OITS bơyicha ixtiyoriy maslahatlar olish, davolash va yordam xizmatlarini yaxshilash maqsadida yoshlarga dơstona munosabatdagi tibbiy xizmatlar konsepsiyasi tibbiy ta'lim dasturiga kiritildi;



UNICEF tomonidan qơllab – quvvatlangan kun davomida maxsus xizmat kơrsatuvchi ettita markazda 3000 dan ziyod OITS bilan kasallangan bolalar va ularning oilalari psixologik va ijtimoiy kơmak oldilar.  


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin