Web-sahifadagi matnda bir nechta mavzu yoritilishi mumkin. Bu holda web-sahifada bir nechta sarlavha ishlatishga to'g'ri keladi. Masalan, shaxsiy web-sahifangizga o'z haqingizda, qiziqishlaringiz, yoqtirgan filmlar haqida ma'lumot kiritsangiz, mos ravishda «O'zim haqimda», «Qiziqishlarim», «Yoqtirgan kinofilmlarim» kabi sarlavhalar qo'yishingiz mumkin. Ba'zan, bir sarlavha matnini yirik harflar bilan yozish kerak bo'lsa, boshqasini maydaroq shriftda yozish zarur bo'lib qoladi.