What did you that for? Nima uchun buni qilding?



Yüklə 16,19 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü16,19 Kb.
#127332
For umumiy


Biz «for» so’zini «uchun» degan tarjimadan tashqari, ‘because’ – «chunki» tarjimasini keltirib chiqarish uchun ham ishlatishimiz mumkin. For so’zi bu tarjima bilan faqat rasmiy ingliz tilida ishlatiladi.

  • The divers have to be careful for a sudden change in conditions could be dangerous – Haydovchilar ehtiyot bo’lishlari kerak, chunki holatdagi keskin o’zgarish xavfli bo’lishi mumkin.

  • Read the instructions carefully for you will only get one chance to enter the information – Yo’riqnomani diqqat bilan o’qing, chunki ma’lumotni kiritish uchun faqat bitta imkoniyatga ega bo’lasiz.

Bundan tashqari for so’zini maqsad yoki sababga nisbatan ishlatishimiz ham mumkin.

  • What did you that for? – Nima uchun buni qilding?

  • What is that for? – Bu nima uchun?

  • Thank you for your letter. – Maktubingiz uchun raxmat.

  • I don’t have enough money for the ticket. – Menda chipta uchun yetarli pul yo’q.

  • I need treatment for my bad back. – Mening og’riyotgan belim uchun davo kerak.

For so’zlovchining qaysidir narsaga hayrixohligini, tarafdorligini ham bildirishi mumkin.

  • He is for the idea of cutting taxes. – U soliqlarni kamaytirish tarafdori.

  • I am for this change in the way we do things. – Men qilayotgan ishlarimizdagi shunday o’zgarish tarafdoriman.

  • You need to stand up for what is right. – Haqiqat uchun kurashishingiz kerak.

Biz for so’zini vaqt va masofani bildiruvchi iboralar bilan ishlatishimiz mumkin.

  • I walked for miles. – Men milyalab yurdim.

  • I waited for a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.

  • We will be away for the next week. – Biz kelasi hafta davomida ketgan bo’lamiz.

Ba’zan yuqoridagiga o’xshash ma’nolarda for so’zini butunlay tushirib qoldirishimiz ham mumkin. Bunda, gap ma’nosida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi:

  • I walked miles. – Men milyalab yurdim.

  • I waited a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.

Hozirgi tugallangan zamonda (Present Perfect) for ish-harakat davomiyligi oralig’ini bildirsa, since ish-harakatning boshlanish vaqtini anglatadi.

  • I have studied English for seven years. – Men 7 yildan beri ingliz tilini o’rganaman.

  • I have studied English since I was 12. – Men 12 yoshimdan beri ingliz tilini o’rganaman.

For so’zi ishtirok etgan ba’zi eng ko’p tarqalgan, bilishingiz foydali bo’lgan iboralar:

  • I enclose a cheque/check for 100 euros – Men 100 yevroga chekni ilova qildim.

  • What’s another word for stupid? – Ahmoq so’zini bildirgan boshqa so’z nima?

  • I’ve known him for ages. – Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman.

  • I am all for making this change. – Men bu o’zgarishni qilishga qattiq kirishganman.

Get ready. -What for? -Anne is coming. – Tayyorlaning. -Nima uchun? -Anna kelayapti.
Yüklə 16,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin