Xalq qo’shiqlari lirik janr sifatida. Xalq qo’shiqlarining tasnifi va badiiy xususiyatlari



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə1/5
tarix10.05.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#110736
  1   2   3   4   5
Xalq qo’shiqlarsusiyatlari.


Xalq qo’shiqlari – lirik janr sifatida. Xalq qo’shiqlarining tasnifi va badiiy xususiyatlari.

Reja:




  1. Xalq og’zaki ijodi janrlari tasnifi.

  2. Xalq qo’shiqlari va ularning turlari haqida ma`lumot.

  3. Mehnat qo’shiqlari (Qo’shchi qo’shig’i, O’rim qo’shig’i, Ho’p-xayda qo’shig’i, yorg’ichoq qo’shig’i, Sog’im qo’shig’i, Hunarmandchilik qo’shig’i).

  4. Mavsum-marosim va urf-odat qo’shiqlari (Alla, Sus xotin, Lapar, O’lan, Yig’i-yo’qlovlar, Termalar).

Janrlar tasnifi, qo’shiqlar va ularning turlari, mehnat, mavsum, marosim qo’shiqlari. O’zbek xalq og’zaki ijodi janrlari va xalq qo’shiqlari haqida talabalarga ma`lumot berish. Ko’rgazmali o’quv qurollari, qadimiy afsona va rivoyatlarga ishlangan rasmlar (SHiroq, To’maris, Rustam). An`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test savollari. Badiiy adabiyotda bo’lganidek, fol’klor asarlari ham tuzilishi va g’oyaviy-badiiy xususiyatlarga ko’ra, o’zaro o’xshash hamda farqli tomonlarga ega bo’lib, muayyan gruppalarni tashkil etadilar. Bunday farqli va o’xshash tomonlarni ko’rsatish uchun fanda adabiy turlar va janrlar terminlari qo’llaniladi. Adabiy tur va janrlar hayotni badiiy tasvirlash shakli sifatida tarixan shakllangan bo’lib, ularning paydo bo’lishi, taraqqiyoti, o’rin almashishi va inqirozi adabiyot va fol’klor tarixida etakchi jarayon hisoblanadi.
Adabiyotda tur (rod) nihoyatda keng tushuncha bo’lib, o’z ichiga turli janrlarni qamrab oladi. Qadimgi grek filosofi Aristotel’ (384-322), nemis olimi Gegel’ (1770-1831) va ulug’ rus revolyutsion demokrati V.G.Belinskiy (1811-1848) lar adabiyotni uch turga bo’lib ko’rsatadilar. Bular: epos, lirika va drama. epos voqelikni syujetli, hikoyaviy formada aks ettirsa, lirika insonning voqelikdan olgan taassurotlarini, ichki his-hayajonlarini tasvirlaydi. Drama esa personajlar nutqi va harakati orqali hayot kartinalarini chizadi.
Bunday bo’linishni muayyan istisnolar bilan fol’klorda ham qo’llash mumkin. Gap shundaki, fol’klor janrlarining ayrimlari turli urf-odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lsa, ba`zilari kuylash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Binobarin, uning ayrim namunalarini yuqoridagi uch turning bittasiga ham kiritish mumkin emas. Mana shu holatlarni hisobga olib, o’zbek fol’klori janrlarini quyidagicha tahlil qilish mumkin. O’zbek fol’klori asarlari, avvalo ikki katta gruppaga bo’linadi:
1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’liq asarlar.
2. Turli urf-odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan fol’klor janrlari. Birinchi gruppaga:
a) mehnat qo’shiqlari (ho’p-mayda, turey-turey, churey-churey, ho’sh-ho’sh va boshqalar);
b) mavsum qo’shiqlari;
v) marosim qo’shiqlari (tug’ilish, to’y, aza va boshqalar);
g) olqish, afsun va qarg’ishlar;
d) aytimlar kiradi.
Ikkinchi gruppa epik (doston, ertak, afsona, rivoyat, lof, latifa), lirik (qo’shiq, ashula, terma), dramatik (aksiya, og’zaki drama) va kichik (maqol, topishmoq) janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga bo’linadi. Masalan, ertaklarni hayvonlar haqidagi, sehrli, fantastik, hayotiy-maishiy va hajviy turlarga bo’lish mumkin.
Asosan mustaqil to’rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga qo’shiq deyiladi. Qo’shiq termini keng ma`noda bo’lib, xalq she`riyati, lirik qo’shiqlar, xalq lirikasi, ashulalar degan umumiy nomlar ostida yuritilib kelinadi. SHu bilan birga, uning konkret namunalarining o’z nomlari bor. Masalan, «YOr-yor», «O’lan», «Lapar», «Lirik terma», «Alla», «Bayt-g’azal», «Kelin salom», «Xush kelibsiz», «Yig’i» va boshqalar. Qo’shiqlarni ijro etuvchilar qo’shiqchi, go’yanda, ashulakash (ashulachi), laparchi, o’lanchi deb nomlanadi. Qo’shiqlarda ham kollektivlik, og’zakilik, variantlilik, anonimlik kabi xususiyatlarni ko’ramiz. Ular, asosan, barmoq vaznida yaratilgan bo’lib, ba`zan aruzda to’qilganlari ham uchraydi. Xalq qo’shiqlari uchun musiqiylik, ravonlik, kuylashga (ijrochilikda ko’pchilik yoki yakka) moslik xosdir.
Qo’shiq termini birinchi marta XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlarning bizgacha etib kelgan eng qadimiysi hisoblangan Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida qoshug’ shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning izohi she`r, qasida deb ko’rsatilgan. SHuningdek, «qo’shiq» so’zini YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimatul-adab» lug’atida ham xudi shu ma`nolarda uchratamiz. Xususan, Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon» va Zahiriddin Bobirning «Risolai aruz» asarlarida qo’shiq so’zi surud, ayolg’u, lahn, turki tarona, ashula, o’lan, chipga (chinka) nomi bilan ham tarqalgan, ular qo’shiqning turli janrlarini atash uchun qo’llanilgani bayon qilinadi.
1. Mehnat qo’shiqlari. Mehnat qo’shiqlari mazmunan dehqonchilik, bog’ va bog’chachilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik va boshqa kasblarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Mehnat turlari xilma-xil bo’lganidek, mehnat qo’shiqlari ham turli-tumandir. Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlarga qo’shchi, o’rim, xirmon yanchish, yorg’ichoq qo’shiqlari kiradi.
a) Qo’shchi qo’shig’i. Qahraton qishdan bola-chaqasi bilan toliqib chiqqan dehqon bahor kelishi bilan er haydashga kirishadi. Tabiat jonlangan, xushhavo, biroq uning ho’kizi ishga yaramaydi – o’lguday och, madori qurigan. Dehqon ilk bahordagi nochor ahvolini ho’kiz tilidan shunday tasvirlaydi:
SHoxlarim quloch-quloch,
Yo’q madorim, qornim och,
Tepamda qo’ngan qaldirg’och,
Men qaytib qo’shga yarayman.
b) O’rim qo’shig’i. O’roq va o’roqchilar guruhi tomonidan o’rim paytida aytiladigan o’rim qo’shiqlarida dehqonning umidi ro’yobga chiqayotgani, ko’tarinki ruh bilan ishga kirishayotgani bayon etiladi. Dehqonning yuragida kuch-g’ayrat jo’sh uradi. U g’allani tezroq o’rib, g’aram qilish niyatida:
O’rog’im olmos,
O’rishdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O’rmasa bo’lmas.
v) Ho’p-mayda. Xirmon yanchish vaqtida dehqonlar tomonidan aytiladigan qo’shiqlar ho’p-mayda yoki maydagul deb yuritiladi. Ho’p-mayda baland ovoz bilan cho’zib aytiladi. Ularda dehqonning hosilni yig’ishtirish, ro’zg’or-tirikchilikni ta`minlashga intilishi, ho’kizning – ishchi hayvonning dehqon hayotida g’oyat katta o’rin tutishi unga bo’lgan muhabbatini tasvirlash bilan ko’rsatiladi. SHuning uchun ho’p-mayda qo’shiqlarida ho’kizning tavsifi, uning tuyog’idan shoxigacha bo’lgan tasviri beriladi:
Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo, mayda,
Ayri nahal yarashar, mayda-yo, mayda,
Jilviragan quloqqa, mayda-yo, mayda,
Tilla sirg’a yarashar, mayda-yo, mayda.
g) YOrg’ichoq qo’shiqlari. YOrg’ichoq deb atalgan qo’l tegirmonini kuni bo’yi aylantirish mashaqqatli mehnat. Bug’doy, arpa, jo’xori, tariqni un qila turib aytiladigan qo’shiq mehnat kishisiga hamroh. Og’ir toshning g’o’ldirab, bir joyda aylanib turishi ohangida to’qilgan qo’shiqlar ham vazmin, ham cho’zib aytiladigan bo’ladi:
YOrg’ichoq torta-torta toldi qo’lim,
Ikki tosh orasida qoldi qo’lim.
d) Sog’im qo’shig’i. Sigir, qo’y, echki, biya, tuyalarni sog’ishda erkalash ohangida aytiladigan qo’shiqlarni sog’im qo’shiqlari deyiladi. Sigir sog’ish bilan bog’liq qo’shiqlar – «ho’sh-ho’sh» yoki «ho’shim» deyiladi. Ular ham boshdan-oyoq govmish sigirga murojaat shaklida to’qilgan bo’lib, sutli sigir mehnat ahli ro’zg’orini to’kin qiladigan xazina deb ardoqlanadi, sog’ish paytida silab-siypab aytilgan qo’shiq govmishni iydiradi:
Saralab eding o’tingni, ho’sh-ho’sh,
Iyib bergin sutingni, ho’sh-ho’sh,
Olmazor buloq o’ting bor, ho’sh-ho’sh,
Oqar buloq suting bor, ho’sh-ho’sh.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin