2
Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Ismailova N.S. “Xalqaro
menejment”. O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2009., - 118 b.)
Mas’ul muharrir:
dots. D.X. Nabiyev
Taqrizchilar: Zakirova N.Q., G.V.Pleхаnоv nomli RIA filiali professori
Xalilov X.X., TDIU “Jahon iqtisodiyoti va XIM” kafedrasi dotsenti
Xalqaro menejment — bu boshqarishning alohida turi bo’lib, uning asosiy maqsadlari
turli mamlakatlarda
biznes yuritish imkoniyatlaridan va ularga mos ravishda
mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, madaniy va
boshqa xususiyatlaridan hamda davlatlararo munosabatlardan foydalanish evaziga firmaning
raqobat afzalliklarini
shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish hisoblanadi. O’quv qo’llanma tasdiqlangan
namunaviy dasturga asosan
yozilgan bo’lib, u xalqaro menejment asoslari va jahon xo’jaligining globallashuvi sharoitida uning o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan.
O’quv qo’llanmada xalqaro
menejmentning nazariy asoslari, xorijiy firmalarning
qabul qiluvchi mamlakatda
faoliyat yuritish sharoitlariga moslashuvi, xalqaro kompaniyalarni boshqarish tizimi, xalqaro kompaniyalarning davlat
bilan munosabatlari, xorijiy tadbirkorlik rivojlanishiga xalqaro iqtisodiy integratsiya ta’siri, chet elda menejment uslubi
xususiyatlari, xalqaro biznesda kadrlar siyosati, xalqaro biznes etikasi va boshqa masalalar ko’rib chiqilgan.
Ushbu o’quv qo’llanma iqtisodiy yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun mo’ljallangan, undan
aspirantlar, o’qituvchilar, xalqaro menejment sohasidagi mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
© Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2009.