Xaltadagi olmalar noklardan marta ko'p, behilar noklardan 15 ta kam. Xaltada 25 ta behi bo'lsa, olmalar nechta?



Yüklə 24,42 Kb.
tarix13.07.2023
ölçüsü24,42 Kb.
#136514
mantiq saralash


1. Xaltadagi olmalar noklardan 3 marta ko'p, behilar noklardan 15 ta kam. Xaltada 25 ta behi bo'lsa, olmalar nechta?
A) 120 B) 140 C) 150 D) 130
2. 3 kunda 216 kg olma terildi. 2 - kunda 1- kundagidan 3 marta ko'p. 3 - kunda 1 - kundagidan 5 marta ko'p olma terildi. 3 - kunda qancha olma terilgan?
A) 130 B) 120 C) 140 D) 100
3. 198:11 + 176:11 + 225:25
A) 42 B) 41 C) 43 D) 44
4. To'g'ri to'rtburchakning eni 1 metr 25 sm, bo'yi enidan 85 sm uzun. Uning perimetrini toping va sm da hisoblang.
A) 670 B) 660 C) 650 D) 600
5. Kitob daftardan 500 so'mga qimmat. Ruchka kitobdan 4 marta arzon. Ruchka 400 so'm bo'lsa. Kitob va daftar birgalikda nechchi so'm?
A) 2500 B) 2700 C) 2600 D) 2900
6. (1001 - 978) * 2 + (701 - 697) * 3
A) 59 B) 58 C) 57 D) 60
7. 50 o'quvchi olma terimiga chiqdi va har bir o'quvchi 20 savatdan olma terdi. Agar har bir savatga 10 kgdan olma sig'sa, o'quvchilar hammasi bo'lib nechchi kg olma terganlar?
A) 9900 B) 11000 C) 10 000 D) 9000
8. Traktorchi ishini 6 : 30 da boshlab, 20 : 15 da tugatdi. U 1 soat-u 45 minut dam oldi. Traktorchi nechchi soat ishlagan?
A) 10 B) 11 C) 15 D) 12
9. Zavodda Kobalt avtomobillari hamda velosipedlar bor. Barcha avtomobil va velosipedlar soni 87 ta, ularning g'ildiraklari soni 236 ta. Zavodda nechta Kobalt avtomobili bor?
A) 29 B) 41 C) 31 D) 32
10. Ko'p qavatli uyda 51 ta xonadon bo'lib, xonadonlar 4 va 7 xonali. Uydagi barcha xonalar soni 285 ta bo'lsa, ko'p qavatli uyda nechta 4 xonali xonadon bor?
A) 20 B) 24 C) 28 D) 30
11. Nabining daftarlari Anvarnikidan 10 taga ko'p. Nabi Anvarga nechta daftar bersa, ularning daftarlari teng bo'ladi?
A) 5 B) 6 C) 4 D) 8
12. 255 : X = 5
A) 51 B) 41 C) 50 D) 52
13. To'g'ri to'rtburchakning yuzi 72 metr kvadrat. Eni 8 metr. Bo'yi enidan qancha uzun?
A) 2 B) 1 C) 6 D) 4
14. Quyon 6 kunda 26 ta sabzi yedi. U har bir kun avvalgi kundagidan ko'p sabzi yedi. U 6 chi kun eng ko'pi bilan nechta sabzi yegan bo'lishi mumkin?
A) 9 B) 7 C) 3 D) 11
15. To'p va qo'lqop birgalikda 61000 so'm. 5 ta to'p va 3 ta qo'lqop 237000 so'm. To'p nechcha so'm?
A) 26 000 B) 25 000 C) 27000 D) 29 000
16. Usta ko'zalarini bozorga olib borishda aravakash bilan shunday kelishdi. Usta aravakashga har bir butun olib borilgan ko'za uchun 3 tanga berishini aytdi. Yo'lda har bir singan ko'zaga aravakash ustaga 5 tangadan to'lashga kelishishdi. Bozorga yetib kelgach aravakash ustaga 24 tanga berdi. Agar barcha ko'zalar 24 ta bo'lgan bo'lsa, nechta ko'za bozorga sinmay yetib kelgan?
A) 16 B) 18 C) 15 D) 20
17. 2 + 2 * 2 : 2 - 2 * 2 : 2 : 2
A) 3 B) 4 C) 2 D) 6
18. A nuqtadan bir vaqtda qarama-qarshi yo'nalishda Kobalt va Spark yo'lga tushdi. Kobaltning tezligi 90 km/soat, Sparkniki esa 80 km/soat. Qancha vaqtdan keyin ular orasidagi masofa 850 km bo'ladi?
A) 256 B) 296 C) 300 D) 297
19. Usta ko'za yasash rejasini 10 kunda bajarishi kerak edi. Lekin har kuni kunlik rejani 6 taga oshirib bajardi. Natijada 8 kunda jami reja 14 taga oshirib bajarildi. Usta reja bo'yicha jami nechta ko'za yasashi kerak edi?
A) 31 B) 29 C) 34 D) 30
20. 1501 - 2 * X = 989
A) 128 B) 200 C) 256 D) 156
21. a = 23, b = 17, h = 15 bo'lsa, (a + b) * h : 2 ning qiymatini toping.
A) 300 B) 350 C) 400 D) 150
22. Yo'l bo'yiga bir qator qilib 3000 ta gul quyidagicha ekildi: 4 ta ko'k, 6 ta oq, 5 ta qizil. 2011 - o'rindagi gul qanday rangda?
A) oq B) ko’k C) qizil D) Aniqlab bo’lmaydi
23. Savdogarda Atlas va Adras matolari bor. Bu matolar jami 43 metr. Ularning birgalikda narxi 89700 so'm. 1 m Atlas 1600 so'm, 1 m Adras 2700 so'm bo'lsa. savdogarda nechchi metr Adras bor?
A) 15 B) 17 C) 21 D) 19
24. Firma topshiriqni 10 kunda bajarishi kerak edi. Lekin kunlik reja har kuni 6 taga oshirib bajarildi va 8 kunda topshiriqni bajaribgina qolmay, rejadan tashqari 12 ta mahsulot tayyorlandi. Firma jami qancha mahsulot tayyorlagan?
A) 190 B) 185 C) 192 D) 195
25. Do'kondagi unning 3/4 qismi 1-kun 1/6 qismi 2-kun sotildi. Shundan keyin do'konda 27 kg un qoldi. Dastlab do'konda qancha un bo'lgan?
A) 320g B) 300g C) 250g D) 324g
26. Axmadga 30 ta test savoli berildi. To'g'ri javob uchun 5 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 8 ball chiqarib tashlanadi. Test sinovida Axmad 46 ball olgan bo'lsa, u nechtasini to'g'ri ishlagan?
A) 18 B) 16 C) 22 D) 25
27. 220 ning 3/11 qismini toping.
A) 60 B) 50 C) 80 D) 66
28. Savdogarda 79 ta ko’ylaklar va shimlar bor. U ko’ylaklarni 2400 so’mdan, shimlarni 3500 so’mdan sotdi. Barcha savdo puli 260 000 so’m bo’ldi. Shimlar nechta?
A) 64 B) 60 C) 70 D) 72
29. 1 ta daftar va 1 ta ruchka birgalikda 430 so’m. 4 ta daftar va 6 ta ruchka 2280 so’m. 4 ta daftar nechcha so’m?
A) 500 B) 700 C) 600 D) 800
30. 36 va 24 ning EKUBini toping.
A) 6 B) 9 C) 3 D) 12
Yüklə 24,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin