Xarakter va kasbiy sifatlar. Qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslari shaxsning kasbiy shakllanishi. Shaxsning k



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə1/4
tarix16.04.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#98782
  1   2   3   4
Xarakter va kasbiy sifatlar. Qobiliyatlar, ularning tabiiy asosl


MAVZU: Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar
Reja:

  1. Shaxsning kasbiy etikasi.

  2. Temperament va kasbni egallash masalasi. Faoliyatning individual uslubi va temperament.

  3. Xarakter va kasbiy sifatlar.

  4. Qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslari shaxsning kasbiy shakllanishi.



Shaxsning kasbiy etikasi. Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o’rganiladi?
Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: “Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) – bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.
Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.
Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.
Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’ uchun kurashishi kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim. Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi.
Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.
Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir.
Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim:
- to’g’rilik, nazokat, vazminlik;
- xushmuomalalik, xushfe’llik;
- iltifoq;
- g’amxo’rlik;
- rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k.
To’g’rilik- odamlar bilan odob - axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.
Xushmuomalalik- xulq - atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.
Xushmuomalalik - bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr - oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.
Xushmuomalalik - mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik - yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi. Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo’lgan munosabatlaringizning axloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.
Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari.

Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin