Xitoy klassik kommunistik mamlakatmi?



Yüklə 31,99 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2022
ölçüsü31,99 Kb.
#72522
  1   2   3
1 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi


1 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi nishonlanadi. Xozirgi Xitoyning paydo bo‘lishi, uning ikki buyuk dunyo kuchlaridan biriga aylanishi bizning davrimizning eng muhim voqealaridan biridir. Ushbu tahlilda 1949 yilda Mao Szedun rahbarligi ostida tug‘ilgan Xalq Respublikasini yaxshiroq tushunishga imkon beradigan ba’zi muhim xususiyatlarni ko‘rib chiqmoqchimiz.
Xitoy klassik kommunistik mamlakatmi?
Xitoy odatda "kommunistik" mamlakat deb hisoblanadi. Boshqaruv Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) tomonidan samarali nazorat qilinadi. Ammo Xitoy qay darajada kommunistik mamlakat? Masalan, dunyodagi eng katta tengsizlikka ega bo‘lgan davlatlardan biriga aylangan davlatni kommunistik mamlakat deb hisoblash, shubhasiz, to‘g‘ri emas.
1949 yilda Mao o‘zining ajoyib iborasini aytdi: "Xitoy xalqi tiz cho‘kkan yeridan qaddini rostlab turdi". U kapitalizm ustidan kommunistik inqilobning g‘alabasi, proletariat va dehqonlarning g‘alabasi haqida gapirmadi... "Xitoy turdi" iborasining asosiy ma’nosi miliy o‘zlikni anglab yetishda edi: o‘nlab yillar davomida tashqaridan bosqinchilikka uchragan xitoy millati ko‘plab jarohatlarga duchor bo‘lganida, u o‘zining suverenitetini tiklash uchun yangi bosqichni boshladi va asta-sekin o‘zining zaif tomonlarini yengib chiqishga, shuningdek, o‘z aholisi va tarixiga mos keladigan buyuk kuch rolini tiklashga kirishdi.
Boshqa tomondan, "yangi" kommunistik Xitoy an’anaviy Xitoy bilan yaqin aloqada bo‘ldi. Chunki Xitoyning asrlar davomida shakllangan tarixi, madaniy va ijtimoiy an’analarisiz “Xalq Respublikasi”ni yaxshi tushunib bo‘lmas edi.
Xitoy Kommunistik partiyasi – Zamonaviy top menedjerlar boshqaruvi
Xitoy Kommunistik partiyasi "maxsus" partiya. Bu dunyoning boshqa qismlarida mavjud bo‘lgan partiyalar singari klassik siyosiy partiya emas. Partiya mamlakatni boshqarish uchun javobgar bo‘lgan odamlarni birlashtiradigan uyushma.
Shu ma’noda, imperatorlik davridagi mandarinlarning imperiya byurokratiyasi tizimi bilan bir qator o‘xshashliklar mavjud. Bir tomondan, ikkala tizimda ham hukumat vazifalari "professionallar"ga, ya’ni ma’muriyatda mas’uliyatli lavozimlarni egallashga maxsus tayyorlangan mandarinlarga yoki partiya kadrlariga topshiriladi.
Bular meritokratik tizimlar bo‘lib, bunda siyosiy pozisiyalar o‘zlarining imkoniyatlari va partiyaga sodiqligini namoyish etgan xolda, hokimiyat iyerarxiyasiga ko‘tariladilar. Shunday qilib, tizim juda yaxshi tayyorlangan rasmiy sinfni yaratadi, ular o‘z funksiyalarini yuqori darajadagi samaradorlik bilan bajaradilar.

Yüklə 31,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin