NAZORAT SAVOLLARI XIV asr boshlarida Movarounnahrdagi siyosiy ahvol qanday boʻlgan?
J: XIV asr o’rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo’rlari qul ostida bo’lsa ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Mug’uliston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chig’atoy avlodidan Tugluq Temur ko’tarildi. Tug’luq Temur dastlabki davrlardanoq o’z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga bir necha harbiy harakatlar uyushtirdi. XIV asr o’rtalariga kelib, chig’atoy ulusidagi barqarorlik Qozonxon vafotidan so’ng (1336-1347) barxam topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir Qozag’on (1347-1357) davrida yanada avj oldi. Amir Qozag’on fitna natijasida o’ldirilgach, Chig’atoy ulusi beklari o’zlarini mustaqil deb e’lon qildilar: Keshda Amir Xoji Barlos, Xo’jandda Boyazdi jaloyir, Balxda O’ljoy Bug’o Suldus, Shibirgonda Muxammad Xoja Aperdi nayman, Xuttalonda Amir Kayxusrav va O’ljoy Aperdi, Totkand va Saripulda Xizr Yasovuriy, Ko’xistonda Amir Sotilmish xukmronlikni qo’lga kiritdilar. 1348 bil taxtni egallagan Tug’luq Temur Movarounnaxrda o’z mavqeini tiklash uchun ikki marta (1360-1361) yurish qildi. Shu vaqtda Tug’luq Temur xizmatiga kirgan Amir Temur Shaxrisabz xokimi etib tayinlandi. 1362 yilda u Balx xokimi Amir Xusayn ibn Musallab bilan yaqinlashib, Mug’ullarga qarshi ittifoq tuzdilar. Biroq 1365 bil Ilyosxo’jaga qarshi bo’lgan «Loy jangi» dagi mag’lubiyat ularning ittifoqiga raxna soladi. Samarqandni ishg’ol qilmoqchi bo’lgan Ilyosxo’ja esa sarbadorlardan mag’lubiyatga uchrab, chekinadi. Ikki amir kelib, Samarqandni egallaydi. Sarbadorlar boshliqlarining Amir Xusayn tomonidan qatl etilishi o’rtadagi ittifoqning barxam topishiga sabab bo’ladi. 1370 yil Amir Temur qo’shinlari Balxda Amir Xusaynni mag’lubiyatga uchratdi va shu yerda amirlar qurultoyida Amir Temur Movarounnaxr xukmdori etib saylandi. Amir Temur xukmronligi yillarida Chingizxon naslidan Suyurgatmish (1370-1388) va uning o’g’li Sulton Maxmud (1388-1402) rasmiy ravishda taxtni boshqardilar.
Amir Temur qachon markazlashgan davlat tuzdi?
J: 1370-yilda.
Temur davlatining boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?
J: 1.Temur davlati o`z davriga qaraganda markazlashgan davlat edi . Bu davlat asoschisi tabaqalarning maqsad va manfaatlarini himoya qilishi maslahat va kengash ila qattiq qo`llik bilan boshqarilishi kerak edi .
2. Saltanatning 4 asosiy ustunini bilishva unga suyana bilish . Quyidagilar 1)Islom va shariat aqidalari 2)qonun ustuvorligi 3)xazina 4)raiyat ya’ni mehnatkash xalq.
4. “Temur tuzuklari” nima?
J: “Temur tuzuklari” ikki qism , 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo`lib , unda davlat tuzilishi hamda mamlakatni boshqarish hususidagi nuqtai nazari bayon etiladi. Bu asardan ko`plab sharq hukmdorlari o`zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlarva unga yuqori baho berganlar . “Temur tuzuklari” ning birinchi qismida Amir Temurning yeti yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati , uning ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi va mamlakatlarni , Eron va Afg`onistonni o`z tasarrufiga kiritishi , Oltin O`rda xoni To`xtamishxon ustixon , nihoyat , buyuk jahongirning Ozarbayjon , Turkiya , Xindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan .Ikkinchi qismi Soxibqironning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o`ziga hos vasiyat va pand-u nasihatlaridan iboratdir.
Amir Temur qanday harbiy yurishlarini amalga oshirgan?
J:Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo`g`uliston , Eron , Ozarbayjon , Iroq , Shom , Hindiston , Gurjiston , Armaniston , Kavkazorti o`lkalariga yurishlar qildi.
Davlatdagi tashqi siyosat, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlar qanday boʻlgan?
J:Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashkari siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishini taklif etgan. Shunday qilib u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini kursatib o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatshpga intilganlar, shu bois ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam bergan.
Temuriylar davrida ilm-fan qanday taraqqiy etgan?
J: Garchi XV asr boshidan ichki nizolar, ozaro kurashlar mamlakat ichki hayotiga salbiy ta’sir otkazgan bolsa-da, lekin temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug‘bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga e’tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi.Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me’morlar, bastakoru-naqqoshlar guruhlari toplana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham oziga xos madaniy markazlar rolini oynay boshlaydi. Tarixda ma’rifatparvar va oqilligi bilan nom chiqargan Shohruh (1405-1447) davrida asriy ilm-fan, madaniyat, an’analari qayta jonlana boshlagan edi. Shahar qayta qurila boshlandi. Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruhning og‘li Boysunqur tashkil etgan kitobxona nomini olgan joy bolib qoldi. Bu yerda oz davrining eng sara kitoblari qayta kochirilar, sotib olinar va sotilar edi. Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, amaliy san’at, hattotlik san’ati, ayniqsa, oz rivojini maromiga yetkazdi. Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham oz faoliyatini shu yerdan boshlagan edi.
Ulugʻbekning ilmiy maktabi haqida nimalar bilasiz?
J:Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib brogan. Ular orasidagi eng yiriklari Rumiy , Koshiy edi. Ulug`bekning ilmiy ilmiy maktabio`z faoliyatida O`rta Osiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy , Axmad al-Farg`oniy
“