Xivchinlilar sinfi (Mastigophora) O’simliksimon xivchinlilar kenja sinfi (Phytomastigina) Evglenalar turkumi (Euglenoidea) Yashil evglenaning tuzilishi



Yüklə 15,56 Kb.
tarix24.05.2020
ölçüsü15,56 Kb.
#31521
Протозоа вакиллари тузилиши

1-амалий машғулот. Protozoa (Содда хайвонлар). Тип Euglenozoa: Класс Euglenoidea (Эвгленалар). Мухим вакиллари: Euglena viridis.

Xivchinlilar sinfi (Mastigophora)

O’simliksimon xivchinlilar kenja sinfi (Phytomastigina)

Evglenalar turkumi (Euglenoidea)

Yashil evglenaning tuzilishi (Euglena viridis)

Xivchinlilar sinfi ikkita kenja sinfga bo’lib o’rganiladi. O’simliksimon xivchinlilar kehja sinfi va Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi. Hayvonsimon xivchinlilar vakillari parazit yashashga moslashgan.

Yashil evglena chiriyotgan organik moddalarga boy bo’lgan ko’lmak suvlarda va hovuzlarda yashaydi. Evglenani duksimon, orqa tomoniga qarab toraygan tanasi va yashil rangi bilan oson ajratib olish mumkin. Protoplazmasi ektoplazmadan va endoplazmadan iborat bo’lib, tana yuzasi yupqa elastik parda-pellikula bilan o’ralgan. Tanasining oldingi uchida harakatlanish organoidi bo’lgan, bitta xivchini bor. Xivchinning asosida harakatni boshqaruvchi kichik tanacha-bazal membrana joylashgan.

Evglena protoplazmasining asosiy organoidlaridan yana biri qisqaruvchi vakuola bo’lib, uning atrofi mayda pufakchalar-keltiruvchi yoki yig’uvchi vakuolalar bilan o’ralgan (-rasm). Suv va qoldiq moddalar protoplazmadan yig’uvchi vakuolaga va u yerdan qisqaruvchi vakuolaga quyiladi, u to’lgach, rezervuarga va rezervuarni tashqi muhit bilan bog’lovchi naycha orqali tashqariga chiqariladi. Evglenaning tanasida xromatoforlari bor. Shuning uchun u yashil o’simliklar singari fotosintez qilish xususiyatiga ega va avtotrof organizmlar qatoriga kiradi.

Evglenalar qorong’ilikda va suvda organik moddalar erigan muhitda saprofit oziqlanishga o’tadi va bu davrda yashil ranglarini yo’qotadi, bunda ikki xil oziqlanish kuzatiladi, bundy ikki xil oziqlanish miksotrof oziqlanish deyiladi.

Evglenaning bitta sharsimon yadrosi bo’lib, tanasining o’rta qismidan biroz orqaroqda joylashgan.

Evglena faqat jinssiz ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi, shuning bilan birga bo’linish bo’yiga qarab o’tadi. Oldin yadrosi mitotik usulda bo’linadi, so’ngra tanasining uchidan to ohirigacha asta sekin bo’linadi, ya’ni ikkita evglena hosil bo’ladi. Noqulay sharoitda ektoplazma chiqargan suyuqlik hisobiga alohida qobiqqa o’raladi. Sista hosil qiladi, ahamiyatlisi sista ichida ham bo’linadi. Qulay sharoit bo’lganda yana qobiqdan chiqib hayotini davom ettiradi.

Kinetoplastida (Кинетопластидалар). Мухим вакиллари: Trypanosoma sp.(трипаносома), Leishmania sp. (лейшмания). Тузилиши, узига хос хусусиятлари, тиббий ахамияти. Куйида берилган паразитлар асосан хайвонсимон хивчинлилар мухим вакиллари хисобланади. Булар асосан якка холда яшайди, гетеротроф озикланади. Деярли купчилик вакиллари одам ва хайвонларда паразитлик килади. Мухим вакиллари: Trypanosoma лар трипаносомалар, одам ва хайвонларда паразитлик килиб, уларда огир касалликларни келтириб чикаради. Танаси дуксимон тузилишга 15-40 мкм ни ташкил килади. Олдинги томонда жойлашган битта хивчини танани енидан орка томонга караб йуналган. Хивчин юпка хилпилловчи мембрана оркали эктоплазмаги туташади ва хилпилловчи мембрана хосил килади.Одамларда паразитлик киладиган трипанасомаларнинг куйидаги турлари яхши урганилган: Trypanosoma gambienzi-Afrika uyqu kasalligini keltirib chiqaradi Trypanosoma cruzi –Chagas kasalligini, Trypanosoma rhodensi-uyqu kasallinini rodenzi turini keltiri chiqaradi.

Leishmania- лейшманиялар odamlarda va hayvonlarda parazitlik qiladi.Tuzilishi tripanasomalarga oxshab ketadi. Bulani rivojlanish sikli murakka, bolib. Rivojlanish siklida ikkita hojayin ishtirok etadi.

Kinetoplastida (Кинетопластидалар). Мухим вакиллари: Trypanosoma sp.(трипаносома), Leishmania sp. (лейшмания). Тузилиши, узига хос хусусиятлари, тиббий ахамияти. Куйида берилган паразитлар асосан хайвонсимон хивчинлилар мухим вакиллари хисобланади. Булар асосан якка холда яшайди, гетеротроф озикланади. Деярли купчилик вакиллари одам ва хайвонларда паразитлик килади. Мухим вакиллари: Trypanosoma лар трипаносомалар, одам ва хайвонларда паразитлик килиб, уларда огир касалликларни келтириб чикаради. Танаси дуксимон тузилишга 15-40 мкм ни ташкил килади. Олдинги томонда жойлашган битта хивчини танани енидан орка томонга караб йуналган. Хивчин юпка хилпилловчи мембрана оркали эктоплазмаги туташади ва хилпилловчи мембрана хосил килади.Одамларда паразитлик киладиган трипанасомаларнинг куйидаги турлари яхши урганилган: Trypanosoma gambienzi-Afrika uyqu kasalligini keltirib chiqaradi Trypanosoma cruzi –Chagas kasalligini, Trypanosoma rhodensi-uyqu kasallinini rodenzi turini keltirib chiqaradi.



Leishmania- лейшманиялар odamlarda va hayvonlarda parazitlik qiladi.Tuzilishi tripanasomalarga oxshab ketadi. Bulani rivojlanish sikli murakka, bolib. Rivojlanish siklida ikkita hojayin ishtirok etadi.
Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin