XIX asr o’rtalarida o’rta Osiyo davlarlarining hududi va aholisi
XIX asrda O’rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud bo’lib bular Buxoro amirligi Xiv ava Qo’qon xonliklaridir.Bu davlatlarda ishlab chiqarish ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar savdo-sotiq va boshqa sohalar rivojlangan bo’lsada biroq ularning taraqqiyoti ilg’or Yevropa davlatlari darajasida past edi. Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo’lib Buxoroi Sharif ya’ni Muqaddas Buxoro nomiga ega bo’lgan.Amirlik chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg’og’idan boshlanib shimolda Sirdaryogacha sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan.Davlat hududi XIX asrning o’rtalarida Eron Afg’oniston Qo’qon va Xiva xonliklari qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo’lgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan.Amirlikda Buxoro Samarqand Shahrisabz Qarshi Kitob G’uzor Termiz Sherobod Hisor Ko’lob kabi yirik savdo-sotiq hunarmandchilik va madaniy markazlar hisoblangan shaharlar ham mavjud edi.Unga hozirgi Tojikistondagi Vaxsh Kofarnihon Panj daryolari vodiylaridagi yerlar Turkmanistodagi Murg’ob daryosi vohalaridagi joylar qarashli bo’lgan.Shu bilan birga hududiy jihatdan beklik va tumanlarga bo’linib ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan.Amirlikda 40ta beklik bo’lgan.