Xix asr oxiri-xx asr boshidagi me'morchilik



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#190828
  1   2
14-МАВЗУаа copy 1


XIX asr oxiri-XX asr boshidagi me'morchilik

Turkistonda XIX asrning 2 – yarmidan boshlab ayrim qadimiy shaharlarning chekkalarida, yonlarida yoki ulardan biror masofada «yangi shahar» lar paydo bo‘ldi. Samarqandda va Toshkentda dastlabki «yangi shahar» lar qadimgi qal’alarning buzib tashlanishi hisobiga, ularning o‘rinlarida asrlar davomida shakllangan shaharsozlik tizimlarini saqlab qoldilar. Buxoroning «qo‘riqchisi» sifatida Kogon qurildi. Marg‘ilondan birmuncha masofada «YAngi Marg‘ilon» - hozirgi Farg‘ona shahari tashkil bo‘ldi.


Turkiston shaharlari hayotida yuqorida aytilgan yirik va mayda ma’muriy-rejaviy tizimning ahamiyati saqlanib qolgan. Ko‘pgina shahar va yirik qishloqlarda (masalan, Parkentda) aholi dehqonchilik bilan ham shug‘ullangan (Buxoro shahari bundan mustasno). Bunday shaharlarda oilalar bahorda ko‘ch – ko‘roni bilan shahar tevaragidagi bog‘lariga chiqib ketib, kuzda hosilni yig‘ib bo‘lgach o‘z mahallalariga qaytishgan. SHaharliklarning dehqonchilik qiladigan qo‘rg‘on devordan tashqaridagi erlari turli nom bilan atalgan: Toshkentda – mavzu yoki mavze, Samarqandda va Qarshida – bog‘ot deyilgan.
SH a h r i s a b z shahari boshqa o‘rtacha kattalikdagi shaharlar qiyofasiga o‘xshash qiyofaga ega bo‘lgan. Uning tarhida XV asrga mansub bo‘lgan shaharsozlik tizimi saqlanib qolgan edi. XIX asrning oxirida SHahrisabzda 52 guzar mavjud bo‘lgan. Har guzarda uning jamoat markazida oldi hovuzli hamda ko‘kalamzorlashtirilgan guzar masjidi bo‘lgan. Guzarda boshqa xildagi, masalan. jome’ tipidagi masjid ham bo‘lishi mumkin. Markazga guzar ahli yig‘ilib o‘z ishlari xususida kelishib oliщar edi. Bunday joylarda ba’zan maktab, zaviya, takiya, madrasalar ham qurilgan.
1865 yilda T o sh k e n t Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng chor qo‘mondonligi O‘rdada joylashgan. Keynnchalik Ko‘ymas darvozasidan sharqda yangi qal’a – T u p r o q qu r g‘ o n qurilgan. U g‘arb fortifikatsiyasi qoidalariga muvofiq qurilgan bo‘lib noto‘g‘ri shaklli tarhga ega bo‘lgan. Ichida kazarmalar, ofitserlar uylari, kasalxona va boshqa binolar qurilgan edi. Inshootlar Tuproq Qo‘rg‘on ichiga sig‘may qolganda ba’zi binolar uning tashqarisida ham paydo bo‘ldi. Qal’aning sharqiy darvozasi saqlangan.
1866 – 1867 yillarda g‘arbiy topograf M.N. Kodesnikov O‘rda va Tuproq qo‘rg‘on bilan SHivli arisigacha bo‘lgan erlarni YAngi shahar ehtiyojlari uchun rejalashtirdi. Loyiha bo‘yicha keng (25 m) ko‘chalar o‘tkazish mo‘ljallangan edi. Qadimgi M i n g O‘ r i k b o g‘ i ni hamda SHivli arig‘ining bo‘ylaridagi bog‘larni saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi.
Turkiston shaharsozlik tarixini o‘rganishda chor ma’muriyatining 1889 yilning «Toshkent shahri Osiyo qismining tarhi» xaritasi muhim manbadir. U 5 – chizmachilik bo‘limniig boshlig‘i Rodionov tahriri ostida Toshkent g‘arbiy – tipografik toshbosma bo‘limida chop etilgan. Xaritada xozirgi Eski shaharning deyarli hammasi ko‘rsatilgan. O‘rda va uning tevaragi bundan mustasno, chunki u erlar YAngi shaharga qo‘shib yuborilgan. Xarita 100 sajen "I ingliz dyuymi" miqyosi (masshtabi) bo‘yicha bajarilgan. Ushbu xaritani o‘rganish Toshkent shaharsozligiga doir ba’zi qimmatli ma’lumotlarni beradi. Xaritada 268 masjid va 96 guzar ko‘rsatilgan. Ulardan 200 masjid va 41 guzar yakka holda keltirilgan. Qolganlari boshqa qurilma yoki shaharsozlik unsuri bilan turli birikmalarda keltirilgan. Xaritada guzarlar 2 – 3 mahalla markazi tariqasida berilgan. Guzarlarning tarkibida do‘konlar bo‘lib, ularning soni aksari 10 – 20 atrofida. Me’moriy birikmalar ichida masjid – guzar (eng ko‘p, qirqqa yaqin), masjid – madrasa, masjid – madrasa – guzar birikmalar qayd etilgan. Ularning tarkibida mozor yoki yakka bo‘lgan birikmalar ham mavjud.
Toshkent Turkistonning ma’muriy, savdo va sanoat markaziga aylandi. U asr boshiga kelib qariyb 300 ming aholiga ega bo‘ldi. O‘sha vaqtda shaharda 280 dan ortiq mahalla bo‘lgan. SHahar qadimgi va yangi qismlardan tashkil topgan edi. 1890 yil ma’lumotiga ko‘ra, shahardagi ko‘chalarning umumiy uzunligi 1343 kilometrga etgan.
E s k i sh a h a r binolari me’morligida, jumladan masjid va madrasalar qurilishida ustalar tomonidan qadimiy, yapaloq g‘isht bilan barobar zamonaviy o‘lchamlarga yaqin o‘lchamlardagi solloti g‘isht, gumbaz va tomlar uchun tunuka, zinalar uchun temir ham qo‘llanildi.
Eski shaharda ko‘pgina yangi binolar paydo bo‘ldi. SHayxontahur majmuasining darvozasi (1892 yil, usta Abduraxim), To‘xta boyvachcha masjidi (1906 y.), SHayxontahur dahasining Baland masjidi (1925 yil, usta Mo‘min) kabi binolar bunga misol bo‘la oladi. Ayni vaqtda YAngi shaharning ayrim binolarida, masalan «Xiva» kinoteatrida (1910 – 1916 y., arx. G. Svarichevskiy, imorat saqlanmagan) mahalliy me’moriy shakllardan foydalanildi. XIX asr oxiri – XX asr boshida Toshkentda bir necha evropacha imoratlar: savdo binosi (1911 yil, 4 – poliklinika), Eski shahardagi 1 – telegraf (saqlanmagan, avvalgi kasb – hunar bilim yurti, keyin o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari, Jangob arig‘i bo‘yida bo‘lgan), Maxsido‘zlik ko‘chasidagi Turon mehmonxonasi – xozirgi omonat kassasi va viloyat kutubxonasi binolari qurildi.
Toshkentning CH o r s u b o z o r i nafaqat savdo, balki hunarmandchilik markazi ham bo‘lgan. Bozor bir xil mollar bilan savdo qiluvchi bozorcha maydonlari va hunarmandlar rastaslaridan iborat bo‘lgan. XX asr boshlarida ja’mi qirqqa yaqin b o z o r ch a va r a s t a bo‘lgan. CHunonchi, Alloflik, G‘allabozor, Arpabozor, Bedabozor, Somonbozor, Bordonbozor, Gilambozor, Kiyizbozor, Namatbozor, Ko‘rpabozor, Kattabozor, Ko‘mir saroy, Kulol bozor, Tovoqbozor, Ko‘chatbozor, Mevabozor, Nonguzar, Sabzavot kabi bozorcha – maydonlar hamda Bazzozlik, CHitfurushlik, Beshikchilik, Vassabozor, Dukchilik, Zargardik, Ko‘nchilik, Romsozlik, Sovungarlik, Sarrojlik, Saxxoflik, Tunukachilik, Etikduzlik, Misgarlik, CHarxchilik kabi rastalar bo‘lgan.
Rastalarning ba’zilari usti berk (tomi avval tuproq, keyin tunuka) t i m shaklida bo‘lgan. Tim jazirama yozda soya – salqinni ta’minlagan. Qor – yomg‘irda loygarchilikdan asragan. Do‘konlar odatda oldi ko‘tariladigan, ravonli sinchkor xonadan bo‘lib, ularning umumiy soni 4,5 mingga etgan. Bozorda CHorsu arig‘ining yaqinida usti tomli Dukkosha (Ukkosha) bulog‘i bo‘lgan. Ko‘p choyxona, oshxona, hammomlar, jumladan Badalmat hammomi (xozirgi «CHorsu» mexmonxonasi o‘rnida), erlar uchun Pushti hammom (saqlangan, Maxsido‘zlik ko‘chasida), xotin – qizlar uchun boshqa Pushti hammom (buzilib ketgan, Tabiat muzeyiga yaqin bo‘lgan) kabi binolar bozorninig qiyofasini belgilagan edi. Undan tashqari bu erda karvon saroylar Xoji Malik karvonsaroyi (Farobiy va Sag‘bon ko‘chalari tutashgan joyda), Hind karvon saroyi (Jangob arig‘i bo‘yida) kabi binolar joylashgan edi.
CHorsu bozoridan tashqari shaharda bir xil mollar bilan savdo qiladigan m a x s u s b o z o r l a r bo‘lgan. Molbozor shaharning shimoliy qismida, qovunbozor Samarqand darvoza oldida joylashgan edi.
SHahar devoridan tashqaridagi dexqonchilik qilingan erlar m a v z e (mavzu) deb atalgan. SHahar aholisining anchagina qismi qishda biron – bir kasb bilan shug‘ullanib, erta baxorda mavzelardagi qo‘rg‘onlarga (bog‘ uylariga) ko‘chib kelingan. Hosil yig‘ilgandan keyin, kech kuzda shahardagi xonadonlariga qaytishgan. Deyarlik har mahalla o‘z mavzesiga ega bo‘lgan. Odatda, qo‘shni mahallalarning mavzelari ham yonma – yon bo‘lgan. Xatto mahalladagi xonadonlarning joylashuv tartibi mavzedagi bog‘larning joylashuvida ham saqlangan. Ayrim hollarda esa mahalla o‘z mavzesi bilan bir nomda bo‘lgan. Masalan: Eshonguzar va Zangi ota mahallalarining mavzelari shu nomlar bilan atalgan. Toshkentning ja’mi mavze va qishaloqlari katga maydonni egallagan. U shimoli –sharqda, Nayozbek qal’asidan, janubi – g‘arbda Qovunchigacha davom etgan. XX asr boshida mavzelar soni 150 dan ortiq bo‘lgan.
YA n g i sh a h a r eskisi kabi asosan bir qavat va xom g‘ishtdan qurilgan edi. Lekin markaziy ko‘chalarning ba’zilari tosh bilan farsh qilindi. Bunday ko‘chalarning yonlarida g‘ishtin magazin, bank, mehmonxona, restoran, xashamatli turar uylar ham qurildi. Masalan, Andijon ko‘chasida arxitektor G.Ovarichevskiy loyixalagan saroy qurildi. YAngi shaharda Katta prospekt, Moskva va Konstantin ko‘chalari ajralib turgan. Katta prospektning Moskva va Mixail ko‘chalarining chorrahasida cherkov va savdo maydoni (Piyon bozor) bo‘lgan. Bu erda saqlangan binolaridan Buyuk knyaz N.K.Romanov saroyini (1889-1890 y.) kursatish mumkin. 80 – yillar boshida YAngi shahar janub tomonga qarab kengayib SHahar bog‘i (1882 y.) barpo etildi. Ofitserlar majlisxonasi qurildi. 1899 – yil va 1906 – yilda Kaspiyorti va Orenburg temir yo‘llari paydo bo‘lgach, sanoat korxonalari – paxta zavodlari, temir yo‘l ustaxonalari va boshqa yangi tipdagi imoratlar qurildi.

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin