Xorazm sharoitida qovoqni qayta ishlash istiqbollari
Xorazm sharoitida qovoqni qayta ishlash istiqbollari Annatotsiya Ushbu maqolada qovoqdan foydalangan holda, iste'mol xususiyatlarini saqlab qolgan qovoqni o’rnini bosuvchi maxsulotlarni ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Olingan natijalarga ko‘ra qovoqni qayta ishlash yil bo’yi aholini qavoq maxsulotlari bilan ta’minlashga zamin yaratadi. Qovoqni qayta ishlash jarayonlarida o’simlikning kelib chiqishi hamda uning struktraviy tuzilishlari muhim ro’l o’ynaydi. Shundan kelib chiqib qayta ishlash usullari va resepturalari tuziladi.
Аннатосия В данной статье речь идет о производстве продуктов-заменителей тыквы, сохраняющих свои потребительские свойства, с использованием тыквы. Согласно полученным результатам, переработка тыквы создает основу для обеспечения населения тыквенной продукцией в течение всего года. Происхождение растения и его структурные структуры играют важную роль в переработке тыквы. На основе этого создаются способы обработки и рецепты.
Annattosia This article deals with the production of pumpkin substitute products that retain their consumer properties using pumpkin. According to the results obtained, pumpkin processing creates the basis for providing the population with pumpkin products throughout the year. The origin of the plant and its structural structures play an important role in pumpkin processing. Based on this, processing methods and recipes are created.
Kirish Qovoqning vatani Markaziy, Janubiy Amerika. Arxeologik dalillar shuni ko‘rsatadiki, Cucurbita moschata Amerika, Meksika va Peruda keng tarqalgan bo‘lib, asosiy kelib chiqish markazlari hisoblanadi. Madaniy turlar 1942 yildan ancha oldin amerikalik hindularning ratsionida asosiy oziq-ovqat bo‘lgan. Qovoq Evropada 16-asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo davlatlari va O‘zbekistonda qovoq o‘simligi qadimdan ekib yetishtirib kelinadi. Ushbu ekin turi bo‘yicha respublikamizda ham tadqiqotchilar tomonidan izlanishlar olib borilgan. Biroq, Xorazm viloyati sharoitida qovoq o‘simligini yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmagan. Xorazm viloyati Respublikamizning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, markaziy va janubiy mintaqalar bilan tuproq-iqlimi sharoitlari farqli, bundan tashqari poliz ekinlarini resurstejamkor agrotexnologiyalarda sug‘orilmasdan yetishtirilishi markaziy va janubiy mintaqalar bilan keskin farq qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz 2022 yildan boshlab Xorazm viloyati sharoitida yetishtirish uchun qovoq nav namunalarini tanlash, maqbul ekish sxemalari va muddatlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini boshladik. Respublikamizda qovoq asosiy poliz ekinlaridan biri hisoblanib, uning Ispanskaya 73, Qashqarskaya 1644, Polov kadi navlari yaratilib, davlat reestriga kiritilgan. Ushbu navlarning reestrga kiritilganiga 30-40 yildan oshib ketgan. Hozirgi kunda Xorijiy davlatlarda ko‘plab istiqbolli eksportbop, tezpishar navlari yaratilgan bo‘lib, bu navlarni Respublikamiz sharoitida sinab ishlab chiqarishga joriy qilish qovoqdan olinayotgan hosildorlikni oshirishga katta xissa qo‘shadi. Qovoq Respublikamizning shimoliy xududlarida avgust oyining oxiri-sentyabr oylarida pishib yetiladi va shu davrda eksportga chiqariladigan asosiy poliz mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Dunyoning qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarida aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari jumladan, meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida klaster usulida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish murakkablashayotganligi, global tabiiy-iqlim o‘zgarishi, Covid-19 pandemiyasining dunyo bo‘yicha keng tarqalishi barcha sohalar singari meva-sabzavot yetishtiruvchi xo‘jaliklarda va ularda boshqarishda muammoli vaziyatlarning yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Shu bois, rivojlangan mamlakatlarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda ixtisoslashgan klasterlar usulidan foydalanish orqali tarmoqni rivojlantirish, zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash hamda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etishga keng e’tibor qaratilmoqda.
Qovoq – 4 ta kenja turkum va 25 turni o‘z ichiga oladigan Cucurbita L. turkumiga kiradi. O‘zbekistonda ekiladigan qovoqlar morfologik va xo‘jalik-biologik belgilariga ega bo‘lgan 3 ta turga kiradi:
1. Qattiq po‘stli yoki oddiy qovoq – C. Pepo L.
2. Yirik mevali qovoq – C. maxima Duch.
3. Muskat qovoqlari
Respublikamiz fermer xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqalarda qovoqning 140 dan ortiq nav namunalari uchraydi, bulardan muskat qovoqlari 40-45% ni, yirik mevali qovoqlar 30-35% ni va qattiq po‘stli qovoqlar 25-30% ni tashkil etadi. Qovoq ildizlari kuchli rivojlangan bo‘lib, asosiy ildizlari 2 m gacha chuqurlikka kirib boradi, yon ildizlari tarqalish radiusi 2-5 m gacha, umumiy uzunligi bir tup qovoqda 171,5 metrgacha yetadi. Qovoq barglari yirik, bandlari uzun bo‘lib, tur va navlariga qarab shakli, rangi va tuklanishi har xil bo‘ladi. Bir tup qovoqning barg yuzasi 30-32 m2 ga yetishi mumkin.
Qovoq mavsumiy mahsulot hisoblanib, kuz fasli kelishi bilan do‘kon rastalarida ko‘paya boshlaydi. Qovoqning foydali xususiyatlari sizga ma’lummi? Qovoq mahsuloti ozuqaviy qiymatdan tashqari ko‘plab qimmatli mikroelementlarni o‘z ichiga oladi va butun tanaga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, nafaqat qovoqning go‘shtli joyi va sharbati, balki urug‘lari ham foydali xususiyatga ega.