Xorijiy davlatlarda Temuriylar davriga oid tatqiqotlar
Xorijiy davlatlarda Temuriylar davriga oid tatqiqotlar Sohibqiron Amir Temur davlatining XIV asr oxirgi choragi va XV asr boshlaridagi tarixiga doir asarlar sirasiga IbnArabshohning “Ajoyib al – maqdur fi tarixi Taymur ”, Ispan sayyohi Rui Gonzales de-Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish mumkin . Lekin ,ular xotiralar ,safar taassurotlari sifatida rasmiy 49 solnomalardan uslub va mazmun jihatidan farq qiladi va tarixiy manbalar orasida o’ziga xos o’ringa ega . Shomiy “Zafarnoma ”sining faqat ikki qo’lyozma nusxasigina saqlanib qolgan . Birinchisi , AmirTemurga taqdim etilgan qo’lyozmaning 1425 yilda ko’chirilgan nusxasi bo’lib u Istanbuldagi “ Nuri Usmoniya ” masjidi kutubxonasida 3367 inventar raqamida saqlanmoqda . Ikkinchisi , muallif tomonidan AmirTemurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn Mironshoh (vafoti 1409 yil )ga taqdim etilgan qo’lyozmadan 1434 yili ko’chirilgan nusxa bo’lib , u Londondagi “Britaniya muzeyi” kutubxonasida 23980 inventar raqami bilan saqlanib kelmoqda. Taniqli matnshunos olim Feliks Tauer mazkur qo’lyozmalarda ayrim noqisliklar bo’lgani sababli , ularni Hofizi Abro’ning “Zubdat ut-tavorix”I bilan solishtirib tadqiq etish asosida “ Zafarnoma” ning ikki jilddan iborat ilmiy – 48 tanqidiy matnini nashr ettirgan (1937 yil , Praga va 1956 yil , Praga ) . Birinchi jildiga faqat “ Zafarnoma ” ning matni kiritilgan.Ikkinchi jildda esa noshirning so’zboshisi , Hofizi Abro’dan qo’shimchalari va nusxalardagi farqlar berilgan . Asar keyingi vaqtlarda Sharq va G’arb olimlari tomonidan o’rganilib , undan qisqartirib tarjimalar qilingan. Jumladan , 1949 yili Anqarada Nejoti Lug’ol ismli olim F. Tauer nashri asosida asarni qisqartiriirib turk tiliga o’girgan .Undan tashqari , sharqshunoslikda oid bir necha kitoblarda bu asardan terma tarjimalar e’lon qilingan . 1969-1972 – yillar orasida Shomiyning “ Zafarnoma ”sini O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akdemiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Feliks Tauerning nashri asosida birinchi marta o’zbek tilida to’la nashrga tayyorlashga kirishilgan va bu ishni institut katta ilmiy xodimi Yunusxon Hakimjonov (1974 yili vafot etgan ) o’z zimmasiga olgan edi . Biroq o’sha yillarda “Temur shaxsiga sig’inish ” masalasining ko’tarilishi bilan Amir Temur davriga doir asarlarni chop etishning iloji bo’lmay qolgan va shu sababli Y. Hakimjonov tarjimasi dastlabki qoralama holida qolib ketgan.1 Keyingi yillarda Respublikamiz mustaqillika erishish sharofati bilan qadriyatlarimizni , merosimizni chuqur o’rganish , tariximizni haqqoniy yoritish uchun zaruriy yozma manbalarni chop etib , ommalashtirish borasidaO’zbekistonFanlar Akdemiyasi Sharqshunoslik institutida amalga oshirilayotgan ishlar qatorida Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy manbalarini ham o’zbek tilida nashrga tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda . Ulardan biri -Nizomiddin Shomiyning “ Zafarnoma ” asari bo’lib , nashrga Y.Hakimjonovning tarjimasi asos qilib olindi . 4. Rui Gonzales de Klavixoning Samarqandga- Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406yillar) da Amir Temur talqini Klavixo“Kundaligi”sohibqiron Amir Temurning hayoti va olamshumul tarixiy xizmatlariga doir ,shak-shubhasiz , bebaho tarixiy manbalardan biridir. “Kundalik” Kastiliya va Leon qiroli Enriko III (1390-1407) tomonidan Amir Temur huzriga yo’llangan Rui Gonsales de Klavixo boshliq elchilar bosib o’tgan ulkan va mashaqqatli yo’l xotiralaridan iborat bo’lib , u ispan elchisining 1403- 1406 – yillarda O’rta Yer dengizi sohillaridagi mamlakatlarda , Turkiyada , Kavkaz orti yerlarida , Eronda xususan , Amir Temur saltanatida hamda bevosita 1 A.Madraximov. G.Fuzailova.Manbashunoslik.T.,2008,55-bet. 49 uning saroyida ko’rgan bilganlarini , bu davrda elchining o’z qalbida kechgan turli tuman o’y fikrlarini aks ettirgan.1 Shu o’rinda kitob muallifi - Klavixoning o’z taqdiri , hayot yo’li va faoliyati to’g’risida ham qisqacha bo’sada , ma’lumot berib o’taylik . Rui Gonsales de Klavixo Kastiliya (Ispaniya) dagi badavlat va nufuzli oilada tug’ilib , voyaga yetgan . Otasi ham , o’zi ham qirol saroyida katta mansablarga turganlar . Uning ajdodlari Enriko IIIning ota – bobolari – Enriko II va Xuan I ning saroyida xizmatda bo’lishgan. Ma`lumki Amir Temur davrida O’rta yer dengizi hududidagi Pireney yarim oroli (Ispaniya)bir necha qirolliklarga bo’linib ketgan edi. Ular ichida qudratlisi Kastiliya qirolligi edi va keyinchalik Ispaniya shu qirollik atrofida birlashdi . Alohida takidlab aytgimiz keladiki, bu birlashuvda Kastiliyaning Yevropa davlatlari orasida birinchiilardan bo’lib Amir Temur saltanati bilan o’rnatilgan elchilik munosabatlari shak-shubhasiz xayrli omillardan biriga aylanadi . Tarixdan ma’lumki Amir Temur davrida Ispaniya va boshqa Yevropa davlatlari Usmonli turk imperiyasi xurujlaridan taxlikaga tushib qolgan edi. Sohibqiron bobomiz tarix sahnasiga chiqib avval ona zaminni mo’g’ullar asoratidan keyin Rossiya va Ukrainani Oltin O’rda taxdididan xalos etdi. Usmonli turk imperiyasi taxdidi ostida yashagan Yevropa davlatlari Amir Temur qudratiga najot bilan qaray boshladi . Angliya , Fransiya, Ispaniya, Genuya, Vizantiya singari davlatlarning hukmdorlari Amir Temur bilan iqtisodiy savdo va siyosiy munosabatlarni o’rnatishga kirishib ulug’ jahongir huzuriga birin ketin o’z elchilarini jo’natdilar . Jumladan, Kastiliya va Leon qiroli Don Enriko III 1402 yilda, yoz oylarida o’zining birinchi elchilarini- Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelosni Amir Temur Turkiyada ekanida huzuriga safarbar etdi . Sohibqiron Ispaniyaning ana shu birinchi elchilariga alohida hurmat ko’zi bilan qarab, ular o’z vataniga qaytar ekan, ikki davlat o’rtasida do’stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida o’z saltanatining elchisi Xo’ja Muhammad qozi al-Keshiyni ham Ispaniya elchilariga qo’shib Enriko III huzuriga yo’lladi . ( bu zot o’sha davrdagi Ispaniya rasmiy hujjatlarida Al- Qoziy Klavixo asarida Magomet Al – Kagiy deb ko’rsatilgan – M.S) shu tariqa buyuk bobomiz vatanimiz bilan Yevropani bog’laydigan elchilik aloqalariga asos soldi . Keshning yana bir ilg’or namoyondasi mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur tomonidan Misr sultoni Faraj huzuriga elchi sifatida jo’natilgan . 1403 yilda Enriko III Amir Temur saltanatining Usmoniylar imperiyasi ustida erishgan g`alabasidan so`ng zudlik bilan Amir Temur huzuriga ikkinchi 1 Rui Gonzales de Klavixo.”kundalik”T.2010,3-bet. 50 elchilar guruhini safarbar etdi . 13 kishidan iborat bu guruhga Enriko III saroyida so’zga chechan va otashin notiq sifatida tanilgan Rui Gonsales de Klavixo boshchilik qildi . 1403 yilning 22 may kuni Janubiy Ispaniyaning Kadis shahridagi bandargohidan yo’lga chiqqan elchilar, oradan 15 oy o’tib, 1404 yil avgust oyi oxirida Samarqand atrofidagi Amir Temur bog’laridan biriga yetib keldilar va 8 sentabr kuni Sohibqiron tomonidan qabul qilindi.Keyinchalik Klavixo Ispaniyaga qaytgach, oradan 1 oy o’tib, o’z “Kundaligini” safar hisboti tarzida tayyorlab Enriko III ga taqdim etdi . U Toledo shahrida qirolning vasiyatnomasini tuzishda ham ishtirok etgan masul mulozimlardan biridir . Qirol Enriko III 1407 yilda vafot etgandan keyin, Klavixo davlat ishlaridan istefoga chiqib Kastiliya poytaxti Alkala de Ennaresdan ona shahri Madritga qaytib keladi va umrining oxirigacha shu shaharda istiqomat qiladi. U 1412 yilda vafot etib, Madrid shahrining avliyo Fransisko cherkovi hududidagi ota - bobolari xilxonasiga dafin etiladi . Shu o’rinda yana bir diqqatga sazovor izoh : Madridning markaziy ko’chalaridan biriga Rui Gonsales de Klavixo nomi berilgan . Bu ko’cha hozir ham mavjud , hamon gavjum hamda unda serfayz hayot hukmron . Elchilar tarixda ko’p o’tgan, ammo Klavixodek, nomi ko’chalaar peshtoqida abadiylashtiril- gan elchilar kam . Bu- Ispan xalqini Amir Temur saltanati bilan do’st aylagan o’z bobokalon elchisiga chuqur ehtiromning dalolatidir. 1 Shu ko’cha nomi bialn bog’liq yana bir tarixiy muhim voqeani albatta, faxrlanib tilga olamiz . Mamlakatimiz Prezdenti I.Karimov 2003 yilning 27-29 yanvar kunlarini Ispaniya qirolligiga qilgan davlat safari paytida davlatimiz rahbarining Ispaniyada muhim uchrashuvlaridan biri – Madrid shahri meri Xose Mariya Al`vares Del Manzino bilan suhbat - aynan Rui Gonsales de Klavixo nomi bilan bog’liq ana shu ko’chadagi muhtasham binoda bo’lib o’tdi . Buning o’zida ezgu bir ramziy ma’no bor. Aynan Prezidentimiz Ispaniyaga davlat tashrifi bilan borgan 2003 yilda Ispan elchisi Klavixoning Amir Temur huzuriga, 1403 yilda qilgan safariga roppa – rosa 600 – yil to’ldi . Shunday qilib Amir Temur davrida mamlakatlarimiz o’rtasida samimiy do’stlik aloqalari istiqlol davriga kelib Prezident I.Karimovning Ispaniyaga davlat tashrifi munosabati bilan qaytatdan tiklandi va to’xtovsiz mustahkamlanib borib ajoyib samaralar bermoqda . Bugun Klavixoning nomi va tarixiy xizmatlari nafaqat Ispaniyada , balki O’zbekistonda ham qaytadan baralla sado berib , chuqur hurmat – ehtiromga 1 O`sha asar.4-bet. 51 sazovor bo’lmoqda. O’zbekiston va Ispaniya mutaxassislarining o’zaro hamkorligida bu ikki davlatning Klavixo davri va hozirgi kundagi hamkorlik aloqalari haqida yirik ko’rgazma tashkil etilib u Ispaniya poytaxti Madridda , vatanimiz poytaxti Toshkentda , Samarqandda va Shahrisabzda namoyish etilganligi fikrimiz bir dalilidir . Istiqlolga erishgunimizga qadar Klavixoning Amir Temur haqidagi mashhur “Kundalik” asarini o’zbek tiliga o’girib , xalqimizga taqdim etish to’g’risida ham gap bo’lishi mumkin emas edi. Hukumron mustabid sho’ro tuzumi , sho’ro siyosati , mafkurasi – sohibqiron Amir Temurning tarixiy xizmatlari u yoqda tursin , hatto nomini eshitishni ham xushlamas edi . Buning oqibatida xalqimiz Klavixo asarining yevropa tillariga jumladan , rus tiliga qilingan tarjimalari to’g’risidagi ma’lumotlarini eshitishdan nariga o’tolmay keldi. To’g’ri , Klavixo kitobidan ayrim iqtiboslarni tarixchi olimlarning kitoblarida uchratamiz . Ammo bu iqtiboslar zinhor Amir Temurni anglash , tushunishga emas , balki uni qoralash , badnom etishdek maqsadlarga xizmat qilib keldi . Mana, ayrim dalillar. Akademik V.V.Bartold o’zining “Temur saltanati ” (“ЦарствованиеТемура”) maqolasida yozadi : “Klavixo va Ibn Arabshohning hikoyalaridan xulosa qilish mumkinki … xuddi Chingizxon kabi Temur o’z faoliyatini qaroqchilar to’dasining sardori sifatida boshlagan ” (В.В.Бартольд , Сочинения , М.1964.Т. 2,37 – 62 бетлар) . Akademik A.Yakubovskiy o’zining “ ТАМЕРЛАН . Эпоха.Личность.Деяние” kitobida Klavixo bitigidan Amir Temurning Samarqandagi Ko’ksaroy qasrida mavjud qurol ishlab chiqaruvchi ustaxonasiga oid so’zlarini ko’chirma qilib keltirib, undan shunday xulosa yasaydi: “ Bu mo’g’ullar davriga xos korxona bo’lib, unda ekspulatatsiyaning yarim qullik darajasidagi shakli hukm surgan …” Bu iqtibos so’zlarning ma’nosi alohoda sharhni talab qilmaydi. Ularda g’arazgo’y siyostga qul bo’lgan tadqiqotchilarning shu qadar g’arazli nuqtai nazari o’zini yaqqol ayon etib turibdi . Klavixoning “Kundalik ”nomasi ilk marta 1582 –yilda Sevilya shahrida Argote de Molina tomonidan “Xistoria del Grant Tamorlan”(“Buyuk Temurlan tarixi”) nomi ostida dunyo yuzini ko’rdi . Shu o’rinda, kitobning bunday nomlanishi alohida izohni taqazo etadi . Ishonchimiz komilki , Klavixoning o’zi hayot bo’lganinda Amir Temur haqidagi bitikning bunday nomlanishiga aslo rozi bo’lmas edi . Chunki, u o’z asarining boshidan oxirigacha Sohibqiron bobokalonimizni “Temurbek” , “Ulug’ Amir” deb katta ehtirom bilan tilga olgan . Buning ustiga o’z asarining 71-bobida Klavixo shunday deb yozadi: Temurbekning asli ismi biz aytganimizday Temurlan emas, Temurbekdir. Chunki, 52 Temurbek o’z tilida “Temur podshoh” degani , podsho esa ularning tilida bek … Uni tahqirlash ma’nosida “ Temurlan ’’ ya`ni, oqsoq Temur deb, ataydilar . Pirovardida, Klavixo o’z kitobini ham “Buyuk Temurbek tarixi ” deb atashini tasavvur qilishimiz mumkin. “Temurbek ” iborasi aynan Amir Temurning o’z vatanida, Turon zaminida keng tarqalganligi uchun ham Klavixo undan chekinmagan bo’lur edi . Ispaniyada shundan keyin ushbu asar 1779 yil Amirola degan noshir tomonidan Kastiliya qirolligiga bag’ishlangan yilnomalar va memuarlar to’plamining uchunchi jildi ichida chop etildi . 1782 yilda esa Antiniyo Sancho ismli noshir Ispanlarga uni yana alohida kitob holida taqdim etdi . Nihoyat , 1943 yilda Madridda atoqli tarixchi olim Ferdinant Lopes Estrada tomonidan “Kundalik” ning Ispan tilidagi navbatdagi nashri amalga oshirildi . Qomusiy , tarixiy mazmunli bu asar tez orada Yevropada ham mashhur bo’lib ketdi. Klavixo asari 1859 yilda Londonda K.Markxem tarjimasida ingliz tilida chiqdi. Ushbu tarjima “Kundalik”ning 1782 yildagi Antiniyo Sancho tomonidan 55 tayyorlangan Ispancha nashr manbaida amalga oshirildi .Biroq, bu tarjima keyinchalik taniqli ingliz tilshunos olimi G. Le Strenj tomonidan sifatsiz, deb topildi. “Kundalik” ning xorijiy tildagi ikkinchi tarjimasi atoqli rus tilshunos olimi, akademik I.I. Sreznevskiy tomonidan ro’yobga chiqarildi .I.I. Sreznevskiy“Kundalik” ning har bir kun xotiralari bilan bog’liq qismlarini boblarga ajratib, ularni alohida nomlar bilan atadi, kitobga keng ko’lamli “Izoh” ni ilova etdi . Bu ruscha tarjima 1881 yilda Sank-Peterburgda nashr qilindi. I.I. Sreznevskiy kitob nomini belgilashda bevosita Klavixoning o’z fikri va qarashlariga tayangan . Uni “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi(1403 – 1406 )” deb atagan. Kitobning bunday nomi “Kundalik” ning jahondagi boshqa tillarga qilingan tarjimalariga ham asos qilib olingan . Oradan 50 yil o’tib, 1928 yilda Le Strenj Klavixo asarini ingliz tiliga qaytadan o’girdi. Ushbu tarjima “Kundalik” ning 1782 yildagi ispancha nashriga hamda Le Strenjning o`zi “muvaqiyatli, ancha mukammal tarjima” deb e`tirof etgan I.I. Sreznevskiy ruscha tarjimasiga asoslanilgan holda bajarilgan . 1970-1971 yillarda Klavixo asarining Londonda K.Markxem tomonidan tayyorlangan inglizcha tarjimasi va I.I. Sreznevskiyning ruscha tarjimasi “Kundalik” ning ispancha asl matni bilan yonma-yon holatda yana bir marta nashr etildi. “Kundalik” , shuningdek , Yaponiyada , Fransiyada , Rossiyada , 53 Argentinada, Turkiyada , Eronda bir necha marta qayta va qayta kitobxonlarga taqdim qilingan. 1 Asar eng so’ngi marta 1990 yilda I.S. Mirokova tarjimasida rus tilida Moskvadagi “Nauka” nashriyoti tomonidan bosmadan chiqarildi . Nihoyat, o’tgan asrning ikkinchi yarmi 80 yillarida bu mashhur tarixiy yozma yodgorlikni ona tilimizga filologiya fanlari doktori ,professor Ochil Tog’ayev (ruhlari shod bo’lsin, ustozning ) o’g’irdi. Shu o’rinda xotiramizdagi kichik bir lavhani hurmatli mushtariylarga hikoya qilmoqchimiz . 1987 yilning yoz kunlaridan biri Ochil Tog’ayev kamina bosh muharrir o’rinbosari bo’lib ishlayotgan “San’at” jurnali tahririyatiga keldi .O’zaro suhbatimiz paytida : “Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning bobokalonimiz Amir Temurga bag’ishlangan “Kundalik” nomasini tarjima qilmoqchiman , jurnalda berasizlarmi ? ” – dedi. Bu taklif bizlarni qiziqtirib qo’ydi . Ma’lumki “Kundalik”ning deyarli yarmi elchilar Amir Temur saltanatiga yetib kelishiga qadar bosib o’tgan yo’l taassurotlaridan iborat , Amir Temur va uning davlati to’g’risidagi hikoya kitobning ikkinchi yarmida beriladi . Shunday qilib ushbu tarjima mamlakatimizda hurriyat shabadalari endi esa boshlagan jo’shqin bir davrda “San’at ” jurnalining 1988 – 1990 - yilaridagi15 ta sonida uzluksiz e’lon qilib borildi . Shundan keyin tarjimaning bevosita Amir Temur va uning saltanati to’g’risidagi yirik bir qismi akademik Bo’riboy Ahmedovning qisqacha muqaddima so’zi bilan “Amir Temur va Mirzo Ulug’bek – zamondoshlari xotirasida” (1996) to’plamida berildi. 1 Klavixo ushbu asari sahifalarida sohibqironAmir Temur siymosi xuddi tirikday gavdalanib turadi . Buning sababi shundaki , Klavixo bevosita sohibqiron saroyida birmuncha muddat yashab , u bilan qayta va qayta ko’rishgan , yuzmayuz muloqotda bo’lgan .Amir Temur hazratlarini turlicha sharoitlarida – saroy ayonlari , xorijiy elchilar , Samarqand ahli va saltanat amirlari bilan uchrashuvlar, Temuriy shahzodalar va malikalar bilan munosabatlar vaziyatida kuzatgan “Kundalik” da muallifning bu ko’rgan kechirganlari shaxsiy taasurotlari , fikr o’ylari to’la o’z ifodasini topgan . Amir Temur siymosiga va uning saltanatidagi o’ziga xos hayotga qiziqqan Yer yuzidagi barcha kishilar Klavixo kundaliknomasidan o’zi uchun boy va qiziqarli ma’lumotlarni topishi tabiiy. Kitobning ikkinchi bir o’ziga xos xususiyati – uning kundalik tartibida bitilganligidir . “Kundalik” bo’lganda ham, betakror mazmun va mohiyatli kundalikdir. Ya’ni , u biron tarixchi olim yoki yozuvchiining emas , balki ,aynan o’z qirolining alohida topshiriq va dasturiy ko’rsatmalari bilan yo’lga tushgan 1 Amir Temur jahon tarixida.T.,2001.205-bet 1 Amir Temur va Mirzo Ulug`bek zamondoshlari xotirasida.T.,1996, 10-bet. 54 elchining nuqtai nazarini , fikr – o’ylarini va kuzatishlarini o’z sahifalarida mujassam etgan . Hisobot , hujjat , ma’lumotnoma tarzidagi asardir . Shu bilan birga, ushbu hisobotnoma o’z davrining yuksak o’qimishli , bilimdon , mustaqil , sinchkov kuzatish salohiyatga ega ziyoli shaxsining jonli maroqli hikoyalari va sarguzashtlari bilan nurlanib turadi. Buning ustiga , uning aynan Yevropalik elchi ekanligi qalamga oldindan barcha manzaralarga , voqea hodisalarga , Amir Temur shaxsiga va saltanatidagi tartib qoidalarga o’zgacha yondashuvlarga yaqqol sezilib turadi. Klavixo boshliq guruhning Amir Temur huzuriga qilgan elchilik sayohati juda uzoq, xavf –xatar va mashaqqatlar bilan to’la safar bo’ldi . Shni ham aytish kerakki, o’shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultoning elchilari ham Samarqandga keldilar. “Kundalik”da o’sha vaqtlarda Amir Temur qo’l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli , aholining kun kechirishi , Temur va yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar qasrlar , masjidlar , madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari , do’konlar , ustaxonalar ; Temuriylar davlatining Xitoy , Hindiston , Oltin O’rda (Klavixo uni “Tatariston” deb ataydi),Mo’g’uliston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy va savdo aloqalari ; Amir Temur saroyida amalda bo’lgan tartib qoidalar va nihoyat Amir Temurning xotinlari hamda ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o’rni haqida etiborga molik ma’lumotlar keltirilgan bu ma’lumotlar shubhasiz , vatanimizning o’sha vaqtlardagi ijtimoiy – siyosiy tarixini , ota- bobolarimizning turmush tarzini o’rganishda muhim tarixiy manbalardan biri bo’lishi turgan gap . So’zimizning isboti uchun bir necha misol keltiramiz : Samarqandning vodiylari haqida : “ bu yurt don – dun , may , meva –cheva , parranda go’shti , (boshqa) har xil go’sht , qo’yinki , hamma narsaga boydir …Bir juft semiz qo’yning narxi 1 dukat ” Katta xiyobon va savdo rastalari haqida : “ Samarqand shahrida har yili Xitoy , Hindiston , Tatariston (Oltin O’rda ) va boshqa mamlakatlardan , shuningdek benihoyat boy Samarqand saltanatining o’zidan keltirilgan mollar sotiladi. Shaharga keltirilgan mollarni safda tartib bilan joylashtirib sotilgan keng joy (shu paytgacha) yo’q edi . Podsho ikki tarafida qator do’konlar o’rnatilgan savdo rastasidan iborat ko’cha o’tkazishni buyurdi .Mazkur ko’cha shaharning bir chekkasidan boshlanib qoq o’rtasidan o’tib chiqishi lozim edi. Podsho bu ishni ikki mirzosiga (ikki amiriga bo’lsa kerak-M.S.) topshirib , ular kechay-u kunduz (tinmay) mehanat qildilar . Yo’lda tushgan uylar kimniki bo’lishidan qatiy nazar ,beto’xtov buzildi… Ko’chaning ikki tarfida do’konlar o’rnatishdi , har bir do’kon oldida marmar bilan qoplangan baland kursilar o’rnatildi . Har bir do’kon ikkita 55 xonadan iborat edi . Ko’chaning tepasi gumbaz shaklida yopilgan bo’lib , (tepasida ) yorug’lik tushib turadigan tuynukchaklar qo’yilgan ”. “ Shu yili (1404 –yili – M.S.) iyun oyida Xonbaliq ( Xitoy poytaxti Pekinning tarixiy nomlaridan biri , Klavixo davrida ham , aftidan uXonbaliq deb atalgan bo’lsa kerak – M.S .) shahridan qariyb800 tuyadan tashkil topgan savdo karvoni Samarqanddan keldi ” O’rdabozor tasviri : ( Katta to’y munosabati bilan) Podsho “ Samarqand shahrining savdo ahli : sarroflar , chitfurushlar javohir va boshqa turli tuman mollar bilan savdo qiluvchilar , oshpazlar , qassoblar , novvoylar , tikuvchilar , kavushdo’zlar va shahardagi boshqa barcha hunarmandlar podsho o’rdasi joylashgan yalanglikka chiqib va chodir tikib savdo qilsinlar , har bir kosib qarorgohlar bo’ylab kezib , o’yin – kulgi bilan odamlarning bahri dilini ochsinlar ” , - deb buyurdi . Shundan keyin barcha tijorat ahli shahardan chiqib , podsho qarorgohi atrofiga joylashdilar . Har bir hunarmand tartib bilan alohida – alohida rasta hosil qilib , o’yin - kulgilar uyushtirishib , qarorgoh bo’ylab aylandilar ”. Ko’ksaroy qasri va undagi podshoga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida : “ Shahar chetida bir qasr bo’lib … tevarak atrofi suv oqib turgan xandak bilan o’ralgan , qasr yo’l ab bo’lmaydigan istehkomga aylangan edi. Qasrda podshoning xazinasi saqlanar, shu sababdan qoziyu quzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim kirolmas edi . Bu yerga podshoning farmoyishiga binoan ,bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgan . Ular saltanat uchun yil bo’yi sovut , dubulg’a , kamon , nayza yasaydilar”. Amir Temurning o’zi bilan olib yuradigan ko’chma masjidi : “ Elchilarni … saroparda ichida o’rnatilgan yog’och uy oldiga boshlab kirdilar . Bu yuksak imoratga zinopaya orqali chiqiladi . Uning tevarak – atrofi yog’och dahliz va oynavand ayvon bilan o’ralgan edi . Boshdan – oyoq zarhal va havorang bo’yoqlar bilan naqshlangan , bino shunday qurilgan ediki , kerak bo’lganda , uni bo’lak – bo’laklarga ajratib taxlab qo’ysa (ham)”bo’ladi .Bu – podsho ibodat qiladigan machit bo’lib, uni (Amir Temur)safarda o’zi bilan birga olib yurgan . Mahalliy xalqning ( uni Klavixo “ Chig’atoyilar ” deb ataydi – M.S.) turmush tarzi haqida : “ U – mehnatsevar , mohir chavandoz , kamon otuvchi mergan , umuman urushda sabot – matonatli xalq . U boriga qanoat qilib , nonsiz (birgina) sut va go’sht bilan kun kechiraveradigan , go’shtlik va go’shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga o’rgangan xalq . Issiq va sovuqda , ochlik va tashnalikka jahondagi boshqa ellardan sabotliroq va chidamliroq xalq . Borida go’shtni haddan ortiq istemol qiladi , yo’g’ida suvga qatiq qo’shib qaynatib ichish bilan kifoyatlanadi”. 56 Amir Temur saltanatidagi majburiyatlardan biri : “ Temurbek otlari va qo’ylarini o’z yasovullaridan biriga bir ming , boshqasiga o’ng ming boshini suruv qilib , saqlash uchun bo’lib bergan . Podsho talab qilganida , yasovullar suruvlarni qaytarolmagan yoki tuyog’ini mo’ljaldagidan kamaytirib 59 qaytargan taqdirda podsho hech qanday tovon to’lash shartlariga ko’nmaydi , borini oladi-yu , lekin gunohkorlarni qatlga buyuradi .” Amir Temur saroyida ayollarning haq-huquqi : Klavixo bayon etishicha , 1404 yilning 23 sentabrida podsho Bog’I Dilkusho (yana bir) katta bazm berib, elchilarni ham unga taklif qiladi . To’yga ko’p mehmonlar kelishadi … Rosa o’yin – kulgi , xursandchilik bo’ladi . Podshoning xotinlari , avvalgi to’ylardagi singari yasan – tusan kiyinishib bazmda hozir bo’ladilar, erkaklar bilan birga o’yin – kulgi qiladilar . 118 – bobda , Xonzoda (begim) huzuridagi bazm tasvirida ham sohibqiron saltanatida ayollarning qadri qimmati behad baland tutilishi haqqoniy hikoya qilingan… “Kundalik”da shunga o’xshash qiziqarli ma’lumotlar juda ko’p . Bundan tashqari , “Kundalik”da o’rta asrlardagi Yevropa va Osiyodagi hayot manzaralari , turli xalqlarning o’ziga xos urf – odatlari , an’analari , rivoyatlari , tartib – qoidalar , o’sha davr geogrifiyasi , iqlimi , dengizlar , orollar , qumlik sahrolar , poyonsiz dashtlar , tog’lar , ko’llar , obod va xaroba shaharlar… to’g’risida g’oyatda rang-barang keng qamrovli , o’ziga xos , noyob ma’lumotlar berilgan . Xuddi shunday ma’lumot boyliklariga ko’ra , ushbu kitob bizga zamondosh bo’lgan turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotchilar uchun bebaho manba bo’la oladi . Undan siyosatchilar ham , iqtisodchilaru huquqshunoslar ham , tabiatshunoslaru geograflar ham , yozuvchilaru etnograflar … ham o’zlari uchun o’rta asrlarga oid qomusiy ma’lumot va kuzatishlarni topa oladilar.1 Shu bilan birga , Klavixoning bitigida ayrim noaniqliklar , bahsli o’rinlar ham ko’zga tashlanadi. “ Aytishlaricha – deb yozadi Klavixo , - Temurbek o’zining to’rt-besh xizmatkorlari bilan qo’shni xonadonlarning bir kuni qo’yini , ikkinchi kuni sigirini tortib ola boshlaydi … Ba’zan bazmga berilib ketib , o’g’irlangan qo’ylar bilan ularni mehmon qilardi . Ba’zan jasurligi , oliy janobligi tutib ketib , bor narsasini o’z odamlariga sidqidildan bo’lib berganligi tufayli , uning atrofiga ko’p odamlar to’plana boshlaydi . Oxiri , uning otliqlari 300 ga yetdi . Shundan keyin u o’z otliqlari bilan uzoqlarga borib o’zi va odamlariga kerak bo’lgan narsalarni talash va o’g’irlash bilan mashg’ul bo’ldi ; yo’llarga chiqib savdogarlarni ham 1 D.Obidjonova.Sohibqiron davrining xorijiy tadqiqotchilari.//1995,№4,22-bet. 60 57 talay boshlaydi”. Aytishimiz kerakki , mavjud tarixiy asarlarda Amir Temurning o’g’ri va yo’lto’sar bo’lganligi haqida hech bir ma’lumot uchramaydi. Ayniqsa , o’z hukmronligi davrida saltanati doirasida savdo yo’llarini va savdogarlarni yo’lto’sarlardan qat’iy himoya qilgan Amir Temur yigitlik davrida “ savdogarlarni talagani ” sohibqironga yaqqol tuxmatdir . Yana bir dalil : Shomiy “ Zafarnoma ” asarida Amir Temur o’z navkarlaridan bir nechtasi savdogarlarga hujum qilganligi uchun qattiq koyiganligini va mollarni qaytartirganligini yozib qoldirgan (Shomiy “ Zafarnoma ” “O’zbekiston” nashriyoti , 1996 yil 65 – bet ) . Klavixo esa bu uzun – quloq gaplarni kimlardandir eshitganligini aytadi . “Kundalik”da shu tarzda , Klavixo bevosita o’zi ko’rgan - bilganlaridan tashqari ancha - buncha shunga o’xshash , boshqalardan eshitgan , og’izda yurgan , ammo yaxshi tekshirib , haqiqat qilinmagan gaplarga ham o’rin bergan . “Kundalik” da , 107 – bobda Chig’atoyning o’limi va 147 – bobda Xalil Sultonning Amir Temur vafot qilgan kunlaridagi ahvoli haqida aytilgan gaplar ham haqiqatdan yiroqdir . Masalan , Klavixoning aytishicha , Chig’atoy Samarqandda mahalliy xalq qo’li bilan o’ldirilgan . Xalil Sulton bo’lsaAmir Temur vafot qilgan kunlari Samarqandda bo’lgan emish … Aslida , bunday emas . Chig’atoy o’z O’rdasida , Il daryosi bo’yida 1242 – yili vafot etgan . (Bartold V.V “Chagatayxan”.Asarlar , T. 11 . 2 – qism , Moskva , 1964 , 540 - bet) Xalil Sulton esaAmir Temur vafot etgan kuni Toshkentda bo’lgan