Xulosa chiqarish



Yüklə 7,92 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü7,92 Kb.
#196845
  1   2
DIYORA

XULOSA CHIQARISH

  • Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi, tuzilishi va turlari
  • Deduktiv xulosa chiqarish.
  • Induktiv xulosa chiqarish.
  • Anologiya.



Bajardi: D.Sayfullayeva F.Mardonova
Tekshiruvchi: M. Xamrayeva
Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Chinlik darajasiga
ko’ra
Ehtimoliy
Bevosita xulosa
chiqarish
Induktiv xulosa
chiqarish
Deduktiv xulosa
chiqarish
Bavosita xulosa chiqarish
Anologiya
Asoslarning soniga ko’ra
Fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra
Zaruriy
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq indukstiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda Yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy
qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning sub’ekti va predikatini ifodalaydi. XSP– xulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali Yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:


Yüklə 7,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin