Xzzzzzzz ‘’Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati. Mavzu rejasi



Yüklə 19,63 Kb.
səhifə1/2
tarix24.05.2022
ölçüsü19,63 Kb.
#59396
  1   2
mustaqil ish


Xzzzzzzz
‘’Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati. 
Mavzu rejasi: 
1. Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari. 
2. Paleolit davri madaniyati. 
3. Temir davrida yangi madaniyat turlarining shakllanishi. 
4. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati. 
Tayanch tushunchalari:
Arxaik madaniyat, antipologik va arxeologik, ibtidoiy madaniyat, moziy, 
paleolit, mezolit, neolit, eneolit (mis-tosh), bronza, pitikantrop, sinantrop, 
neandertal, detsentrizm, ibtidoiy san’at, fergantrop, totem, animizm, fetishizm, 
sehrgarlik, mif, mifologiya, marosim, monumental, megalit, mentir, dolmen, tasviriy 
san’at, piktografiya. 
Birinchi savolda arxaik madaniyat insoniyat madaniyatining ibtidosi va eng 
uzoq davom etgan davri ekanligi, insoniyat hayotining boshlang‘ich davri 
jamiyatning keyingi barcha o‘zgarishlariga zamin tug‘dirganligi, bu davrni 
o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va 
sharhlashga yordam berishi yoritiladi.
Antropologik va arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy odamlarning jismoniy va 
madaniy rivojlanishi, turmush tarzini yuzaga chiqarganligi, bu ma’lumotlar o‘ziga 
xos belgilari bilan empirik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqarishi va ibtidoiy bosqichni 
umum qabul qilingan tasnifiga asos solganligi bayon etiladi.


O‘zbekiston xududida qoyalarga solingan so‘nggi paleolit davriga oid 


tasvirlar uchramasada, ushbu davrga tegishli 30 dan ortiq manzilgohlar 
o‘rganilganligi, ular Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar 
«ustaxona»si, Ko‘kbo‘loq va Oqtosh manzilgohlaridir. Mamlakatimiz xududida 
ibtidoiy tasviriy san’at namunalarining eng qadimgisi mezolit-neolit davrlariga oid 
bo‘lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismi ekanligi, shuningdek, bu 
tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko‘rinish, o‘ziga xoslik va farqlik jihatlarga 
ega bo‘lib quyidagi bosqichlardan iborat ekanligi, masalan:
1. G‘orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalarda saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar 
2. Loy, ganch, tosh va yog‘ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va 
turli hunarmandchilik buyumlaridagi tasvirlar manbalar asosida yoritiladi. 
Mamlakatimizning tog‘lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari 
ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil: 1) bo‘yoq (ohra) bilan va 2) o‘yib-ishqalash-chizish 
usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) dan iboratligi o‘rganiladi. 
Ikkinchi savolda Neolit davri o‘z mohiyatiga ko‘ra arxaik madaniyatining 
oxiri hisoblanishi, bunda ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi dehqonchilik va 
chorvachilikka o‘tish bilan insonni tabiatda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati 
namoyon bo‘lishi, agar arxaik madaniyatda jamoa fikri urug‘ a’zosi, urug‘ 
manfaatlari doirasida yetakchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi individual ong va 
qiziqish kuchaya boshlanishi, bu davrda jamoa mulki o‘rniga xususiy mulk vujudga 
kelib, hunarmandchilikning ajralib chiqishi, mahsulot ayrboshlashning shakllanishi 
bayon etiladi.
O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi (mezolit-neolit davrlariga oid) ibtidoiy 
san’at namunalari, ilk paleolit va unda antropogenez jarayonining sodir bo‘lishi 
(zinjantrop, avstralopitek pitekantrop, sinantrop, neandertal va b.), madaniyatning 
ilk namunalari (qo‘pol tosh qurollar-keskich, tosh nayza, qirg‘ich), muomala 
vositalari, turar joylar, atrof-muhit haqida tasavvurlarning paydo bo‘lishi, olovdan 
foydalanish kabi xolatlar yoritiladi. 
Uchinchi savolda bronza davrida yashagan aholining turmush tarzi,
kulolchilik dastgohisiz qo‘lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan 
foydalanilganligi, jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning 
qo‘yi oqimidan, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatidan 
topilganligi, chorvador qabilalar jez davrida o‘troq turmush tarziga o‘ta 
boshlaganligi, jez kashf etilgach, undan mehnat qurollari, jangovar aslahalar, uy-
ro‘zg‘or buyumlari va zeb-ziynat buyumlari yasalganligi yoritiladi.
Jez davrida (mil.avv. 3-2 ming yilliklar) ikki turdagi mustaqil madaniyat 
shakllanganligi, ya’ni: 1) o‘troq dehqonchilik madaniyati (Surxondaryo vohasidagi 
Sopollitepa, Jarqo‘ton makonlarida, Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati); 2) 
ko‘chmanchi dashtliklar madaniyati (Zamonbobo, Tozabog‘yob va Amirobod kabi 
joylarda) vujudga kelganligi yoritiladi.
Sopollitepa va Jarqo‘ton manzilgohlarida sharq tipidagi ilk sivilizatsiyaning 
shakllanishi va rivojlanishi jarayoni, ikkala manzilgohda jez eritish, to‘qimachilik, 
kulolchilik, zargarlik; suyak, tosh, yog‘och ishlov berish gullab-yashnaganligi, turli 
kulolchilik buyumlarini kulolchilik dastgohidan tayyorlanganligi, shaklining 


chiroyliligi 


bu 
sohasining 
texnologiyasi 
yuqoriligidan 
dalolat 
berishi, 
O‘zbekistonning janubida yashagan aholi qadimgi sharq va hind vodiysidagi 
Xarappa sivilizatsiyasi bilan hamkorlik qilganligi misollar asosida tushuntiriladi.

Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin