Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida qo’llash
Informatika inson faoliyatining turli jabhalarida axborotlarni izlash va undan foydalanish masalalari bilan Shug’ullanuvchi fandir.
Informatika inson faoliyatining turli jabhalarida axborotlarni izlash va undan foydalanish masalalari bilan Shug’ullanuvchi fandir.
Informatika quyidagi masalalar guruhini tadqiq qiladi va o’rganadi:
texnik, axborotlarni ishonchli yig’ish, saqlash, jo’natish, qayta ishlash va uzatish usullarini o’rganish bilan bog’langan.
semantiklik, axborotlarni o’rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining mazmunan ahamiyati o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish imkoniyatini beradi;
pragmatiklik, axborotlarning amaliy jihatidan foydaliligi, iste’molchi uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi.
sintaksislik, ayrim ilmiy – faoliyat sohalarini formallashtirish va avtomatizatsiyalash masalalari bilan bog’langan, jumladan, indekslash, mashina tarjimasi va h.q.
Informatikaning asosiy uchta yo’nalishi mavjud:
Informatikaning asosiy uchta yo’nalishi mavjud:
Birinchi yo’nalish – axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlarini qamrab oladi.
Ikkinchi yo’nalish – ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha har xil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan samarali ishlashni tashkil etish imkonini beradigan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir.