Yakuniy nazorat ishi
Kazus
Lutsiy bozorda karam sota turib, o'z mahsuloti sog'lomni yanada sog'lom,
kasalni esa tuzatishini aytib maqtay boshladi. Bel og'rig'idan azoblanayotgan
Mark uning yonidan o'ta turib, o'n bosh karam sotib oldi va bir necha kun undan
iste'mol qilsa ham og'riq o'tib ketmadi. So'ngra u sudga murojaat qilib,
shartnoma predmeti sotuvchi aytgan xususiyatlarga ega emasligi tufayli
pulining qaytarib berlishini talab qildi. Mark Lutsiy karam hamma dardga da'vo
ekanligini aytganini tasdiqlovchi bir necha guvohlarni olib keldi. Sizning
qaroringiz.
Javob
Demak kazusda asosiy hal qilinadigan masala Mark bilan Lutsiyning qaysi
biri haqliligini aniqlash hisoblanadi.
Kazusga javob berish uchun, birinchi
navbatda Lutsiy va Mark o’rtasidagi tuzilgan shartnoma shartnomaning qaysi
turiga mansub ekanligini bilib olishimiz lozim.
Bu shartnoma konsensual
shartnoma turiga kiradi. Konsensual shartnoma bu ikki tomonning o’zaro
oddiygina kelishuvidan vujudga kelgan shartnomalardir va bu shartnoma oldi-
sotdi, pudrat, ishchi yo’llash kabilarda qo’llaniladi.
1
Bu shartnoma oldi-sotdi
ko’rinishida bo’lgan, ya’ni sotuvchi biror bir narsani xaridorga
berish evaziga
undan pul olgan.
Mazkur shartnomada xuddi ikki tomonlama kelishuvdagidek
sotuvchining majburiyatlari ham belgilangan. Sotuvchi ashyoni xaridorning
mulki sifatida berishga majbur edi. Bunda ashyo yaroqli holatda bo‘lishi zarur
edi. Qadimgi rim huquqi qonunlar to‘plamiga muvofiq,
sotuvchi sotayotgan
narsasining aybi, ya’ni nuqsonini xaridorga aytishi kerak va bunga majbur, agar
1
Shomuhamedeva Z. Sh. Rim hususiy huquqi: Darslik. To’ldirilgan qayta nashr.-T :TDYI nashriyoti, 2010, - 113
– bet
aytmasdan sotilsa u savdogar javobgarlikga tortiladi deyilgan. Bundan tashqari,
savdogar o’zining sotayotgan narsasini aldov yo’li bilan, ya’ni bu narsa omad olib
keladigan yoki odamni o’lim to’shagidan olib chiqadigan
hislatlarga ega deb
sotadigan bo’lsa, lekin sotilgan narsa unday hislatlarga ega bo’lmasa bu holatda
ham savdogar javobgarlikga tortilgan. Agarda, xaridor olgan narsa bunday
hislatlarga ega emasligini bilib qolsa sudga murojat
qiladi va odatda bunday
ayblarga qadimiy rim qonunchiligida savdogar ashyo narxining ikki barobar
haqini to’lashi bilan jazolangan. Bundan tashqari,
kazusning oxirida kelgan
jumlada aytilishicha Mark Lutsiy karam hamma dardga da'vo ekanligini aytganini
tasdiqlovchi bir necha guvohlarni olib kelganligi aytilgan.Rim huquqi kitoblaridan
bilamizki, bu kitoblarda guvoh masalasiga alohida etibor berilgan, ya’ni mulkni
boshqa shaxsga o’tkazishda 5 ta guvoh qatnashgan. Bundan ko’rinib turibtiki,
agar Lutsiy sotgan karamlarining shunday hislatlarga ega ekanligini karamni
sotib olgan va tuzalib ketgan shaxslar bilan isbotlay
olmasa Mark guvohlari
yordamida Lutsiyni javobgarlikga tortishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Lutsiy karamlarini kasalni tuzatuvchi
hislatlarga egaligini isbotlay olmasa, Pretor Lutsiyni yolg’onchilikda ayblab va
haqiqiy guvohlarga tayangan holda Lutsiydan ashyoning 2 barobar narxini
Markga undirib berishi mumkin.