Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
ONA TILI VA ADABIYOTI 9
Fan olimpiadalari bo
‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti
13.10.2021
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi
1.
Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi
. Ushbu gapda qaysi
gap bo‘lagi uyushgan?
A) aniqlovchi B) ega C) to‘ldiruvchi D) hol
2.
Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak
. Ushbu gapda
nechta otli birikma mavjud?
A)2ta
B)3ta
C)4ta
D)1ta
3.
Berilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin?
1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq;
4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq
A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 2,4,5
4.
Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping
A) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi
B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar
keltiradi
C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi
D) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi
5.
Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi?
A) ergashgan qo‘shma gap
B) bog’lovchisiz qo‘shma gap
C) bog’langan qo‘shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
6.
Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday
bo‘ladi?
A) ergash gapdan oldin keladi
B) ergash gapdan keyin keladi
C) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin
D) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi
Dostları ilə paylaş: |