Yoqilg‘i qazib olish (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz)



Yüklə 47,75 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü47,75 Kb.
#39495
KIRISH


KIRISH
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni geologik o‘rganish, ularni qazib olish, qazib olingan xom-ashyoni dastlab qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan yer osti inshootlarini barpo etish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.

Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib olish tamoyillarini o‘zlashtirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi. Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi.

Konchilik sanoati mamlakat xalq xo‘jaligiga yoqilg‘i (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metall rudalari, kon-kimyo xom-ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom-ashyolarini yetkazib beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan xom-ashyo va minerallarning dunyo miqyosida qazib olish, ekspertlar hisobi bo‘yicha 160-180 mlrd.tonna kon massasini tashkil qiladi. Biroq, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qazib olingan kon massasining atigi 3-5% dangina foydalanishni ta’minlamoqda xolos, qolgan 95-97% qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi.

Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o‘rinlarda turadi.

Hozirgi vaqtda Respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda:


  • yoqilg‘i qazib olish (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz);

  • rangli metallurgiya (oltin, kumush, mis, rux, qo‘rg‘oshin, volfram va boshqalar);

  • kon kimyo xom-ashyosi qazib chiqarish ( fosforit va turli

mineral tuzlar);

  • tabiiy qurilish materiallarini qazib olish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar).

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko‘prog‘i to‘la o‘rganilgan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga to‘g‘ri keladi.



Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvati juda kichik bo‘lib, tog‘ jinsi bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati 25-50 ming tonna (yoki kub metr)ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda o‘rtacha va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan konchilik korxonalari ham Respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi.

Shuning uchun ham Shavkat Miromonovich Mirziyoev konchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Prezident tavsiyasi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Amantau oltin foydali qazilma koni asosida beshinchi gidrometallurgiya zavodi qurilishi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1”(eski nomi “Dalnee”) va “Yoshlik-2”(eski nomi “Qizota”) mis foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yüklə 47,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin