Yorugʻlikning yassi parallel plastinkada sinishi. Toʻla ichki qaytish hodisasi



Yüklə 67,68 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü67,68 Kb.
#118695
2-amaliy mashg\'ulot


Yorugʻlikning yassi parallel plastinkada sinishi.
Toʻla ichki qaytish hodisasi.

  1. Suv (n1=1,33), shisha (n2=1,57) va olmos (n3=2,42) uchun to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagini toping.

  2. Yorug‘lik qandaydir shaffof modda ichida vakuumdagi yorug‘lik tezligidan ikki marta kichik tezlikda tarqaladi. Shu moddaning vakuum bilan hosil qilgan chegara tekisligi uchun to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagini toping.

  3. Noshaffof keng idish sindirish ko‘rsatkichi 1,25 bo‘lgan suyuqlik bilan limmo-lim to‘ldirilgan. Suyuqlik usti 2 sm radiusli tirqishga ega bo‘lgan noshaffof plastina bilan yopildi. Agar idish bulutli osmonning har tarafdan tushadigan tarqoq nuri bilan yoritilayotgan bo‘lsa, uning tubidagi yorug‘ dog‘ning diametrini aniqlang. Suyuqlik qatlamining qalinligi 6 sm.

  4. Sindirish ko‘rsatkichi 5/3 bo‘lgan suyuqlik solingan idish tubida yorug‘lik manbai turibdi. Yuqoridan qaraganda yorug‘lik manbai ko‘rinmasligi uchun suyuqlik sirtida suzib yurgan noshaffof diskning minimal radiusi qanday bo‘lishi kerak? Suyuqlik qatlamining balandligi 12 sm.

  5. Suvli idish tubida yassi ko‘zgu yotibdi. Suv qatlamining qalinligi 16 sm. Suv sirtidan 20 sm masofada nuqtaviy yorug‘lik manbai joylashgan. Manbaning suvdan qaytib chiqqan nurlardan hosil bo‘lgan tasviri ko‘zgudan qanday masofada (sm) bo‘ladi? Suvning sindirish ko‘rsatkichi 4/3. Burchaklarni kichik deb hisoblang, ya’ni .

  6. Ko‘lda radiusi R=8m bo‘lgan noshaffof disk suzib yuribdi. Agar ko‘l bulutli osmonning har tarafdan tushadigan tarqoq nuri bilan yoritilayotgan bo‘lsa, diskni ko‘l tubidagi soyasining radiusini toping. Ko‘lning chuqurligi H=2 m.

  7. To‘g‘ri burchakli uchburchakli shisha prizmaning yon yog‘iga yorug‘lik nuri tushmoqda. Prizmaning sindirish burchagi qanday bo‘lganda, yorug‘lik ikkinchi yog‘idan to‘la qaytadi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi - n.

  8. Sindirish ko‘rsatkichi n=1,8 bo‘lgan suyuqlik ichida nuqtaviy yorug‘lik manbai bor. Manbadan tarqaluvchi yorug‘lik suyuqlikdan chiqmasligi uchun d=2 m diametrli noshaffof disk suyuqlik sirtida joylashtirilgan. Yorug‘lik suyuqlik sirtiga chiqmasligi uchun uchun yorug‘lik manbai disk markazidan maksimal qanday chuqurlikda joylashishi kerak?

  9. Sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgan shisha ichida uning yassi sirtidan h=10 sm chuqurlikda nuqtaviy yorug‘lik manbai joylashgan. Shu sirtga shaffof disk shunday joylashtirilganki, uning markazi managa eng yaqin nuqtada turibdi. Disk va shisha ustidan silliq havosiz muz bilan qoplangan. Manbadan tarqaluvchi nurlar muz sirtidan chiqmasligi uchun diskning eng kichik r radiusi qanday bo‘lishi kerak?

  10. To‘g‘ri burchakli shaffof prizmaning yon yog‘iga tik ravishda ingichka yorug‘lik dastasi tushmoqda (15.38-rasm). Prizmaning sindirish burchagi φ ning qanday minimal qiymatida yorug‘lik nuri prizmning ikkinchi yon yog‘idan chiqmaydi? Prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,73.

  11. Prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi qanday bo‘lganda yorug‘lik nuri prizmadan rasmda ko‘rsatilgan kabi qaytadi? (15.39-rasm)

  12. 15.40-rasmda yorug‘lik nurining teng yonli prizmda tarqalish yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘lib, shuningdek, prizmaga tushuvchi va prizmadan chiquvchi nurlar parallel yo‘nalgan. Prizma materiali sindirish ko‘rsatkichining har qanday qiymatida (n>1) A nuqtada to‘la ichki qaytish ro‘y berishini isbotlang.


5-rasm

  1. Sindirish ko‘rsatkichi n=4/3 ga teng shisha ichida uning yassi sirtidan h=3 sm chuqurlikda nuqtaviy yorug‘lik manbai joylashgan . Shu sirtga noshaffof disk shunday joylashtirilganki, uning markazi manbaga eng yaqin nuqtada turibdi. Disk va shisha ustidan silliq havosiz muz bilan qoplangan. Manbadan tarqaluvchi nurlar muz sirtidan chiqmasligi uchun diskning eng kichik r radiusi qanday bo‘lishi kerak?

  2. Yorug‘lik dastasi teng yonli prizmaning yon yog‘i bo‘ylab sirpanadi. Prizmaning φ sindirish burchagi qanday bo‘lganda singan nurlar prizmaning ikkinchi yon yog‘idan to‘la qaytadi? Prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi n=1,6.

  3. Prizma sindirish ko‘rsatkichi n=1,75 ga teng bo‘lgan shishadan yasalgan. Prizmaning sindirish burchagi φ=600. Prizma yoqlaridan biriga tushuvchi nurlarning qanday tushish burchagida nurlar prizmaning ikkinchi yog‘idan chiqa olmaydi?

  4. Sindirish ko‘rsatkichi n ga teng bo‘lgan materialdan uzun, ingichka svetovod tayyorlangan. Yorug‘lik nuri svetovodga qanday maksimal burchak ostida yo‘naltirilganda, tushuvchi nurning minimal qismi svetovoddan qaytib chiqadi?

  5. Muntazam uchburchakli shisha prizmaning yon yog‘iga tik ravishda yorug‘lik nuri tushmoqda. Prizmaning sindirish burchagi qanday bo‘lganda, yorug‘lik ikkinchi yog‘idan to‘la qaytadi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi - n.

  6. .Shaffof yassi cheksiz parallel plastinkaga parallel nurlar datsasi tushmoqda. Ikki muhit chegarasida har bir o‘tishda yorug‘likning kqismi qaytadi. Plastina materialida yutilish yo‘q. Plastinaga o‘tgan yorug‘lik energiyasi, tushgan to‘la yorug‘lik energiyasining qanday qismini tashkil etadi?

  7. .Sindirish burchagi φbo‘lgan uchburchakli shisha prizmaning yon yog‘iga  burchak ostida yorug‘lik nuri tushmoqda. Nur prizmadan chiqishda, dastlabki yo‘nalishidan qandayburchakka og‘adi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichin.

  8. .Yorug‘lik nuri sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan prizma qirrasiga kichik burchak ostida tushadi. Agar prizmaning sindirish burchagi φ kichik bo‘lsa, nurlarning og‘ish burchagi tushish burchagi ga bog‘liq bo‘lmasligi va ifoda o‘rinli ekanligini isbotlang.

  9. Muntazam uchburchakli prizmaning yon yog‘iga 450 burchak ostida tushmoqda. Nurning prizmadan chiqishdagi sinish burchagini toping. shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1,60.

  10. Nur shisha prizmaning yon yog‘iga tik tushmoqda. Bu prizmaning ko‘ndalang kesimi uchidagi burchagi 200 bo‘lgan teng yonli uchburchakdan iborat. Agar nur prizma ichida: a) ikkinchi yog‘iga tushsa; b) asosiga tushsa, prizmadan chiqishda dastlabki burchagiga nisbatan qanday burchakka og‘adi?Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1,60.


  11. 6-rasm
    S indirish burchaklari  juda kichik bo‘lgan teng yonli shisha prizmaning asosiga parallel nurlar dastasi tik tushmoqda (6-rasm). Asosning uzunligi 5 sm. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1,57. Agar prizmadan 100 sm masofada joylashgan ekranning o‘rtasida kengligi 1,0sm bo‘lgan qorong‘u polosa (yo‘l) hosil bo‘lsa, sindirish burchagi  ni toping.

  12. Shisha prizmaning sindirish burchagi 300. Yorug‘lik nuri prizmaning qirrasiga tik tushadi va yo‘nalishidan 200 burchakka og‘adi va boshqa qirrasidan havoga chiqadi. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi aniqlansin.

  13. Shisha prizma yoniga yorug‘lik nuri tik tushmoqda. Agar prizmaning sindiruvchi burchagi 300 ga teng bo‘lsa, nurning og‘ish burchagini aniqlang.

  14. Nur shisha prizmaga qanday burchak ostida tushayotgan bo‘lsa, shunday burchak ostida chiqmoda. Agar prizmaning sindirish burchagi 450 ga teng bo‘lsa, nurning dastlabki yo‘nalishiga nisbatan og‘ish burchagini toping.

  15. Monoxromatik nur sindirish burchagi bo‘lgan prizmaning yon sirtiga normal tushmoqda. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi . Prizmadan chiqayotgan nurning dastlabki yo‘nalishdan og‘ishi topilsin.

  16. Monoxromatik nur prizmaning yon sirtiga normal tushadi va undan ga og‘ib chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,7. Prizmaning sindirish burchagi topilsin.

  17. Teng yonli prizmaning sindirish burchagi . Monoxromatik yorug‘lik nuri prizma yon sirtiga burchak ostida tushadi. Agar prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi bo‘lsa, nurning dastlabki yo‘nalishdan og‘ish burchagi topilsin.

  18. Ba’zi bir monoxromatik nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi ga teng. Nur prizmadan chiqayotganida to‘la ichki qaytish ro‘y bermasligi uchun bu nurning prizmaga eng katta tushish burchagi qanday bo‘lishi kerak? Prizmaning sindirish burchagi ga teng.

  19. Yorug‘lik dastasi teng yonli prizmaning yon sirti bo‘ylab sirpanadi. Prizmaning chegara sindirish burchagi qancha bo‘lganida singan nurlar ikkinchi yon sirtda to‘la ichki qaytadi? Mazkur nurlar uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi .

  20. Oq yorug‘lik nuri teng yonli prizmaning yon sirtiga shunday burchak bilan tushadiki, qizil nur undan ikkinchi yon sirtiga perpendikulyar ravishda chiqadi. Agar prizmaning sindirish burchagi bo‘lsa, qizil nurlarning dastlabki yo‘nalishdan og‘ishi topilsin. Qizil nurlar uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi mos holda .

  21. Oq yorug‘lik nuri teng yonli prizmaning yon sirtiga shunday burchak bilan tushadiki, qizil nur undan ikkinchi yon sirtiga perpendikulyar ravishda chiqadi. Agar prizmaning sindirish burchagi bo‘lsa, binafsha nurlarning dastlabki yo‘nalishdan og‘ishi topilsin. Binafsha nurlar uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi mos holda .

Yüklə 67,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin