Yoshlar innovatsion g’oyalar tashbbuskori



Yüklə 1,06 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#160362
2 5224286652783928646


Yoshlar innovatsion g’oyalar tashbbuskori
Bundan bir necha yil oldin “Innovatsiya” so’zi ko’pchilik uchun notanish tushuncha edi.Xorijdan kirib kelib, qulog’imizga tez-tez chalina boshlagan bu atamani ahyon- ahyonda qo’llay boshladik.Ammo ko’p o’tmay- Yangi O’zbekiston islohotlari avvalida rivojlana boshlagan zamonaviy texnalogiyalar va bilimlar sabab bugun” Innovatsiya” til lug’atimizdagi asosiy so’zlardan biriga aylandi.
Hozirgi dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg’or g’oyalar,‘Nou Xau” va “Aqilli” texnologiyalarni eksport aqilish hisaobidan tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib borayapti. Tan olishimiz kerak , ma’lum muddat mamlakatimizda bu yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli bo’lmadi. Shu bois, davlatimiz rahbari o’z lavozimiga kirishgan dastlabki yillardanoq bu yo’ldagi dolzarb muammolarni hal etishga qat’iy chog’landi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek ”Innovatsiya-bu kelajak degan. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g’oyalar asosida boshlashimiz kerak.Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo’liga o’tishimiz bejiz emas.Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”. Bu so’zlar amalda ham o’z isbotini topa boshladi.Harakatlar Strategiysida aynan innovatsiyalar masalasiga alohida urg’u berildi.Xususan, unda ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish,oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental labaratoriyala,r yuqori texnalogiyalar markazlari va texnoparklarini tashlik etish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi.
Yoshlar”Start up”,”TexnoWays” singari yirik texnologik rivojlanish marafonlarda o’z iqtidor va imkoniyatlarini namoyon etayapti. Grantlar g’olibiga aylanib ishlanmalarini foydali qurilmalarga aylantirayapti.Ana shunday yigit-qizlarni qo’llab quvvatlash maqsadida innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida birinchilardan bo’lib “Yoshlar akademiyasi”tashkil etildi. Tuzilma qisqa vaqtda innovatsion loyihalar va go’yalarga ega iqtodorli yoshlar talabalar hamda 40 yoshgacha bo’lgan olimlar va tadbirkorlarni birlashtiradigan,ularni har tomonlama rag’batlanadigan maydonga aylandi. Akademiyaga o’z jamoasi,ilmiy ishlanmasi, g’oya yoki startap loyihalariga ega 40 yoshgacha bo’lgan yigit qizlar qabul qilinadi. Yosh ixtirochilar bu yerda “G’oyalar generatorlari”,”Srartaplar”,”Biznes vakillari”hamda “Bo’lajak akademiklar”kabi 4 ta platformadan birida faoliyat yuritishi mumkin.

Ayni paytda yoshlar akademiyasining 2000 ga yaqin a’zosi bor.Ular geologiya, fizika, matematika, qishloq xo’ja;igi, kimyo sanoati,sog’liqni saqlash , ta’lim, sun’iy intellect robototexnika va mexatronika, dasturlash, 3D modellashtirish va boshqa yo’nalishlarda o’z loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. A’zolar orasida innovatsion va amaliy ishlanmalarni hayotga tatbiq etib muayyan soha rivojiga hissa qo’shayotgan faol va tashabbuskor jamoalar ko’pchilikni tashkil etadi.Bugun ular tomonidan ishlab chiqilgan ko’plab loyihalar hayotimizga keng joriy etilmoqda.xususan ayni paytda turli sohalar foydalanayotgan tug’ma qo’lsiz va hayoti qo’li amputatsiyaga uchragan nogironlar buchun bionic protezlar, o’pkani sun’iy shamollatish apparatlari uchun maxsus oksiginatsiya niqoblari ,kiyimlar, bolalar o’yinchoqlari va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridagi bakteriya va hidlarni bartaraf etishga mo’ljallangan “CleanBox” qurilmasi avtomobillar xavfsizligini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan “Carwoon smart security system “ mobil ilovasi maishiy chiqindilar asosida sun’iy uglerodlashtirilgan material olish qurilmasi, rangli metal buyumlarini quyish uchun vakuum asosida ishlaydigan “Humo S1’uskunasi “ Sky project” virtual parashyut simulyatori va boshqa bir qancha ixtirolar o’zbek yigit qizlari xususan “yoshlar akademiyasi “a’zolari tomonidan yaratilgani bizni quvontiradi. Bugun respublikamizning har bir viloyatida akademiyaning yetakchisi saylanib ixtidorli yoshlar jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar saralab olinayapti O’tgan qisqa vaqt ichida ana shunday yigit qizlarni qo’llab- quvvatlash, akademiya a’zolarini rag’batlantirish, istiqbolli ishlanmalarga ega yoshlarga motivatsiya berish maqsadida bir qator yo’nalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalar tanlovlari o’tkazilib kelinayapti. Ayniqsa,Prezidentimizning joriy yil aprel oyidagi qarori bilan tashkil etilgan ” Bo’lajak olim”tanlovi doirasida yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50mlrd so’m mablag’ yo’natirilishi yigit qizlar uchun katta imkoniyat bo’ldi. ”Yoshlar akademiyasi’tomonidan amalga oshiriliayotgan loyihalarning aksariyati hududlarda og’il qizlarning intelektual ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish,ularni jamiyatda olib borilayotgan islohotlarningb faol yetakchilariga aylantirishga qaratilgan.Ana shu maqsadda hukumat qarori bilan bugun respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar parklari tashkil etilyapti. Chekka hududlarda istiqomat qiladigan yigit-qizlarni mamlakatimiz rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan soha va yo’nalishlar bo’yicha o’qitishga qaratilgan “Texnobus” innovatsion ta’lim avtobusi faoliyati yo’lga qo’yildi. Shu o’rinda, Innovatsiyalar Milliy Ofisi faoliyati haqida ham alohida to’xtalsak. Ma’lumki, innovatsiyalarni yaratgandan ko’ra, uni joriy etish ancha qiyin. Innovatsiyalar Milliy ofisida bevosita ana shu jarayon bilan shug’ullanishadi. Yoshlarga o’z ishlanmalarini qanday taqdim etishi va qanday qo’shimchalar kiritb, uni mukammal darajaga olib chiqish bo’yicha yo’nalish hamda ko’rsatmalar berib borishadi. Bu yerda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha egalarining ishlanmalarini takomillashtirishlari uchun bir qancha laboratoriyalar xizmatlari yo’lga qo’yilgan. Xususan, ilmiy tajribalar olib borayotgan yosh olimlar “Aviatsion va kosmik”, “Uchuvchisiz uchishqurilmasi” (dron), “3D protiplashtirish”, “ Informatsion texnologiyalar”, “Robototexnika”, 5G o’quv-tadqiqot laboratoriyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Joriy yilda “ Aviatsion va kosmik “ o’quv-tadqiqot laboratoriya mutaxassisi Ziyodulla Butaxonov mavjud eng zamonaviy qurilmalardan foydalanib, yirik loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi. Yerni 42 km uzoqlikdan suratga olishga erishgan yosh olim harakatlari bilan yurtimiz tarixida ilk bor fazoga “aerostat” uchirildi. Bir so’z bilan O’zbekiston birinchi marta yaqin kosmos, ya’ni stratosferni zabt etdi, desak ham bo’ladi. Ushbu ulkan yutuq mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg’a bo’ldi. Shuningdek, Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan har mavsumda yurtimizning biror hududida “TexnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o’tkazib kelinmoqda .Loyiha doirasida deyarli bir hafta mobaynida yoshlarning texnologik bilimlarini oshirish, ilg’or texnologiyalar bilan yaqidan tanishtirish bo’yicha turli xil qiziqarli tadbirlar uyushtiriladi. Yoshlarnng loyihalarini shakllantirish, to’g’ri tahlil qilish innovatsion ishlanmalarini taqdim etishda to’g’ri yo’nalish va ko’rsatmalar berish masalsida soha mutaxassislari tomonidan treninglar tashkil etiladi. Marafon yakunida eng yaxshi g’oyalar g’oliblariga pul mukofotlari ajratiladi. Joriy yilda ofis tomonida yana bir yirik loyiha-ixtirochi abiturient “ tanlovi e’lon qilindi. U turli xil yangilik yaratishga qiziquvchi abiturient yoshlarga o’z ishlanmalarini taqdim etish va ular orasidan saralanadigan “original g’oya” egalari qatorida Turin universitetiga imtiyozli o’qishga kirish yo’llamasini qo’lga kiritish imkonini beradi. O’ylaymanki, bu yoshlar uchun juda katta imkoniyat. Axir talaba bo’lish har bir yigit-qizning orzularidan biri. Bugun yurtimiz aholisining 60 foizini tashkil etadigan yoshlar orasida iqtidorlilar ko’p. Ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash zamirida esa mustaqil, o’z g’oyalari bilan yurtimiz va jahon maydonida munosib o’rin egallay oladigan shaxslarni tarbiyalash yotadi. Zero, ana shunday yoshlar Yangi O’zbekiston kelajagini bunyod etish yo’lida shahdam qadam tashlashni boshladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: “ Yangi O’zbekiston” ,”Правда востока”gazetalari.
Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin