Yunoniston, Qadimgi Yunoniston



Yüklə 127,45 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü127,45 Kb.
#37581
Qadimgi Sparta va Afina maktablarida talim



Qadimgi

Yunoniston

YUNONISTON, Qadimgi Yunoniston —

Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi

orollar, 

Frakiya


 sohillari, Kichik Osiyoning

gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan

qadimiy yunon davlatlari hududining

umumiy nomi.

Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra,

Yu. hududida odamlar paleolit davridan

yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan



neandertal odamining bosh suyagi

chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi

dehqonchilik, chorvachilik bilan

shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan.

Yu.ning jez davri madaniyati shartli

ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey

madaniyati deb atalgan. Miloddan

avvalgi 3-ming yilliqda Yu. etnik tarkibi

rangbarang(pelasglar, leleglar va

boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon

qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib

chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib

yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan

20—17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk

davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada,

Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo

etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260



yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar

Troyani bosib olib, uni vayron etishgan

(qarang Troya urushi). Doriy

qabilalarining kirib kelishi (miloddan

avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida

davlatlar parchalanib, urugʻchilik

munosabatlari jonlangan. Miloddan

avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da —

eoliylar, Oʻrta Yu. va Peloponnesda —

doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar

istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar

Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz

sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu

davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar)

shakllangan. Dehqonlar va

hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan

kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat



hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud

oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda

boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan

polislarda (Korinf, Afina va boshqalar)

qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va

boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari

saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-

asrda polislar Sparta boshchiligida

Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi

ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5

— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan

davri sanaladi. U yunonfors urushlarida

(500—449) yunonlarning gʻalabasi

natijasida Afinaning yuksalishi va Delos

ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo

etilishi bilan bogʻliq boʻlgan.




Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina

kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy

tuzumning eng demokratlashgan va

madaniyatning ravnaq topgan davri

hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy

iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi,

u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga

olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yu.da

gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik

qilish uchun kurash Peloponnes urushi

(431—404)ga olib kelgan, u Afinaning

magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning

yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi

miloddan avvalgi 395—387 yillardagi

Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda

Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra

jangida (miloddan avvalgi 371 yil)



fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor

keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yu.ning

shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning

podshohi Filip II Xeroneya jangida (338)

yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan

gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan.

Aleksandr (Iskandar) saltanati

parchalangach, ellinizm davrida (3—2-

asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun

kurashayotgan harbiylashgan tipdagi

davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan

(Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya

ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil

Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari

Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach,

Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab,

mamlakatning ichki ishlariga aralasha



boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil

Makedoniya, Illiriya va Epir Rim

provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan

(Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor

etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan

(miloddan avvalgi 27 yildan uning

hududida Rimning Axaya provinsiyasi

barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina

erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-

asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy

qismini tashkil etgan.

Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida

muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa

tushunchasining fanga kirib kelishiga

sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan

barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir




koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan

tayyorgarlik davridan soʻng yunon

falsafasining mumtoz davri boshlandi.

Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi

7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming

yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va

islom mamlakatlarida yunon

falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming

yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik,

Renessans va gumanizm davrlarida,

Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi

yuz berdi, bu esa Renessans davri

platonizmi va aristotelizmidan boshlab

Yevropa falsafiy tafakkurining butun

taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy

yangilanishlarga olib kedsi.




Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-

asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari

falsafasining davomchisi boʻlgan

mumtoz yunon ellinistik falsafasi

(miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim

falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-

asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan

Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik

falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa

Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan

avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik)

falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ —

miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi.

Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida,

kosmologik (gilozoistik) falsafaga

(miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va




antropologik falsafaga (miloddan avvalgi

5—4-asrlar) boʻlinadi.

Yunon falsafasi ilkkosmologik—

Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar

bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi

mutafakkirlar va yetti donishmand

tomonidan tayyorlangan olimlar davri

bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik

Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf

deb hisoblagan; u birinchi kosmolog ,

torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi

maktabining vakili, bu maktabga

Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen

va boshqalar ham mansub edi. Undan

soʻng Eleya maktabi vujudga kelib borliq

falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan




avvalgi 580—430), bu maktabga

Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon,

Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu

maktab bilan birga Pifagor maktabi ham

mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik,

oʻlchov, son masalalari boʻyicha tadqiqot

olib bordilar. Bu maktabga Fillolay

(miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik

Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi

520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va

matematik Arxit Tarentskiy (taxminan

miloddan avvalgi 400—365) va uning

tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet

(miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit,

keyin Empedokl va Anaksagor mansub

edi. Hamma narsani qamrab oluvchi

qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning



mashhur oʻtmishdoshi Levkipp hamda

Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha

kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu

bilan birga soʻnggi davrda antropologik

sofistikada rivojlanish yuz berdi

(taxminan miloddan avvalgi 475—375),

uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy,

Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon

falsafasining eng mashhur 3 vakili —

Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina

taxminan 1000 yil yunon falsafasining

markazi boʻldi.

Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan

insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi.

Platon falsafani tugallangan

dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik




sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa

falsafaga haqiqiy mavjudlikni

tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida

qaradi. Bu 3 mashhur yunon

mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan

buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda

2 ming yildan buyon jahon falsafasining

rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon

falsafasining ellinistikrim davri bir-biri

bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan

muhim falsafiy maktablarning paydo

boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan

avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm

keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga

keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar

guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy

vakili Ksenofont), megar maktabi (unga



Evbulid va imkoniyat tushunchasining

birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos

(miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub

boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen),

birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta

oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost;

pirovardida kirena maktabi (Aristipp va

Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq

yashamadi. Platon tarafdorlari Platon

akademiyasi nomi ostidagi falsafiy

maktabga birlashdilar (qad. Akademiya

— miloddan avvalgi 348—270, oʻrta

Akademiya — miloddan avvalgi 315—215,

yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160

— milodiy 529; oʻrta Akademiyaning

vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi

Akademiyaning vakillari — Sitseron va



Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi

116 — miloddan avvalgi 28);

Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq

qilgan holda) platonizm vujudga keldi.

Unga boshqa faylasuflar bilan birga

Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill

(Platon sharhlovchisi) kirgan.

Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq

fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb

nom olgan mashhur olimlar boʻlgan;

qadimiy peripatetiklar bilan birga

mashhur botanik Teofrast, musiqa

nazariyotchisi Aristoksen (taxminan

miloddan avvalgi 350), tarixchi va

siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi

peripatetiklar orasida fizik Straton,




geograf va astronom samoslik Aristarx

(Stratonning shogirdi, taxminan miloddan

avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey

(taxminan milodiy 150), vrach Galen,

Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik

Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70)

boʻlgan.

Epikur asos solgan maktab keng yoyildi,

bu maktabga boshqalar bilan birga

Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik

maktabning vakillari (unga Akademiya

vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va

keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya

maktabi juda muhim falsafiydiniy

harakatga aylandi, neoplatonizm va

xristianlikning paydo boʻlishiga qadar




mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos

solgan bu maktabni qadimiy Stoyada

Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta

Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy

Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu

maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin

turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3

Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark

Avreliy asosiy rol oʻynadi.

Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin

fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros,

xristian falsafiy maktablari bir-biridan

farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy,

Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix,

imperator Yulian Apostat (332—363),

ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning




1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi

boʻlishgan. [[El[[

linizm

 davrida gʻarb va



sharq dini hamda falsafasini oʻzida

birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil

gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik

hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti

paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi

falsafasi uchun Filonning Bibliyani

majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy

taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga

asos soldi, uning anʼanalarini

aleksandriyalik Kliment va Origen davom

ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq

taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining

boshlangʻich holati edi. Yunon

falsafasining turli xil koʻrinishlari islom




falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind

falsafasida ham payqash mumkin.

Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk

namunalari taxminan 2700—2800 yillar

muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu

adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim

madaniyatining barpo etilishida, tarkib

topishida ham muhim ahamiyat kasb

etgan. "Iliada" hamda "Odiseya"

dostonlari yunon yozma adabiyotining

bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy

namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy

asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning

davomi, uning yetuk mahsuli sifatida

maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida

Demodok kabi ajoyib baxshilar —




rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib,

davra ahllarini rom qilgan. Platon,

Herodot kabi allomalar va shu

zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan

ilgari Orfey degan shoir yashab

oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu

shoirning goʻzal navolari haqida

afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix

sahifalarida bironta ham misra saqlanib

qolmagan.

Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan

rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir

qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir,

Olen va boshqalar tilga olinadi.

Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi

yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi




zaminida vujudga kelgan. Tarix

sahifalarida yunon folkloridan juda kam

namunalar saqlanib kelgan boʻlsada,

shularga asosan ibtidoiy qabilachilik

davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy

va rangbarang ogʻzaki adabiyoti —

ertaklari, maqollari, matallari,

topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini

aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi

mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat

kishilarining tabiat haqidagi

tushunchalarini ifoda etgan.

Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu

uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning

oʻsishi bilan miflar ham oʻzgargan, yangi

maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi




ibtidoiy qabilachilik davrida tevarak

atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini

jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan

madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil

qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat

hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning

butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan.

Keyinchalik qabilachilik tuzumining

yemirilishi va harbiy aristokrat

tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi

tabaqa vakillarining ahvoli yanada

ogʻirlashgan, boylarning zulmi kuchaygan.

Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga

ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson

tasavvurida falak hukmronlari — odam

qiyofasidagi Olimp maʼbudalari paydo

boʻlgan. Zevs — momaqaldiroq hamda



bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi;

Poseydon — dengiz hukmroni; Aid oxirat

xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon

maʼbudasi, maʼbudalar malikasi va h.k.

Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur

etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy

hayotga yaqinlashtirgan va uning

obrazlariga chinakam hayotiylik

bagʻishlagan. "Iliada" dostonida

muallifning butun diqqati asarning bosh

qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan

boʻlib, qolgan voqealar faqat 50 kun

ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon

toʻla taassurotga ega boʻlishi uchun asar

davomida muallif yoʻlyoʻlakay

chekinishlar yasab, turlituman hodisalar




bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan.

Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik

"Odisseya" dostonida ham bor. Jafokash

Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har

safar mobaynida uning boshidan

kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot,

gʻaroyibotlar — asarning asosiy

mavzusidir.

Qahramonlarning qiyofasini ular, ning

tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida

— realistik tavsifi nihoyatda sezilarli.

Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida

turuvchi ilohiy kuchlar, odam bolalari:

Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari,

devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar,

podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar,




malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar,

goʻdaklar va h.k. koʻz oʻngida

gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar

davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va

orzularini ana shunday qahramon nomi

bilan bogʻlab kelgan.

Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat

tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida

talqin etgan boʻlsa, shu xalqning hayot

bobida orttirgan donishmandligi, aql va

zakovatini Odissey obrazi orqali

koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan

tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi

darajali shaxslar bor: Agamemnon —

takabbur, Menelay — botir, Diomed —



sergʻayrat, Nestor — nuroniy, Baris —

xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.

Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari

davomida katta ishtiyoq bilan necha bora

yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat

va adabiyotga murojaat etib, ular asosida

qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va

gʻoyalarni hal etishga uringanlar.

Uygʻonish davrining buyuk allomalari

qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani,

sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari

eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan.

"Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi

ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash,

yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.



17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi

ham 100—150 yil davomida antik dunyo

badiiy ijodiga taqlid shiori ostida

rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb

butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va

Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi.

Elin madaniyati Oʻrta Osiyo

madaniyatining ravnaq topishiga

samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va

YunonBaqtriya podsholigi hukmdorlari

davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar

oʻlkalar aholisining faol ishtirokida

sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi,

u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana

q. [[El[[

linizm


).


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yunon

meʼmorlari va tasviriy sanʼat

namoyandalari koʻp asrlar osha turli

xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak

did namunasini oʻtagan sanʼat

yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan

sodda afsonaviy mavzularga asoslangan

boʻlsada, borliq va inson muvozanatini his

etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy

goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks

ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham

aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy

yodgorliklari Bolqon ya.o. dagina emas,

shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy

Apennin ya.o., Oʻrta dengiz orollari hamda

Shim. Qora dengiz sohillarida ham

saqlangan.



YU. sanʼati Miken madaniyati negizida

paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan

avvalgi 2—1-ming yillik sanʼatining oʻzaro

bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama

naqshlarida koʻzga aniq tashlanadi.

Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan

avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer,

arxaika, klasika, ellin kabi bir necha

davrlarga ajratiladi.

Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-

asrlar) da boʻyama naqshli kulollik

taraqqiy etgan, geometrik uslub miloddan

avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng

taraqqiy etgan davri (8-asr)da %abr

yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga

moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar




bezagi, naqsh va inson shaklining aniq

ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib

turadi. Geometrik uslubda terrakota

haykallar va idishlarga haykaltaroshlik

bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar)

ham yaratildi. Meʼmorlik haqida

maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino

qoldiqlari, ibodatxonalarning terrakota

modeli va adabiy yozma manbalarda

ayrim maʼlumotlar uchraydi.

Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar)

davrida polislar shakllandi, shaharlar

yuzaga keldi, shaharsozlikning asosiy

belgilari muqaddas joy (akropol) va

jamoat savdo markazlari (agora) boʻlib,

ular atrofida turar joy mavzelari




joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan.

Yetakchi oʻrinni ibodatxonalar (haykallari

boʻlgan "xudolar uyi") egallagan.

Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli

vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari

(teatr, stadion, palestr va boshqalar)

bunyod etilgan. Inshootlar toshdan

qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi

(qarang 

Meʼmorlik orderlari

),

ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar



bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan

olishayotgan xudolar va qahramonlar

(Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning

qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning

hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy

shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi




ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari

dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi

bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro

bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan

oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit

kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk

frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi

Artemida ibodatxonasi) dumaloq

haykallar bilan almashadi.

Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar

("Fivalik Apolon", miloddan avvalgi 7-asr

1-yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar

va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini

yasashga oʻtildi. Harakatsiz shakllar

oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash

yuzaga keldi ("Delosli Nike", miloddan




avvalgi 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar

inson mimikasini ifoda vositasi sifatida

kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm,

kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh

nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga

erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim

mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy

uslubidagi kora va kuroslar lirik va

hayotbaxsh obrazlari, shakllarning

mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin

shaklli doriy uslubidagi haykallardan

ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari

(amfora va boshqalar) tugal shakllandi,

buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama

usulida mujassamotlar yaratildi, shartli

qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi

naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-



tez qoʻllanishi egaladi. Korinf, keyinroq

Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub

qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va

boshqalar), qora shakli uslubdan qizil

shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish

yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).

Klasika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr

3-choragi)da shaharlar rivojlandi,

muntazam tarhli shahar tipi shaklandi

(Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli

koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish,

turar joylarni majmua tarzida qurish kabi

asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning

oʻziga xos ramzi boʻlgan

ibodatxonalarning tipik xususiyatlari

individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir




tipdagi qurilishlarda yagona order

tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina

oʻzgartirib takrorlanishi bilan har bir

shahar — davlat bosh inshootlarida

oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga

erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va

order elementlari boʻlgan Afina Afayi

(taxminan miloddan avvalgi 500—480,

Egin o.da), Gera II ("Poseydon

ibodatxonasi", miloddan avvalgi 5-asr 2-

choragi, Poseydoniyada), Zevs (miloddan

avvalgi 468—456, Olimpiyada)

ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan

bir-biridan farqlidir.

Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida

tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy




berdi, haykaltarosh va rassomlar inson

qiyofasi va uning harakatini mukammal

ifoda etdilar, fronton, frizlarda koʻp shaklli

lavhalarni dadil bajardilar. Klasika

boshida yuzaga kelgan "qatʼiy uslub"

hususiyatlari koʻzalarga ishlangan

tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet,

Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar uslubida

ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan

bir qatorda maishiy lavhalar (bazm,

maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi

atletlar)ni ham yaratdi. "Qatʼiy uslub"

miloddan avvalgi 5-asr 1-yarmidagi

haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi;

Egin o.dagi Afina Afayi ibodatxonasi

frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi

fronton va metoplari kabi sanʼat



durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk

davrida qahramonlar obrazlari bilan bir

qatorda koʻtarinki ruhdagi real obrazlar

ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar).

Inson tanasini mukammal ishlanishi

yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar

(goʻzallikning xunuklik ustidan

gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi.

Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida

klassika sanʼati ("yuksak klassika" deb

nomlangan) gullab yashnadi. Perikl

davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy

markaziga aylandi. Vayron boʻlgan

Akropolda Fidiy boshchiligida mohir

meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi:

tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi

ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar



oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum

etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei,

tantanalarda viqor bilan yurishlari,

kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar).

Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy

va jismoniy mukammalligi Fidiy

asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet

haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar,

terrakota haykallari, relyef va tangalarda

yorqin ifodalangan.

Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon

polislari demokratiyasi inqirozi bilan

ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini

siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish

oʻrnini insonning kundalik hayoti bilan

uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr,




teatr va boshqalar) qurish egalladi

(jumladan, Epi davrdagi teatr, miloddan

avvalgi 350—330 va boshqalar).

Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali

yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi

tomosha inshootlarining keyingi

taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial

ansambllarda inson shaxsini

abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi

(mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan

miloddan avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda

inson xarakteriga qiziqishning ortishi

haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini

taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda

kurash dramatizmi, insonning ruhiy

qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan




Skopas ijodida voqelikdagi qarama-

qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu

jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp

asarlari diqqatga sazovor.

Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri —

1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining

kengayishi uning Aleksandr davlati va

uning vorislari davlati tarkibiga kirgan

xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻshilishi

bilan belgilanadi (qarang [[El[[

linizm

).

Afina badiiy hayot markazi mavqeini



yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari

yangi qarash (nuqtai nazar)larni

yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos

darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli

yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va



boshqalar), yirik inshootlar qurildi

(Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli

meʼmoriy ansambllar bunyod etildi

(Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh

saroygacha boʻlgan turar joy tipi

shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli

uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga

aylantirildi. Elin haykallaridagi qiyofalar

qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan

yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga

mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning

hamda badiiy obrazli masalalarning

rangbarangligi xos: haykal portretlar

rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro

uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash

qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil

boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga



xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi.

Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi

bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar

madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib,

uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan

boyitdi, shuningdek, oʻzining mustaqilligini

ham yoʻqotib bordi.

Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis

sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi

bayramlaridan boshlangan. Uning

asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi

va bahorgi uygʻonish davri bilan bogʻliq

qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi.

Miloddan avvalgi 4—1-asrlargachaYunon

teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik

kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr




libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4.

Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan

haykalcha).dramatik chiqishlarda xor

asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida

alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning

oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2

aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna

dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan

keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor

paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob

kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida

alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik

davri gullagan paytda teatr ahamiyati

yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism:

orxestr, tomoshabinlar uchun joy va

chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng

qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib,



unda aktyor va xor ijrochilari tomosha

koʻrsatganlar. Dastlab barcha

tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar,

keyinchalik omma uchun alohida joylar

ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi

Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi.

Keyingi eng katta Afina teatri miloddan

avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi.

Teatrda tragediya va komediyadan

tashqari mifologik syujetga ega satirik

spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab

ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro

etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan

kabi buyuk dramaturglarning ijodida Yu.

quldorlik demokratiyasining ravnaqi va

ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli

pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda



ayol aktyorlar ham qatnashdi. [[El[[

linizm


davrida (miloddan avvalgi 3—1-asrlar)

teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib

qilishda asosiy vositalardan biriga

aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo

markazlarida, balki kichik shaharlarda

ham qurila boshladi. Dionis sharafiga

oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya va

komediyalar namoyish etildi. Qishloq

komediyasi yoʻqola bordi. Yangi

komediyalar (Menandr, Filemon va

boshqalar) oʻzaro hayotiy

munosabatlarni, inson ichki

kechinmalarini aks ettirdi. Miloddan

avvalgi 5-asrda Yu.da mimlarmaishiy va

hajviy harakterdagi kichik sahnalar

yuzaga keldi. [[El[[

linizm

 davrida ilk bor




professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar

uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda

aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga

ega boʻlganlar. Tomosha koʻrsatish

uchun aktyorlar hatto urush paytlarida

ham xohlagan yerlariga borish, oʻzlari va

narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan.

Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday

harbiy xizmatdan ozod etilganlar

(miloddan avvalgi 3-asr boshlarida bu

haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yu.

teatri jahon teatrining rivojlanishida

muhim rol oʻynadi.

Musiqasi. Yu. musiqasini badiy (mas,

"Iliada" "Odiseya") va ilmiy (Platon,

Aristotel, Pifagor, Aristoksen) meros




hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali

tasavvur qilish mumkin. Yu.da musiqa

sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib,

uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga

kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik

boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan.

Turli xalq qoʻshiqlari — georgik

(dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama

(nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos

(yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar,

Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va

boshqalar xudolarga bagʻishlangan

aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda

(aed, rapsod — Homer va boshqalar)lar

oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va

dostonlarni cholgʻu (torlitirnama forminks

va boshqalar)larni chalib ijro etgan.



Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri,

mashhur xonanda va sozandalar (Olimp,

Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga

doir bir necha rivoyat va afsonalar

bizgacha yetib kelgan.

Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda

garmoniya (enarmonika) qonunlarini,

lesboslik Terpandr kifarani kashf

qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet

xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa,

ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy

ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik

ramzi darajasiga koʻtarilgan. Harbiy

(marshsimon) kuylari bilan birga lirika

yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning



ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va

odshtari, elegiya) rivoj topgan.

YU. tragediya va komediyasida musiqa

muhim dramaturgik vazifalarni bajargan.

Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl,

Yevripid va boshqalar) kuylarni ham

yaratib, dramatik asarlarga xor va raqslar,

yakka xonandalik shakllarini kiritgan.

"Antigona" (Sofokl) tragediyasidagi xor

Afinaning milliy madhiyasiga aylangan.

[[El[[

linizm


 davrida katta cholgʻu

ansambllar, organ kabi musiqa cholgʻu

asboblari paydo boʻlgan.

YU. musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo

hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa

anʼanalari taʼsir etgan. Oʻz navbatida, Yu.




musiqasi hamda musiqa nazariyasi

Sharq musiqa ilmi (Yunus alKotib, Ibn

Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy,

AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj

topgan. 9-asrda Bagʻdodda Aristotel,

Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va

boshqalarning koʻpgina musiqa risolalari

arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy

Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi

platoniklar gʻoyalarini rivojlantirgan.

Yunoniston musiqa nazariyasida qaror

topgan tushunchalar (musiqa, melodiya,

ritm, gamma, monodiya, garmoniya,

diatonika va boshqalar) hozirgi

musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.

Qadimgi yunon falsafasi




  Soʻnggi tahrir 5 kunlar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?

title=Qadimgi_Yunoniston&oldid=21



68717

" dan olindi 



Yüklə 127,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin