Yuridik psixologiya metodologik tamoyillari Bajardi: Tolliboyeva M



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə1/4
tarix12.04.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#96712
  1   2   3   4
Yuridik psixologiya

Yuridik psixologiya metodologik tamoyillari

Bajardi: Tolliboyeva M.


1
  • Metodologiya.

2
  • Ong.

3
  • Bilish tabiati.

4
  • Foydalanilgan adabiyotlar.

REJA:
2
Yuridik psixologiyaning zamonaviy tushunchasi, bu – huquqiy tartibga solish sharoitlaridagi shaxs va faoliyatning turli psixologik aspektlarini o’rganuvchi fan bo’lib, u tizimli yondashuv orqali oldida turgan vazifalarni hal etishga va rivojlantirishga o’z maqsadini qaratadi. Psixologiya va yurisprudensiyaning uyg’unlashganligi fanni ikki tomonlama boyitishga va sud faoliyatidagi dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi.Yuridik psixologiyada doimo qonunbuzarlar, jinoiy ish va jinoyatchilar to’g’risida ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlarni topish, tahlil qilish va ularga baho berish bilish aspektining mazmunini tashkil qiladi (masalan, tergov ishlarini olib borish, jinoiy ishni fosh qilish, jinoyat sodir bo’lishi to’g’risida ogohlantirish ishlarida).
3
Odil sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib A.K. Dulov (1998) 6 ta faoliyat turlarini ko’rsatib o’tadi:
-bilish faoliyati;
-konstruktiv faoliyat;
-kommunikativ faoliyat;
-tashkiliy faoliyat;
-tarbiyaviy faoliyat;
-tasdiqlovchi faoliyat.
Mazkur faoliyatlar asosida olingan ma’lumotlar oddiy, ilmiy va falsafiy nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi va tahlil qilish uchun manbaa yaratiladi.
4
5
Metodologik tamoyillarni qo’llash uchun quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:
1) hodisa, voqyea, jarayonlar va atrofmuhit boshqa tizimlar bilan bog’liq bo’lgan holda o’rganilishi kerak;
2) ilmiy tadqiqotlar obyektiv ravishda amalga oshirilishi kerak, tadqiqotchi kuzatuv davomida va xulosalar chiqarish paytida o’zi tomonidan hyech qanday o’zgartirishlar kiritishi mumkin emas;
3) nazariy tomonidan taqdim etiladigan ma’lumatlarning umumiylik darajasi va shakli me’yorida bo’lishi kerak (agarda bu daraja yuqori yoki past bo’lsa uning sifat – xususiyati, ahamiyati yo’qolib qolishi mumkin). Umumiyliklar falsafiy qoidalar, nazariy xulosa, aniq sonlarda va haqqoniylik kabi shakllarda berilishi mumkin.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin