Yusupjanov Muhammad ning Otoloringologiya, stomatologiya



Yüklə 493,05 Kb.
səhifə1/11
tarix18.04.2023
ölçüsü493,05 Kb.
#99811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muhammad Yusupjanov

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot insituti Davolash ishi fakulteti 74-guruh talabasi Yusupjanov Muhammad ning Otoloringologiya, stomatologiya fanidan tayyorlagan Ma’ruzasi Mavzu: Burun yondosh bо‘shliqlarining klinik anatomiyasi va fiziologiyasi. Zamonaviy tekshirish usullari Kasalliklari. Davolash usullari

BURUN YONDOSH BO’SHLIQLARINI ANATOMIYASI. Burun yondosh bo’shliqlariga (sinus paranasalis) burun bo’shlig’i atrofini o’rab turuvchi havo saqlovchi bo’shliqlar va burun bo’shlig’i bilan bo’shliqlarni bog’lab turuvchi teshiklar kiradi. 4 juft havo saqlovchi bo’shliqlar bor. 1. Yuqori jag’ (Gaymor) bo’shlig’i 2. Peshona bo’shlig’i 3. G’alvirsimon suyak bo’shlig’i 4. Ponasimon bo’shlig’i

1. Yuqori jag’ bo’shlig’i (sinus maxillaris seu antrum Higmori) Bir juft bo’lib yuqori jag’ suyagida joylashgan bo’lib, bo’shliqlar ichida hajm jixatidan eng kattasi hisoblanadi. Hajmi katta insonda 3 sm³ dan 30 sm³ bo’ladi. O’rtatshasi 10,5- 17,7 sm³ ga teng. Uning ichki qismi shilliq qavati ko’p qatorli silindrik xilpillovchi epiteliydan iborat bo’lib, uning qalinligi 0,1 mm ga etadi.xilpillovchi epiteliy shunday harakat qiladiki, unda shilliq aylanasimon harakat qilib yuqoriga medial burchak tomon, bo’shliqning tabiiy teshigi joylashgan tomonga qarab harakat q iladi. Yuqori jag’ning 5 ta devorlari mavjud

1. Ichki (medial, burun) devori burun bo’shlig’ini lateral devoriga to’g’ri keladi. U katta hajmda pastki va o’rta burun yo’liga to’g’ri keladi. Bu devori suyakdan iborat bo’lib, yuqoriga ko’tarilgan sari yupqalashib boradi. O’rta burun yo’liga sohasiga to’g’ri kelganda, ikkilangan shilliq qavatga o’tish mumkin. Bo’shliqni tabiiy chiqarish teshigi yuqorida joylashganligi uchun, shilliqni chiqishi biroz qiyinlashadi. Gohida endoskop bilan ko’rilganda yarimoysimon kengaymani orqa qismida yuqori jag’ bo’shlig’ini qo’shimcha chiqarish teshiklarini (for.atsessorius) aniqlash mumkin. Keyinchalik shillq qavat polipoz o’zgarsa, shu joydagi teshiklardan poliplar osilib tushib, burun-halqum xoanal polipiga sabab bo’lishi mumkin.


Yüklə 493,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin