3
KIRISH
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib
borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha
bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka
hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyotining o‘rni
beqiyos.
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi 5230600 – “Moliya
va moliyaviy
texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun iqtisod majmuining ma’lum
tarmoqlari bilan tanishtirish, umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha
nazariy
bilimlarini
mustahkamlashdan
iborat.
O‘zlashtirgan
nazariy
bilimlarini
chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita malaka talablariga
muvofiq mustaqil
ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata
olish qobiliyatini
shakllantirishdan iborat.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus
ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy
ta’lim 230 000 - iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son
buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim
muassasalari
talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda
ishlab chiqilgan.
Dasturda ishlab chiqarish
amaliyotining umumiy qoidalari, maqsadlari va
vazifalari, institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari
va majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi
bayon etilgan.