Zamonaviy bioinformatsion ma’lumotlar bazalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish. Bibliografik ma’lumotlar bazalari. Matnli ma’lumotlarni olish instrumentlari



Yüklə 21,73 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü21,73 Kb.
#181692
  1   2
Bioinformatika faniga kirish. Zamonaviy bioinformatsion ma’lumot 1-MAVZU bioinformatika


ZAMONAVIY BIOINFORMATSION MA’LUMOTLAR BAZALARI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR BILAN TANISHISH.BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR BAZALARI.MATNLI MA’LUMOTLARNI OLISH INSTRUMENTLARI.
Bioinformatikaning fan sifatida shakllanish tarixi. Uning predmeti, vazifalari va ob’ektlari.
Informatika fanining XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan davrdan boshlab fizika-matematika, texnika, gumanitar va boshqa fanlarga ham tadbiq qilinishi hamda ular bilan hamkorlikda ishlashi tobora kengayib bormoqda. Hozirgi kunda informatika fani usullarini chetlab o‘tadigan biron-bir fan sohasini topish mushkul. Tabiiy fanlar ham bundan mustasno emas. O‘tgan asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshlarida biologiyada EHM (elektron hisoblash mashinalari) faol qo‘llanila boshlandi: shu bilan birgalikda ularning xotiralari va operatsion tezliklari oshdi va o‘lchamlari kichraytirildi. Shu bilan birgalikda biologiya sohasida informatsion tahlillarni talab etuvchi katta miqdordagi eksperimental ma’lumotlar to‘planib qoldi. Bunga misol qilib bir qancha davlat olimlari hamkorligida 2003 yildayoq odam genomining sevenirlanishini keltirish mumkin.
Shunday qilib XXI asr boshlariga kelib bioinformatika sohasi jadal sur’atda rivojlana boshladi. Bu esa o‘z navbatida biologik tadqiqotlar bo‘yicha olingan ma’lumotlarning shu qadar ko‘payib ketganligi va bunda harbir omilning eslab qolinishi va tahlil qilinishida inson imkoniyatlari chegaralanib qolganligi hamda tobora ko‘payib borayotgan axborot hajmini saqlash zaruriyati tug‘ilganligi bilan bog‘lanadi. Ilk ketma-ketliklari aniqlangan bir necha yuz oqsillar haqida ma’lumotlar kitob-atlas shaklida nashr qilingangan edi (1-rasm). 70 yillar boshlariga kelib aniqlangan ketma- ketliklar miqdori shu qadar ko‘paydiki, ularning hajmi tufayli bu ma’lumotlarni kitob shaklida nashr qilishning umuman iloji yo‘q edi. Inson miyasi bunday axborotlarni tahlil qila olmasligi va ketma- ketliklarni taqqoslash uchun maxsus dasturlar kerak bo‘la boshladi.Oqsil ketma-ketliklari va ularning tuzilishi bo‘yicha atlas-kitob
90-yillarda genomika fani paydo bo‘la boshladi. Hozirgi kunga kelib bir qancha organizmlar, jumladan odam, sichqon, tovuq, qurbaqa, bir qancha baliq turlari, chuvalchanglar, yuzlab viruslar va bakteriyalar hamda yuzlab o‘simlik turlarining genom ketma-ketliklari aniqlandi. Bakteriya genomining o‘qilishi – bu 2-3 tadqiqotchidan tashkil topgan guruhning vaqt hisobida taxminan 1 yildan kam muddatga to‘g‘ri keladigan vazifasidir. Odam genomi qariyb 3 mlrd.ga teng harflardan iborat bo‘lib bu esa 15000 kitob tomlariga to‘g‘ri keladi. Uni “o‘qib chiqish” esa biologlar uchun Mendeleyevning ximiklar uchun yaratilgan davriylik qonunini ochish bilan tenglashtiriladi. Shu boisdan ham bunday hajmdagi biologik ma’lumotlarni tahlil qilishda kompyuter texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Gen ketma- ketliklarini tenglashtirish bo‘yicha birinchi algoritm 1970 yilda yaratildi. Kompyuterlar axborotlarni virtual ma’lumotlar bazasida saqlash va ular ustida yuqori tezlikda operatsiyalar o‘tkazish imkonini berdi. Bioinformatika ham boshqa zamonaviy fanlar singari bir qancha fanlar, ya’ni molekular biologiya, genetika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlari birlashuvi asosida vujudga keldi. Uning asosiy vazifasi bu biologik molekulalar, eng avvalo nuklein kislotalar va oqsillar struktura va funksiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish uchun hisoblash algoritmlarini ishlab chiqishdir. DNK nukeotid ketma-ketliklarini sekvenirlashning jadal usuli ishlab chiqilgandan so‘ng ma’lumotlar bazasida to‘planayotgan genetik axborotlar hajmi yuqori tezlik bilan orta boshladi. Informatika, lingvistika va informatsiya nazariyasi yutuqlari genetik matnlarni tahlil qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Bioinformatikaning boshqa fan sohalari bilan o‘zaro bog‘liq holdagi rivojlanishi organizm va hujayrada yuz berayotgan biologik jarayonlarni tushunishning yangi darajasi shakllantirishga imkon beradi. Agarda birinchi shaxsiy kompyuter 1981 yilda va internet (World Wide Web) – 1991 yilda, ya’ni yaqindagina yaratilganligi hisobga olinadigan bo‘lsa, bioinformatika jadallik bilan rivojlanayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bioinformatikaning asosiy prinsiplaridan biri bu dunyo olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqot natijalarini birlashtiruvchi yagona dunyoviy axborot makonlari prinsipidir. Bioinformatikaning yaralish tarixi 13 asrlarga borib taqaladi. Matematika tarixiga Fibonachchi (Fibonacci) nomi bilan kirib kelgan yosh italyan Pizalik Leonardo (Leonardo of Pisa) biologik jarayonning birinchi matematik modelini tuzgan holda quyonlarnig ko‘payishi to‘g‘risidagi masalani tavsiflab bergan. XX asrning 20 yillariga kelib esa yana bir italyan olimi Vito Volterra (Vito Volterra) “yirtqich-o‘lja” ko‘rinishidagi ikki biologik turning o‘zaro harakati modelini yaratdi. 40 yillar oxirida biologiyaga fizik va matematiklar kirib kela boshladi. Biologiyaning zamonaviya tarixi 1953 yildan, amerika olimlari Jeyms Uotson (James Watson) hamda Frensis Krik (Francis Crick) tomonidan DNK ning qo‘sh spiralligi kashf qilingan davrdan boshlandi. Sof funksional tilda, barcha hisob-funksiyasi signallar sifatida ifoda etiladi. Lisp "ro‘yxatida ishlash tilida," u suyangan ma’lumotlar tarkibini mos yozuvlardan foydalaniladigan til, funktsional dasturlash tili edi. Bu til 1960 yilda elektron miya dominant tiliga aylandi va hali hanuz AI tadqiqot va amaliy dasturlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. To‘liq ob’ektga yo‘naltirilgan komponent jumladan bir necha yirik lahjalar va juda ko‘p kengaytmalar, g‘oyalarni o‘zida mujassam etib katta standartlashtirish harakati 1980 yilda amalga oshirilgan edi. Bu harakat endi-dominant Common Lispga olib keldi. “Uzoq tarixi va keng joriy foydalanish bilan ikki muhim lahjalari sxemasi va Emacs Lisp, Emacs muharriri uchun buyruq fayli tili mavjud”. Bugungi kunga qadar bioinformatikaga turlicha ta’riflar beriladi, biroq asosan bioinformatika deganda turli biologik axborotlarni tahlil qilishda kompyuterdan foydalanish tushuniladi. Shuningdek, «bioinformatika» termini maydoni ham juda kengaydi va biologik ob’ektlar bilan bog‘liq barcha matematik algoritmlardan hamda biologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi. Bioinformatikada informatikdagi singari amaliy matematika, statistika va boshqa aniq fanlar usullari qo‘llaniladi. Bioinformatika shuningdek biokimyo, biofizika, ekologiya, genetika va qator tabiiy fanlar sohalarida faydalaniladi.
Bioinformatika o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1) qiyosiy genomikada kompyuter tahlilining matematik usullari (genom bioinformatikasi); 2) oqsil strukturalarini bashorat qilish uchun algoritm va dasturlarni ishlab chiqish (strukturaviy bioinformatika); 3) muvofiq hisoblash uslubiyatlari strategiyasi tadqiqoti hamda informatsion murakkablikning biologik tizimlar tomonidan umumiy boshqarilishi. Amaliy ma’noda bioinformatika – bu biologlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan amaliy fandir. Ma’lumotlarni birlamchi tahlil qilish texnik bioinformatika sohasiga tegishlidir. Olingan ma’lumotlarni qayerdadir saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash lozim bo’ladi. Bioinformatiklarning eng murakkab va shu bilan birga eng qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlari bu genom haqidagi ma’lumotlar asosida aniq tasdiqlangan natijalar olish, ya’ni masalan; A oqsili qandaydir funksiya
bajaradi, B geni qaysidir jarayonda qatnashadi va hokazolar. Bu esa bioinformatika fanining amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. Bioinformatika biologiya sohasining quyidagi yo‘nalishlarida qo‘llaniladi: genomika, transkriptomika va proteomika; rivojlanish biologiyasida kompyuter modellashtirish; gen tarmoqlarining kompyuter tahlili; populyatsion genetikada modellashtirish.
Bioinformatika dori preparatlarini loyihalashtirish muddatini 5-6 yildan bir necha oylarga qisqartish imkoniyatini yaratib farmakologiya sohasiga ham osongina kirib bordi. Shuningdek bu fan ko‘plab boshqa tibbiyotga va biologiyaga oid fanlar bilan integratsiyalandi. Bugungi kunda bioinformatikaning quyidagi bo‘limlari mavjud: umumiy bioinformatika; klinik bioinformatika; strukturaviy genomika; funksional genomika; farmakogenomika; klinik proteomika; funksional proteomika, strukturaviy proteomika. Bioinformatika usullari yordamida katta hajmdagi biologik ma’lumotlarni shunchaki tahlil qilish emas, balki har doim ham oddiy tajribalarda aniqlab bo‘lmaydigan qonuniyatlarni isbotlash, genlar va ular kodlaydigan oqsillar funksiyalarini bashorat qilish, hujayradagi genlarning o‘zaro ta’siri modelini qurish, dori preparatlarini yaratish mumkin. Phi-X 174 fagining 1977 yilda sekvenirlanganidan buyon ko‘plab organizmlar DNK ketma-ketliklari aniqlandi va ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi. Bu ma’lumotlar oqsil ketma-ketliklarini va regulyator uchastkalarni aniqlash uchun foydalaniladi. Ma’lumotlar miqdorining ko‘payishi bilan endi ketma-ketliklarni qo‘lda tahlil qilish mumkin bo‘lmay qoldi. Hozirgi kunda milliardlab juft nukleotidlardan tashkil topgan minglab organizmlar genomlari bo‘yicha qidiruvlar olib borish uchun kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Yirik genomlar uchun DNK fragmentlarini yig‘ish yetarli darajada qiyin vazifalardan hisoblanadi. Bu usul hozirda qariyb barcha genomlar uchun qo‘llaniladi va genomlarni yig‘ish algoritmlari bioinformatika sohasida bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Genomda genlarni va regulyator elementlarni avtomatik tarzda qidirish genetik ketma-ketliklarga kompyuter tahlilini qo‘llashda yana bir misol bo‘la oladi. Genomika kontekstida anotatsiya – bu DNK ketma-ketligida genlarni va boshqa ob’ektlarni markirovkalash(nishonlash) jarayonidir. Genomlar annotatsiyasi birinchi dasturiy tizimi Ouen Uayt (Owen White) tomonidan 1955 yildayoq yaratilgan edi. Evolyutsion biologiya turlarning kelib chiqish va paydo bo‘lishini, ularning davrlar bo‘yicha rivojlanishini o‘rganadi. Informatika evolyutsiyani o‘rganuvchi biologlarga bir necha jihatlarda yordam beradi: 1) barcha DNKadagi o‘zgarishlarni o‘rgangan holda ko‘p sonli organizmlar evolyutsiyalarini tadqiq qilishda; 2) yanada kompleks evolyutsion hodisalarni o‘rganish imkonini beruvchi genomlarni bir-biriga taqqoslashda; 3) populyatsiyalar kompyuter modellarini qurishda; 4) ko‘p miqdordagi turlar haqida ma’lumotni o‘z ichiga oluvchi nashrlarni kuzatib borishda.Ekotizimning biologik xilma-xilliklari go‘yoki bu bir tomchi suv yoki bir hovuch tuproq, yoki Yer sayyorasining barcha biosferasi kabi barcha tirik turlardan iborat bo‘lgan ma’lum bir muhitning to‘la genetik yig‘indisi sifatida aniqlanishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot mahsulotlari qidirish, vizualizatsiya qilish, axborotni tahlil qilish va eng muhimi, natijalarni boshqa tadqiqotchilar bilan bo‘lishda foydalaniladi. Hozirgi zamon ilmiy biologik adabiyotida bioinformatika bilan birgalikda “hisoblash biologiyasi” iborasi ham uchrab turadi. Hisoblash biologiyasi – bu fan sohasi emas, balki biologik jarayonlarni o‘rganish uchun kompyuterlardan foydalanishga uslubiy yondashuv hisoblanadi. Garchi “hisoblash biologiyasi” ko‘proq algoritmlar va aniq hisoblash usullarini ishlab chiqishlar bilan shug‘ullansada hozircha “bioinformatika” va “hisoblash biologiyasi” iboralaridan tez-tez ma’nodosh (sinonim) so‘zlar sifatida foydalanilmoqda. Hisoblash biologiyasida foydalaniladigan barcha usullar ya’ni, masalan, garchi biologik vazifalar bilan bog‘liq bo‘lsada matematik modellashtirish – bu bioinformatika hisoblanmaydi. Bundan tashqari matematik biologiya ham mavjud bo‘lib, u ham bioinformatika singari biologik muammolarni yechishda ishlatiladi, biroq unda qo‘llaniladigan usullar natijasi son bilan ifodalanmaydi va ularni amalga oshirishda dasturiy va jihoz ta’minoti talab etilmaydi. Oqsillar fazoviy tuzilmalarini bashorat qilishda ishlatiladigan algoritm va dasturlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi srukturaviy bioinformatika boshqalaridan ajralib turadi. Shunday qilib bioinformatika ham anatomiya, botanika, virusologiya, mikrobiologiya, sitologiya, paleontologiya, fiziologiya va boshq. kabi biologiya bo‘limlari qatoriga qo‘shilmoqda.
Nukleotid ketma-ketliklar ma’lumotlar bazasi (EMBL, DDBJ, NCBI, UniGene, STACK, EMBL-SVA) resurslari bilan tanishish. Genom ma’lumotlar bazasi (Genomes Server, Proteome Analysis, Ensembl) resurslari bilan tanishish. Oqsil ketma-ketliklari ma’lumotlar bazasi hamda aminokislota ketma-ketliklari ma’lumotlar bazasi (UniProtKB/Swiss-Prot, GOA, ENZYME) resurslari bilan tanishish. NCBI ma’lumotlar bazasi BLAST tahlili va dasturiy ta’minotidan foydalanib genlarni anotatsiya qilishni o‘rganish.
Ma’lumotlar bazasidan kutiladigan natijalar quyidagicha:
Sekvens, funksional, strukturaviy ma’lumotlar, va bibliografiya olish.
Yaxshi strukturalangan va indekslangan ma’lumotlar olish.
Boshqa bazalar bilan yaxshi aloqada bo’lgan bazalardan teranroq ma’lumotlar yig’ish.
Ma’lumotlarni doimiy yangilanib turishini kuzatib borish.
Analiz va kuzatuv uchun materiallar tayyorlash va faoydalanish.
Biologik ma’lumotlar bazalari Sekvens va Strukturaviy bazalarga bo’linadi. Shu bilan bir qatorda Sekvens bazalari 2 turga: Nukleotid bazalari va oqsil bazalariga ajraladi.

Nukleotid bazalari Xalqaro “Nucleotide Sequence Database Collaboration (INSDC)” NCBI, EMBL,DDBJ kabi yirik bazalarni o’z ichiga oladi.



NCBI (http://www.ncbi.nlm.nih.gov/)bu juda keng qamrovli biologik ma'lumotlar bazasi bo’lib, GENBANK: Nukleotidlar ketma-ketligi ma'lumotlar bazasini umumiy 42 xil manbani taqdim etadi va Oddiy, oson foydalaniladigan veb-interfeysni ta'minlaydi.
Unda qidiruv: Bankit yoki Sequin yordamida amalga oshiriladi
Ma'lumot qidirish mexanizmi: Entrez

NCBI doirasidagi barcha manbalar bo'yicha ma'lumotlarni oladi. Masalan: PubMed, taksonomiya, SNP, PubChem va boshqalar.



Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin