Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/14
tarix28.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mun

Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari

Leksiyalar kursi

M U N D A R I J A


So‘z boshi………………………………………………………………………

4







I.

“Zamonaviy tabiiyot bilimlari konsepsiyalari”

fanining asosiy maqsadi, fanlar tizimdagi o‘rni…………………….


5











II.

Fanlar tizimi va ularning xususiyatlari…………………………………

9










III.

Tabiatshunoslik tarixi…………………………………………………..

21










IV.

Fan texnika inqilobi va uning

tabiatshunoslikdagi ahamiyati………………………………………….


35











V.

Mexanik fizikadan-kvant fizikasigacha………………………………..

47










VI.

Materiya tashkillanishining tuzilishi sathlari.

Mikro-, makro-, megadunyolar………………………………………....


64











VII.

Osmon jismlari va ularning Yerdagi jarayonlarga ta’siri………………

71










VIII.

Kimyo fanining tabiiyot bilimlardagi o‘rni va roli……………………..

87










IX.

Yerda jonli tabiat to‘g‘risida hozirgi zamon tabiatshunosligi………….

102




Zamonaviy genetika va uning vazifalari…………………………..........

123

X.

Kibernetika. Sinergetika. Olam tuzilishi modellari………….................

129










XI.

Tabiat. Tabiatdagi tartib va tartibsizlik………………………................

Tabiat muvozanatining Orol muammosi

natijasida o‘zgarib borishi va uni bartaraf

etish yo‘llari…………………………………………………………….

Tabiatni muhofaza qilish……………………………………………….

Atrof muhitni muhofaza qilishning

xalqaro aspektlari……………………………………………………….


133

141


151
154










XII.

Biosfera, noosfera va insoniyat…………………………………………

163










XIII.

Ekologiya fani. Fanning maqsadi

va vazifalari…………………………………………………………….


174











XIV.

Ekologik muammolar. Globallashtirish –

XXI asr muammosi……………………………………………………..


189


Savolnoma……………………………………………………………………...

195

Adabiyotlar…………………………………………………………………......

206

Izohli lug‘at…………………………………………………………………….

208

SO‘Z BOSHI

Bizni o‘rab turuvchi tabiat haqidagi insoniyat bilimining majmuasi tabiiy bilimlar deb aytiladi.

Tabiiy bilimlar dunyoqarashli muammolar bilan bog‘liq. Odam o‘rab turuvchi olamni birinchi navbatda undagi o‘zining o‘rnini aniqlash uchun o‘rganadi.

Biz yashab turuvchi Yer, atrofimizda yoyilgan Koinot, biz sezgimiz orqali o‘rganadigan tirik va notirik materiya va, nihoyat, insonning o‘zi mana shularni tabiiy bilimlar o‘rganadi.

Tabiiy bilimlarning asosiy maqsadi olamni butunlikda, ya’ni uning butun murakkabligi va ko‘p qirraligida bilish hisoblanadi.

Davlat ta’lim standartlariga asosan “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyalari” fani ta’limiy dasturlar tarkibiga kiritilgan.

Oliy ta’lim dasturiga berilgan fanning kiritilishi sababi hozirgi zamon sivilizatsiyasini tirik qoldirish talabi va insoniyatning butun biologik evolyutsiya natijasida erishgan o‘zining genetik informatsiyasini himoya qilishdir. Bu muhim muammolarni yechish uchun tabiatni himoya qiluvchi texnologiyalarni ishlab chiqish, biosferani ushlab turishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish kerak.

Tabiat sistemalarini saqlash yetarli darajada murakkab muammo bo‘lib, o‘z ichiga, jamiyat hayotining hamma sohalarini, fanni, siyosatni, huquqni, iqisodni. xalqaro munosabatlarni, ta’limni, madaniyatni, etikani va albatta ishlab chiqarishni oladi. Bu muammoni hozirgi zamon sivilizatsiyasining boshqa muammolaridan alohida ajartib olib qarash mumkin emas.

Zamonaviy tibiiyot bilimlari kontseptsiyalari” faning asosiy maqsadi,

fanlar tizimidagi orni
Bizni o‘rab olgan olamni o‘rgana turib biz hammadan avval falsafaning asosiy savoliga, ong birlachimi yoki materiya birlamchimi degan savolga javob berishimiz kerak. Dialektik materializm tarafdorlari Koinot materiyadan iborat degan g‘oyaning asoslashga harakat qiladilar.

Bizni o‘rab olgan dunyo moddiydir – u doimiy mavjud bo‘lgan va uzluksiz harakatlanuvchi materiyadan iboratdir.

Materiya – (lot. materia - modda) – borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda umuman odam bo‘lmaganidek umuman materiya ham bo‘lmaydi, balki materiyaning aniq ko‘rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritilgan faylasuflar barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun materiyani tushunchasini qo‘llashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning asosi sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan. Materiyani R.Dekart fazoviy ko‘lam va bo‘ladigan moddiy substansiya deb ta’riflagan va u 17-18 asr materializmning asosi bo‘lgan. Materiya dialektik materializmning asosiy tushunchasidir. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.

Materiya uni o‘rganuvchi sub’ektga bog‘liq bo‘lmagan holda ob’ektiv mavjuddir. Materiya inson paydo bo‘lishidan oldin mavjud bo‘lgan va undan keyin ham mavjud bo‘ladi. Umuman aytganda, materiya tabiatda (Koinotda) real mavjud bo‘lgan va bizning sezgi organlarimiz yoki maxsus asboblar vositasida sezish mumkin bo‘lgan barcha narsalardir. Materiya ob’ektiv reallik bo‘lib insonning sezgi organlariga ta’sir qiladi va haqiqatni taxminan to‘g‘ri aks ettiradi. Bizning sezgilarimiz materiyadan nusxa oladi, surat oladi va uni aks ettiradi. Materiyaning konkret turlari turli-tumandir. Ularga elementar zarralar (elektronlar, protonlar, neytronlar va boshqalar), bunday bir necha zarralarning yig‘indisi (atomlar, molekulalar), fizik jismlar va fizik maydonlar (gravitatsion, elektromagnit va hokazolar) kiradi. Bu maydonlar vositasida turli moddiy zarralar o‘zaro ta’sirlashadi.

Jismlar yoki hodisalar bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lganligi uchun bu falsafada absolyut haqiqat deb aytiladi. Absolyut haqiqatga misol sifatida nafaqat alohida faktlar (masalan Abu Ali ibn Sino – Sharqning buyuk olimi), ammo fundamental ilmiy qoidalar, qonunlar, prinsiplar ularning ta’sir sferasini aniqlashda, ya’ni haqiqiyligini aniqlashda fanning abadiy yutuqlari bo‘lib qoladi.

Jismlar yoki hodisalar to‘g‘risidagi bizning tasavvurlarimiz haqiqatning nisbiy harakteriga ega va bu to‘g‘ri bilimlarning chegaralanganligini bildiradi. U yoki bu xulosalar qilib amalda ularning to‘g‘riligini doimo tekshirib inson “Namuna va xatoliklar” usuli bilan absolyut haqiqatga yaqinlashadi.

Shunday qilib, olamni bilish mumkin. Ammo har bir bilish ob’ekti o‘ziga xos bo‘lgan xilma-xil xususiyatlarga ega va ularning harakteristikalari tuganmasdir, ya’ni ularni oxirigacha o‘rganish mumkin emas. Bu esa bilishning cheksiz ekanligini chegaralari yo‘qligini ko‘rsatadi.

Absolyut haqiqatga erishib bo‘lmaydi, lekin bilish unga cheksiz yaqinlashish jarayonidir.

Bilish qanday rivojlantiradi? Har qanday bilishning birinchi eng zarur pog‘onasi kuzatishdir. Yetarli darajada kuzatishlar natijasida bir jinsli hodisaga tegishli bo‘lgan ilmiy farazlar, ya’ni gipoteza yaratiladi. Gipoteza – hodisalarni tushuntiruvchi ilmiy fikr aytiladi. Gipoteza hamma kuzatilayotgan qonuniyatlarni tushuntirishi va yangilarini oldindan aytib bera olishi kerak. Gipotezalarnng oldindan aytilgan qonuniyatlari eksperiment qo‘yish yo‘li bilan tajribada tekshirib ko‘riladi. Tajribada tasdiqlangan gipoteza nazariyaga aylanadi. Tasdiqlanmagan gipoteza esa tashlab yuboriladi va boshqasi bilan almashtiriladi. Faqatgina eksperiment (praktika) har qanday nazariya haqiqatligining kriteriyasi bo‘lib hisoblanadi.

Tabiiy bilimlar deb tabiat to‘g‘risidagi barcha fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geologiya, geografiya va boshqalar) majmuasiga aytiladi.

Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog‘lanishni ochish va o‘rganish har qanday fan tarmog‘ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni bilish esa inson qo‘liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o‘tmishni izohlashga yordam qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga ishlatish mumkin.

Tabiiy bilimlarning maqsadi – tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish yo‘llarini ochib berishdir. Moddiy borliqni butunligicha, butun tabiiy fanlar tizimi asosida, bir-biridan ajratilmagan holda o‘rganish.

Fizika – tabiat to‘g‘risidagi, uning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shuning uchun tabiiy bilimlar asosida fizika va uning qonunlari yotadi. Fizikaning boshqa tabiiy fanlarga kirib borishi shunchalik ko‘p qirraliki, ularning tutashgan joylarida yangi tabiiy fanlar paydo bo‘ladi. Fizika bilan kimyo orasida ularning ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan keng sohalar bor, hatto fizik-kimyo va kimyoviy fizika degan maxsus fanlar vujudga kelgan. Osmon jismlarida bo‘ladigan fizik hodisalarni o‘rganuvchi astrofizika va Yer atmosferasi hamda Yer qobig‘ida bo‘ladigan fizik hodisalarni o‘rganuvchi geofizika fanlari shu tariqa vujudga kelgan. Fizika sohasidagi kashfiyotlar ko‘pincha boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki berib keldi. Mikroskop va teleskopning ixtiro qilinishi biologiya va astronomiyaning taraqqiyotini tezlashtirdi. Fiziklar tomonidan ochilgan spektral analiz astrofizikaning asosiy usullaridan biri bo‘lib qoldi va hokazo.

Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonulari texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Texnikaning taraqqiyoti o‘z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.

20 asrda fizika sohasida ko‘plab muhim kashfiyotlar qilindi. Eng muhim kashfiyotlardan biri yadro energiyasini amaliy hosil qilish usullarini ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligida foydalanish bo‘ldi, atom elektrostansiyalari qurildi.

Fizika – hozirgi zamon tabiiy bilimlarini va dunyo texnologik holatining tayanch fanidir. Fizika insonning texnikaviy yutuqlarining asosini aniqlab bersa ham, bir vaqtning o‘zida tabiiy bilimlarni biologiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ob’ektiv holda, bu shu bilan bog‘liqki, biologiya tirik tabiat to‘g‘risidagi fandir. Fizika va biologiya fanlarining tabiiy ravishda bir-birini to‘ldirishi olamning tabiiy – ilmiy manzarasiga asos solishga imkon beradi.

Fizika va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishiga sabab nimada? Eng avvalo insoniyatning amaliy ehtiyoji natijasida. Insoniyatning butun tarixi shuni ko‘rsatadiki, agar jamiyat oldida muhim ehtiyoj paydo bo‘lsa, bu fanni oldinga harakatga keltiradi.

Hozirgi vaqtda insoniyat oldida ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq global biror bir ehtiyoj, muammo bormi? Albatta bunday muammo bor. Bu ham bo‘lsa hozirgi zamon sivilizatsiyasini yashash – tirik qolish muammosidir. Shuning uchun tabiiy bilimlarning asosiy prinsipi shundan iboratki, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar empirik tekshirishdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Tabiiy fanlari texnika fanlaridan, dunyoni o‘zgartirishga yordam berish uchun emas, balki dunyoni bilishga qaratilganligi bilan, matematikadan ega belgilar tizimini emas, balki tabiat tizimlarini tadqiqot qilishi bilan farq qiladi.

Inson uni o‘rab turgan tabiat, ya’ni Koinot, o‘zi to‘g‘risida va o‘zining samaralari to‘g‘risidagi bilimlarga ega. Bu undagi barcha axborotlarni ikkita katta bo‘limlarga: tabiiy va gumanitar bilimlarga bo‘ladi.

Gumanitar bilimlar jamiyat va inson to‘g‘risida bilimlar beradi. Bu fanlarning bir-biridan farqi shundaki, tabiiy fanlar tabiatni o‘rgansa, gumanitar fanlar esa kishilik jamiyatini o‘rganadi. Ikkala guruh bilimlari orasida umumiy qonuniyatlar, tadqiqot uslublari va usullari mavjud va ular bir-birini to‘ldirib boradi. Oxirgi vaqtlarda tabiiy, gumanitar, jamiyatshunoslar va faylasuflarning birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

21 asrda texnik taraqqiyot rivojlangan vaqtda tabiiy-ilmiy mafkura qanday bo‘ladi? Ilmiy-texnik axborotlar oqimi o‘sib borayotganda yosh mutaxassis to‘g‘ri yo‘nalish olishi uchun, bu axborotlarni mustaqil guruhlarga ajrata olishi uchun va rivojlanishning bosh tendensiyasini to‘g‘ri ko‘rishi uchun o‘quv jarayonini qanday olib borish kerak? Ana shunday va boshqa savollar o‘z yechimini kutmoqda.
Fanlar tizimi va ularning xususiyatlari
Fanning paydo bo‘lishi yoki kelib chiqishini o‘rganmay turib, uning xususiyatlarini to‘laligicha tushunish mumkin emas. Fanning kelib chiqish vaqti haqida falsafiy va tabiiy fanlarni tegishli bo‘lgan adabiyotlarda hech qanday aniq bir fikr yo‘q. Ba’zilar fan ibtidoiy jamoa tuzumida paydo bo‘lgan deb hisoblashsa, boshqalar quldorlik tuzumida, yana ba’zi birovlar kapitalizmning rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan deb hisoblangan.

Ibtidoiy jamoa tuzumida fan unchalik darajada rivojlanmagan. Bu shundan dalolat beradiki, o‘sha davrdagi odamlar o‘zlari haqida va tabiat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan u davrdagi bilimlarni ilmiy deb atash mumkin emas, chunki ular fanga yuzaki qaragan. Hattoki juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishgan, tabiat qonunlarini ham tushinishmagan.

Masalan, qadimgi misrliklar matematikadan amaliy maqsadlarda foydalanishgan. Ko‘plab matematik bilimlarni to‘pladilar. Lekin misrliklardagi matematika fan hisoblanmaydi, chunki ulardagi bilimlar noaniq, juda ko‘p xatolar va hech qanday aniq ko‘rsatmaga ega emas edi. Matematika aniq isbotlarga ega bo‘lgan nazariya bo‘lgandan keyin fan sifatida kirib keldi – ayniqsa Yevklidni yozilgan mashhur “Boshlanish”ni vaqtidan.

Faylasuflarning ko‘pchiligi fan sinfiy jamiyatda vujudga keladi, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat ajralgan holda paydo bo‘ladi deb hisoblashadi. Bu qarash fanning boshlang‘ich holatini va fanning vujudga kelishini nazarda tutsa to‘g‘ri deb hisoblashadi. Yevklid davrida matematikaning ilmiy turi muvaffaqiyatga erishdi. Arximedning richag qonuni va og‘irlik markazlarini topish qoidalari asosida mexanikani tarixi boshlandi. Astronomiya ham bir qancha yutuqlarga erishdi, lekin u ilmiy ko‘rinishga ega emas edi. Butun quldorlik tuzumi davrida ilmiy izlanishlar shu uchta sohalar bilan chegaralashib keldi. Modomiki, matematika mustaqil fan bo‘lib shakllanmoq, mexanikani shakllantirishi bo‘la boshladi, tabiatni qator ob’ektiv qonunlari ochilgan paytdan boshlab fan ijtimoiy ongning shakli bo‘lmoqda.

U yoki bu bilim sohalarini fanga aylanishini ob’ektiv mezonini qonunlarni ochilishi hisoblanadi. Bu mezondan foydalanib, turli tabiiy fanlarning paydo bo‘lishini aniqlash mumkin.

Kopernikning geliotsentrik sistemasi va Kepler qonunlarini ochilishi bilan astronomiya mustaqil fan bo‘lmoqda. 17-asrda Galiley, Dekart, Gyuygens va Nyutonning ishlari tufayli mexanika ilmiy shaklni egallab mustaqil fan bo‘lib qoldi.

U yoki bu fanlarni paydo bo‘lishi qisqa vaqtli voqea emas, balki bu juda murakkab va uzoq vaqtli jarayondir.

Masalan, fizikani fanga aylanishi 17-asrning ikkinchi yarmidan boshlab hamon 18-asrda tugallamoqda. Faqatgina 19-asrda biologiya va geologiya mustaqil fanlar bo‘lib qoldilar: birinchisi, ya’ni biologiya Darvinning evolyutsion nazariyasini paydo bo‘lishi vaqtidan, ikkinchi esa Yevdoks va Yevklidning ishlarini paydo bo‘lishi vaqtidan.

Turli fanlarning kelib chiqishini tahlil qilish natijasida shu narsa kelib chiqadiki, tabiat haqidagi fanlar to‘plami qadimgi ham, o‘rta asrlarda ham yo‘q edi. Tabiiy bilimlar faqat Kopernikning geliotsentrik sistemasi ochilgan vaqtidan boshlab fan bo‘lib qoldi. Tabiiy bilimlar fan sifatida 18-asrda shakllandi.

Fanning harakterli xususiyatlaridan biri – dinamizm. Fan, ayniqsa zamonaviy fan, uzluksiz rivojlanish va o‘sish holatida bo‘lib, u tirik organizmga o‘xshaydi, unda faqat bir nima vujudga keladi (yangi faktlar, qonunlar ochiladi, gipotezalar va nazariyalar yaratiladi) va bir nima o‘ladi (tasdiqlanmagan gipotezalar va nazariyalar tashlanadilar).

Fanni “dialektik birlik” deb aniqlash mumkin:


  1. tushunchalar, kategoriyalar, qonunlar va boshqalar sistemalari;

  2. bilish usuli;

  3. bilishning yuqori maqsadi va mezoni – amaliyot bilan aloqadir.

Umuman olganda, fanning strukturasini bilimlar tashkil etib, ular mantiqan asoslangan va isbotlangan holatlarning bir-birlari bilan bog‘langan sistemasidir. Fan o‘z ichiga juda murakkab ijtimoiy hodisalarni oladi.

Fan bu:


  1. jamoatchilikni rivojlanishida umumiy ma’naviy natija;

  2. ruhiy madaniyatning asosiy elementi;

  3. bilishning o‘ziga xos ko‘rinishi;

  4. dunyoni tushunchalar, gipotezalar, qonunlar, prinsiplar va nazariyalar orqali ifodalab, jamoatchilik ongini shaklidir;

  5. tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi to‘liq va aniq bilimlarning sistemasi;

  6. sistemani dialektik birligi va bilishni usullari;

  7. aniq odamlar guruhini – olimlarni faoliyatini natijasi;

  8. ishlab chiqarishni ma’naviy saviyasi;

  9. ishlab chiqarishni rivojlantirishining muhim faktori;

  10. butun insoniyatning konsentratsiyalashgan va umumlashgan tajribasi;

  11. jamiyatni o‘zgartirish quroli, insonni tabiat ustidan hukmronlik quroli.

Yuqorida ko‘rsatilgan tushunchalardan, fanga quyidagicha aniqlik berish mumkin. Fan bu tarixiy rifojlanayotgan ishonchli, mantiqan qarama-qarshi bo‘lmagan tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlari to‘g‘risidagi bilimlar sistemasi.

Ob’ektiv qonunlarni ochilmasdan hech qanday fan yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Fanning butun rivojlanishi ko‘plab yangi qonuniyatlarning ochilish tarixini o‘z ichiga oladi. Bilimning u yoki bu sohasida qanchalik ko‘p qonuniyatlar ochilgan bo‘lsa, u shunchalik yuqori darajali fanga aylanib boradi. Faqat bilimlar to‘g‘risidagi qonunchilikka insonni voqealarini ko‘rishga, unda ishtirok etishga, tabiat va jamiyat o‘zgarishini ko‘rsatishga o‘rgatadi. Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligda odam tabiiy qonunlar to‘g‘risidagi bilimlarga asoslanib uni boshqaradi. Shuning uchun qonunlarni o‘rganish fanning eng asosiy maqsadi.

Fanning qonunlari inson ongini qonunga bo‘lgan ishonchini va tabiat hamda jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Agar insonda ong bo‘lmasa edi, tabiat qonunlari paydo bo‘lgani bilan fan qonunlari bo‘lmas edi. Qonunlar fanning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va u tugallanmaydi.

Fanda o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Masalan, fizikaviy aksiomalar tajriba orqali isbotlangan. Mantiqan olib qaralganda isbotlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi bir holatlarda prinsip (fizikani aksimoasi) va qonun tushunchasi bir-biri bilan almashishi mumkin.

Barcha fanlar ikkita katta guruhlarga bo‘linadi: tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlar. Tabiiy fanlar tabiatning rivojlanish qonunlarini o‘rganadilar. Materiya harakatining xilma-xil shakllarini o‘rganishi – tabiiy bilimlarni asosiy predmeti hisoblanadi. Tabiiy fanlarga matematika, mexanika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, geologiya, turli xil texnik, tibbiyot fanlar kiradi.

Tabiiy fanlarning har biri materiya harakatining alohida shaklini o‘rganadi (mexanika, kimyo, biologiya) yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan harakat shaklini (biofizika, fizikaviy kimyo, biogeokimyo va boshqalar).

Tabiiy fanlar ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq, asosan jamiyatni unumli kuchlari bilan. Tabiat to‘g‘risidagi bilimlar bilan jamiyatni ta’minlashi – bu tabiiy fanlarni asosiy funksiyalari bo‘ladi, chunki bunday bilimlar ishlab chiqarish jarayoni va amaliy faoliyat uchun keraklidir. Shuning uchun, tabiiy fanlarning riojlanishi eng avvalo insoniyatning amaliy ehtiyojiga asoslangan.

Insoniyatning tarixi shundan dalolat beradiki, agarda jamiyatda muhim ehtiyoj tug‘ilsa, u ilm-fanni bir necha universitetlarga nisbatan ham ko‘proq olg‘a suradi.

Fan jamiyatning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishining hamma jihatlari bilan, uning siyosiy va mafkuraviy hayoti bilan birlashib, bevosita ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga aylandi. Shuning uchun, o‘z kelajagi to‘g‘risida qayg‘urayotgan jamiyat ilm-fan, ta’lim sohasini rivojlantirishga ko‘proq moliyaviy mablag‘ kiritishga harakat qiladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin