Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновасиялар вазирлиги
Тошкент архитектура қурилиш Университети
«Менежмент» ФАКУЛТЕТИ
«иқтисодиёт» кафедраси
“ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ”
ФАНИДАН
МУСТАҚИЛ ИШ
302-21-guruh
Bajardi: Abdurashidov B.N.
Qabul qildi:________________
Тошкент – 2023
Mavzu: Pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari
Reja:
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va uning vazifalari
Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
Markaziy bankning pul kredit siyosati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va uning vazifalari
Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma’lum bo‘ladi (T-T). Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning kurtagi mavjud bo‘ladi.
Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi. (1 bolta= 1 qop don). Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi. Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valutaga, ya’ni monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900-yilda sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yildayoq joriy etilgan edi. O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon (1583–1598) zarb etgan tangalar yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695– 1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan.
Qiymat shakllarining rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar: Mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi; ishlab chiqarishning o‘sishi; mahalliy va milliy bozorlarning vujudga kelishi. Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga sabab quyidagilar bilan izohlanadi:
Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;
Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi;
Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi;
Tabiatda nisbatan kamyobligi;
Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin. Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila boshlaydi: pul rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga aylanadi. Shu tariqa pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Qiymat o‘lchovi.
2. Muomala vositasi.
3. Boylik to‘plash vositasi.
4. To‘lov vositasi.
1. Tovarning almashuv qiymatini ifodalash va uni aniqlash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdoran mos kelgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif mos kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga bog‘liq. Tovar almashuv qiymati va nafliligining pul bilan ifodalanishi uning narxidir. Dastlab pul birliklari va ularning nomlari ko‘pincha muayyan og‘irlikda nodir metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valuta tizimlarining nomlari (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor bo‘lib, ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir bo‘lmagan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvalidagicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish bo‘lib, bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko‘ra kamroq miqdorda pul materiallarini sarflaydi. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul yoki uning tashuvchilari (masalan, plastik kartalar) bo‘lishi kerak. Chunki tovarlarni oldisotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi. Dastlab tovarlarni ayribosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayriboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metalldan iborat bo‘lib, ular davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi. Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar yeyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. Shu sababli, muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la q iymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: |