Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar sinonimiyasi



Yüklə 41,76 Kb.
tarix11.06.2023
ölçüsü41,76 Kb.
#128692

2.3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida zidlik munosabatining ifodalanishi.
Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar sinonimiyasi
Harakat-holat, belgi-xususiyat, voqea-hodisalarni bir-biriga zid qo‘yish yo‘li bilan fikr anglatish lozim bo‘lganda zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gap tiplaridan foylaniladi. Bunday qo‘shma gaplar narsa-hodisalarni belgi-xususiyati, harakati yoki holatini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish orqali ularning farqli tomonlarini ochish uchun xizmat qiladi. Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplarning har qanday ko‘rinishi antiteza usuli yordamida reallashadi, qo‘shma gap qismlari o‘rtasida konkret aloqa o‘rnatiladi. O‘zbek tilida zidlik mazmunini qo‘shma gapning quyidagi tiplari orqali reallashtirish imkoniyati mavjud;
I. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar yordamida:
O‘qish-jafoli, oxiri vafoli (Maqol). Rollarning katta-kichigi bo‘lmaydi, artistlarning katta-kichigi bo‘ladi (Shuhrat).
Yuqoridagi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlaridan anglashilgan mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan. Komponentlar orasiga zidlovich bog‘lovchilar qo‘yilsa, ular bog‘langan qo‘shma gapga aylanadi. Shuning uchun ham, yuqoridagi tipdagi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplarga sinonim hisoblanadi;
Dehqonning uyi kuysa – kuysin, xo‘kizi yo‘qolmasin. Dehqonning uyi kuysa-kuysin, lekin xo‘kizi yo‘qolmasin (A.Qaxxor).
II. Zidlik mazmuni bog‘langan qo‘shma gaplarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu holat qo‘shma gap komponentlarini biriktiruvchi vositalar xususiyati bilan bog‘liq; zidlovchi bog‘lovchilar komponentlar orasidagi qarama-qarshilikni yanada kuchaytirib ko‘rsatishga xizmat qiladi;
Dunyoda yaxshi kitoblar juda ko‘p, lekin ularni o‘qib biladigan kishilar uchungina yaxshidir (Gersen).
III. Ergash gapli qo‘shma gaplar yordamida zidlik mazmunini yuzaga chiqarish mumkin. Bunday mazmunni ifodalash uchun qo‘llanadigan qo‘shma gaplarning ergash gapi asosan, shart yoki to‘siqsiz ergash gap formasida shakllanadi, uning mazmuni bosh gap mazmuniga zid, teskari qo‘yiladi;
Qayta desa iziga – Belgi ham yo‘q, iz ham yo‘q. (A.Oripov)
Shunchalik o‘zimizdan tinib – tinchib ketganimizga qaramaslan, men bu chaqaloq to‘g‘risida anchagina gap – so‘z bo‘lib oldim (G‘.G‘ulom)
Bu tipdagi ergash gapli qo‘shma gaplar mazmunan zidlik munosabatini yuzaga chiqaruvchi bog‘langan yoki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi;
Ergash gapli qo‘shma gap;
Mezbonlar shuncha harakat qilishsa ham, sira gap qovushmadi. (O‘.Usmonov)
Bu qo‘shma gapning sinonimlari;
a) Bog‘langan qo‘shma gap
Mezbonlar shuncha harakat qilishdi, lekin sira gap qovushmadi.
b) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap;
Mezbonlar shuncha harakat qilishdi - sira gap qovushmadi.
Bunday hollarda, albatta, intonatsiya rol o‘ynaydi.
Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplardan asosan, quyidagi semantik-stilistik ottenkalarni yuzaga chiqarish maqsadida foydalaniladi.
I. Zidlik – qarama – qarshilik ottenkasi:
Mashina xo‘b yaxshi narsa, ammo uning ham o‘ziga yarasha nag‘malari bor (S.Ahmad).
II. Zidlik – to‘siqsizlik ottenkasi:
Mana o‘tsa hamki necha ming zamon, ko‘kda oy tanhodir, ko‘kda oy yolg‘iz (A.Oripov).
Qo‘shma gaplarda zidlik mazmunini bo‘rtirib ko‘rsatuvchi eng asosiy vosita, bu “ammo, lekin, biroq” zidlik bog‘lovichlaridir:
Tarixda har kimning bor o‘z zamoni,
Lekin tanimizda kezar – ku beshak,
Olis bobolarning ming yillik qoni (A.Oripov)
Zidlovchi bog‘lovchilar ko‘pincha, to‘siqsizlik ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi:
I. Hali tong yorishmagan, lekin tevarak atrofda g‘ovur, hayqiriq, kulgi. (A.Qaxxor).
II. Ufqdagi tog‘larning usti g‘ira-shira oqargan, lekin osmonda bulutlar orasida hamon milt-milt yongan yulduzlar ko‘rinadi (O.Yoqubov)
III. Rais astoydil baqirdi, ammo shovqin bosilmadi. (Oybek).
Yuqoridagi sintaktik konstruksiyalar tipi jihatidan bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanib, mazmunan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi. Ularni ergash gapli qo‘shma gaplarga aylantirish uchun, komponentlarni biriktiruvchi vositalarni o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Ikkinchi komponent o‘zgarishsiz qoladi, birinchi komponent tarkibiga ergashtiruvchi bog‘lovchilar kiritaladi.
1. Hali tong yorishmagan bo‘lsa ham, tevarak atrofda g‘ovur, hayqiriq, kulgu.
2. Ufqdagi tog‘larning usti g‘ira-shira oqargan bo‘lsada, osmonda, - bulutlar orasida hamon milt-milt yongan yulduzlar ko‘rinadi.
3. Rais astoydil baqirishiga qaramay, shovqin bosilmadi.
Ko‘rinadiki, zidlik – to‘siqlik ottenkasini berishning eng qulay vositasi qo‘shma gap komponentlarini biriktiruvchi -sa ham, -sa -da, -ga qaramay bog‘lovchilari hisoblanadi. Shu bog‘lovchilar yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda zidlik mazmuni bir muncha ifodaliroq, ta’sirliroq seziladi. Nutqda ba’zan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida zidlovchi bog‘lovchilarning ham qo‘llanishi bunday konstruksiyalarning sinonimik qatoriga ega bo‘lishi hamda, bog‘lovchilarning ma’no jihatidan bir-biriga yaqinligi bilan bog‘liqdir:
Mirzakarimboyning bunday muomalasi Yo‘lchiga tahqirli bo‘lsa ham, ammo kutilmagan bir hodisa emas edi (Oybek).
Ma’nosi bir-biriga yaqin ikki bog‘lovchining bir qo‘shma gapda qo‘lanishi komponentlar orasida mazmuniy munosabatni yanada bo‘rtiradi.
Zidlik – to‘siqsizlik ottenkasi faqat bog‘lovchilar yordamida yuzaga chiqmay, balki ayrim yuklamalar orqali ifodalinishi ham mumkin:
Dildorning gavdasi o‘girildi-yu, yuzi, ko‘zlari hamon A’zamjon ketgan tomonda edi. (S.Ahmad)
Bu qo‘shma gap komponentlari o‘rtasida zidlovchi bog‘lovchilar ham qo‘lanishi mumkin:
Dildorning gavdasi o‘girildi, lekin yuzi, ko‘zlari hamon A’zamjon ketgan tomonda edi. (S.Ahmad)
Yuqoridagi qo‘shma gaplar anglatgan mazmun ottenkalari jihatidan juda yaqin bo‘lsa, - da ma’lum bir nutq stiliga xosligi bilan o‘zaro farqlanadi: komponentlari yuklama yordamida birikkan qo‘shma gap ko‘rinishi asosan, so‘zlashuv nutqi stilida, zidlovchi bog‘lovchi ishtirok etgan qo‘shma gap turi esa, asosan, kitobiy nutq uslubida qo‘laniladi.
Demak, o‘zbek tilida zidlik mazmunini ifoda etuvchi qo‘shma gaplarning uchchala tipi o‘zaro sinonimik qator hosil qiladi:
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap va uning sinonimlari:
Do‘st bo‘lish oson, uni saqlash qiyin (P. Mo‘min)
Bu qo‘shma gapning komponent orasida zidlovchi bog‘lovchilar qo‘llansa, ular bog‘langan qo‘shma gapga aylanadi:
Do‘st bo‘lish oson, lekin uni saqlash kiyin
Bu tipdagi qo‘shma gaplar to‘siqsiz ergash gapni qo‘shma gaplarga ham sinonim bo‘ladi:
Do‘st bo‘lish oson bo‘lsa-da uni saqlash qiyin.
Bog‘langan qo‘shma gap va uning sinonimlari:
Ot minish ayol kishining xunari emas , lekin siz otga ancha yarashtingiz!(A. Qaxxor)
Yuqoridagi bog‘langan qo‘shma gap mazmunan tosiqsiz ergash gapli qo‘shma gapga sinonim hisoblanadi:
Ot minish ayol kishining xunari bo‘lmasa ham , lekin siz otga ancha yarashtingiz!
Zidlik mazmunini ifodalovchi bog‘langan qo‘ma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga sinonim ravishda qo‘llanishi mumkin:
Bu binoning harorati bor-u, halovati yo‘q . (Oybek)
Bu binoning harorati bor - halovati yo‘q.
Ergash gapli qo‘shma gap va uning sinonimlari:
Karvonboshi Yodgorbek hisoblansa xam, yukning og‘iri senlarga tushadi. (O.Yoqubov).
Yuqoridagi to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar mazmunan zidlik munosabatini yuza chiqaruvchi bog‘langan qo‘shma gaplarga teng keladi:
Karvonboshi Yodgorbek hisoblanadi, biroq yukning og‘iri senlarga tushadi.
Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar qo‘llanishi jihatidan ma’lum bir nutq uslubi bilan chegaralanmaydi. Bunday qo‘shma gaplardan mavjud nutq stillarida juda unumli foydalaniladi, chunki ularda zidlik mazmunini ifodalashning qulay va ta’sirli imkoniyatlari bor.
Qiyoslash mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar sinonimiyasi. Qiyoslash mazmunini ifodalash uchun xizmat qilanigan qo‘shmi gaplar ikki qismga ajralib, ulardan anglashilgan xarakat-xolat yoki belgi-xususiyat bir-biriga qiyos etiladi, solishtiriladi. Shu yo‘l bilan ularning farqi ko‘rsatiladi. Xar ikki qiyos etilayotgan komponsntlar orasida sezilarli pauza beriladi, bundan fikrning yana davomi borligi anglashilib turadi. Bunday konstruksiyalar zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar singari antiteza usuli yordanida hosil qilinadi. Qiyoslash mazmunini ifodalovchi ko‘shma gaplarda komponentlar tarkibida qiyos etilayotgan bo‘laklar logik urg‘u oladi. Xozirgi zamon o‘zbek tilida qiyoslash mazmuni qo‘shma gapning har uchala tipi yordamida ifodalanishi mumkin:
I. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qiyoslash mazmunini ifodalovchi vosita :
Ovchining zo‘ri sher otar,
Yigitning zo‘ri yer ochar. (Maqol)
Bog‘lovchisiz qӯshma gaplarda ekspressivlikni ta’min etuvchi asosiy vosita intonatsiya hisoblanadi, shuning uchun ham qiyoslash mazmunini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari alohida ritmik-melodik xususiyatga ega bo‘ladi.
2. Bog‘langan qo‘shma gaplar qiyoslash munosabatini yuzaga chiqarish vositasi sifatida:
Odamlar farzandining diplomiga to‘y qilyapti-yu, men nega qarab o‘tirar ekanman. (O.Yoqubov)
3. Qo‘shma gaplar orqali qiyoslash munosabatining yuzaga chiqishi:
Odamlar qasd qilib, qo‘l ko‘tarsa, past bo‘lib, qo‘l qovushtirdik (A.Qaxxor).
Yüklə 41,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin