" " fanidan himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani



Yüklə 153,97 Kb.
səhifə8/15
tarix25.09.2023
ölçüsü153,97 Kb.
#148525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
o‘simlikning tashqi belgilari va kimyoviy tarkibiga qarab oziq elementlariga bo‘lgan talabini aniqlash

Molibden. Mo bir necha fermentlar ishi uchun muhim, jumladan; nitrat azotni nitritga qaytarilishdagi nitratreduktaza va azotfiksatsiya qiluvchi mikroorganizmlarda
gaz holidagi azotni ammoniyga aylantirish uchun javobgar bo’lgan nitrogenazalar tarkibiga kiradi.
Yuqori o’simliklar nitratreduktazasi - bu flavoproteid, molekulyar masCasi 2OO-3OO kD atrofida bo’lib, tarkibida gem va molibden tutadi. Hozirgi davrda nitratreduktaza yuqori o’simliklarni tarkibiga kiruvchi birdan-bir ferment hisoblanadi.
Muhit tarkibiga nitratlar va molibden qo’shilgandan keyin O,5-3 soatda nitratreduktaza fetmenti hosil bo’ladi.
Nitratreduktaza fermentini faolligi o’simlikni nitrat bilan oziqlantirilganda, ammiak bilan oziqlantirgandagiga nisbatan 10 barobar faolligi ortadi. Molibden trikarbon kislotalar siklidagi suksinatdegidrogenaza fermentini faollashtiradi. Molibden yetishmasligini birinchi belgilari eskirgan barglarni xlorozga uchirashi.
Bu element yetishmasligi natijasida azot almashinuvi buziladi: oqsil sintezi kamayadi, shuning bilan bir vaqtda aminokislotalar va ularning amidlarini miqdori pasayib ketadi. Molibdensiz o’simlik tarkibida askorbin kislota miqdori keskin tushib ketadi. Bu ME ni yetishmasligidan fosfor almashinuvi buziladi.
Bor. Bu mikroelemetlar hujayralarni cho’zilishida, nuklein kislotalar sintezida, hujayralarni garmonlar ta’siriga reaksiyasi, membranalarni normal funksiyasi uchun zarurligi, bironta fermentlar tarkibiga kirmaydi, lekin, fermentativ reaksiyalar tezligiga ta’sir qiladi, fermntlar o’zi faollashmasdan yoki inaktiva tsiya bo’lmasdan, ularni substratiga ta’sir qiladi. Borni muhim xususiyatlaridan biri oddiy qandlar,
polisaxaridlar, spirtlar, fenollar va boshqa moddalar bilan komplek birikmalar hosil qiladi. Borni saxaroza bilan qilgan birikmasi, uni osonlik bilan membranadan o’tib, floemada tez harakat qilishiga yordam beradi. Atmosferadagi CO2nishonlab o’takazgan tajribalar shu narsani ko’rsatdiki, bor bilan oziqlantirilganda fotosintezda hosil bo’lgan maxsulotlar, o’simlikni boshqa organlariga tezroq oqib o’tadi. Eh timol bu holat bor ishtirokida o’simlikni tez gullashiga sabab bo’lsa kerak.
Bor glyukoza-1-fosfatni kraxmalga aylanishini tormozlab qo’yadi, shuning uchun o’simlikda bor yetishmasligidan barglarda kraxmal va qandlar ko’p to’plpnib qoladi, ularni poyasida, ildizida va mevasida aksincha uglevodlar oz bo’ladi. Bor oksidlanish jarayonlarini faollashtiradi, oqsillar, ATF sintezi, ildizlar orqali kalsiyni yutishi, toksik fenollar hosil bo’lishini katalizlovchi ayrim fermentlarni ingibitori bo’ishi ham mumkin.
Bor yetishmasligidan nuklein kislotalar sintezi izidan chiqadi. Bu element boshqa to’qmalarni meristemasini shakillanishida zarur bo’ladi, bor elementisiz organik kilotalarni aminlanishi tormozlanadi.
Xlor. Xlorid-anioni (CI-) shaklida ayrim o’simliklarda turgor holatni boshqarishda ishtirok etadi va suvni fotosintetik parchalanib, kislorod hosil bo’lishda, hujayrani bo’linishida osmotik potensial hosil qilishda qatnashadi. Xlor ionlari hujayraga RO4
-3ionlarni kirishiga ta’sir qiladi. Ma’lumki, xlor fotosintetik fosforlanishni stimullaydi biroq, bu jarayonda uni roli hozircha aniqlanmagan. Oddiy sharoitda o’suvchi yovvoyi va madaniy o’simliklar xlor tanqisligini sezmaydi.

Bracha o’simliklar ham zarur bo’lgan hamma elementlarga zarurati bir xil bo’lmaydi. Bor g’alladoshlarga kerak emas. Kalsiy tuban suv o’tlaridan ko’ra ko’proq yuqori o’simliklar uchun zarur bo’ladi. O’simliklarda uchiraydigan ayrim mikroelemetlar (bariy, qo’rg’oshin) inert yoki zarar (alyuminiy) bo’lishi mumkin. Ko’pchilik ME ortiqcha dozada (marganes, mis,temir) toksik modda bo’lib qoladi.


Shunday qilib mikroelementlar mineral oziqlanishda muhim fiziologik ahamiyatga ega. Ularni yo’qligi yoki yetishmovchiligida o’simlik o’z hayot siklini amalga oshira olmaydi. Agar ularni biokimyoviy roli va fiziologik funksiyasiga kelsak, barcha elementlar ikkiga (makro- va miroelementga) emas, Mendel va Kibri fikriga ko’ra 4 ta gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppaga organik birikmalarni asosiy qismini tashkil etuvchi (N, S) elementi kiradi. Ikkinchi gruxga energiyani tashishda yoki hujayra va uni organellalarining strukturasini bir butun saqlashda ishtirok etuvchi elementlar (P, Ca, Mg, Si) kiradi. Uchinchi guruxga (K, Na, Ca, Mn, CI) erkin ion holda to’qmalarda yoki osmotik potensialni ushlab turish uchun va fermentlar kofaktori bo’lgan turli xil birikmalar tarkibiga kiradi. To’rtinchi guruxga elektronlar tashishda ishtirok etuvchi (Fe, Cu, Zn, Mo) elementlar kiradi.

Yüklə 153,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin