7
1-BOB. GEOEKOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI,
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1.1.
Geoekologiyaning vujudga kelishi va taraqqiyot tarixi
Hozirgi paytda ekologiyaga oid ilmiy adabiyotlarda landshaft ekologiyasi,
geoekologiya atamalari tez-tez uchraydi. Landshaft ekologiyasi atamasini birinchi bo`lib
nemis geografi K.Troll 1939 yilda ishlatgan. Uning fikricha, landshaft ekologiyasining
asosiy vazifasi hudud bo`yicha ekologik o`zgarishlarni funktsional tahlil qilishdan iborat.
Ingliz tilida landshaft ekologiyasi geoekologiya (geoecologu) deb tarjima qilingan, nemis
ilmiy adabiyotlarida esa geoekologiya landshaft ekologiyasining bir qismi hisoblanadi
(Rixling, 1997). Rus va o`zbek tillarida chop etilayotgan ilmiy ishlarda geoekologiya,
landshaft ekologiyasi terminlarining ikkalasi ham uchraydi.
Geoekologiya terminini
geologlar geologiya va ekologiya o`rtasidagi ilmiy yo`nalish deb ham tushunishadi.
YAqinda taniqli ekolog V.A.Vronskiy (2002) chop ettirgan ―Ekologiya (slovar’
spravochnik)‖ kitobida landshaft ekologiyasi va geoekologiya sinonim sifatida
quyidagicha ta`riflangan: ―geografik va ekologik nuqtai-nazardan ekosistemalardagi
kompleks o`zaro munosabatlari haqidagi ta`limotdir‖.
O`z vaqtida A.Gumbol’dt biosfera to`g’risidagi inson bilan tabiatning o`zaro aks
ta`sirida mavjudligini tamoyil sifatida aytib o`tgan edi. XX asrning 20-30 yillarida bu fan
yo`nalishida ancha aniqliklar yaratildi. Amerika geograflarining assotsiatsiyasini
prezidenti X.Berrouzni fikrlari ma`lum bo`ldi. U aytadiki ―geografiya inson
ekologiyasidir‖. 1939-yilda K.Troll landshaft ekologiyasi degan yo`nalishni
ishlab
chiqadi.
U
birinchi
marta
―geoekologiya‖ atamasini qo`llay boshlaydi.
1960-1970-yillarda V.B.Sochava ―inson ekologiyasi geografiyada eng asosiy
kontseptsiya-ilmiy ta`limot bo`lishi lozim‖ deb yozgan edi.
Hozirgi vaqtda bu atama keng tarqalgan, lekin atamaning asosiy mazmunida yana
tadqiq qilinadigan xususiyatlari mavjud, noaniq tomonlari ham bor. Hali chuqur nazariy,
metodologik va uslubiy xususiyatlar yaratilmagan. Binobarin, geoekologiya hali fan
darajasiga qadar ko`tarilganicha yo`q, u ilmiy yo`nalishdan iborat.
Inson va tabiat orasidagi o`zaro aloqalar va munosabatlar to`g’risidagi
8
kontseptsiyalar mavjud jamiyatning tabiatga bo`lgan munosabatini, tabiatdan foydalanish,
o`zgartirish va muhofaza qilish borasidagi tadbirlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.
Ushbu kontseptsiyalarning asosiy qismini o`zaro munosabatlarning
geografik va
ekologik jihatlari tashkil etadi. Geoekologik kontseptsiyalarga o`tishdan oldin, uning fan
sohasi sifatidagi asosiy xususiyat- lariga e`tibor qaratishimiz lozim: 1) geoekologiya –
biron hududdagi ekologik voqea-hodisalar haqidagi fan; 2) geoekologiya – tabiiy va
ijtimoiy ilm sohalari doirasida rivojlanmoqda; 3) geoekologiya – geotizimlarning
geoekologik vaziyati, holati haqidagi fan; 4) geoekologiya – tabiat va
jamiyat orasidagi
munosabatlar hamda geoekologik voqea-hodisalarning o`zaro bog’liqlik, o`zaro
munosabat, bir-birini taqozo etishi haqidagi fan ekanligi va hokazolar (Timashev, 2000).
Adabiyotlarda quyidagi kontseptsiyalar keltiriladi: Tabiatni muhofazalash,
texnokratik optimizm, geotizimli, ekologik revolyutsiyalar,
barqaror rivojlanish
kontseptsiyasi va hokazolar. Ushbu kontseptsiyalar ayrim masalalarda bir-birini to`ldirsa,
ayrimlarida bir-biriga ziddir. Biz tadqiqot maqsadimiz va geoekologiya fanining
yuqorida keltirilgan xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi kontseptsiyalardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: