3. Yangi mavzuni yoritish: Uchburchaklarning tengligi Ta’rif. Agar ikki ABC va A`B`C` uchburchaklarni ustma-ust qo’yganda ularning uchta uhlari ham ustma-ust tushsa, bunday uchburchaklar o’zaro teng deyiladi. O’zaro teng uchburchaklar quyidagicha ifodalanadi (158-rasm):
O’zaro teng uchburchaklarning barcha elementlari mos ravishda bir-biriga teng bo’ladi, ya’ni tomonlari:
burchaklari:
balandliklari:
medianalari:
bissektrisalari:
bo’ladi.
Va aksincha, ikki uchburchakning elementlari mos ravishda teng bo’lsa, uchburchaklarning o’zi ham teng bo’ladi. Taqqoslanayotgan uchburchaklarda o’zaro teng burchaklar qarshisidagi tomonlar bir-biriga mos tomonlar deyiladi.
Uchburchaklarni taqqoslashda barcha elementlarini birma-bir taqqoslab chiqish shart emas. Balki ularning uchtadan mos elementlarini bir-biriga taqqoslash yetarli. Ularning tengligidan qolgan barcha elementlarining ham o’zaro tengligi kelib chiqadi. Taqqoslanadigan elementlardan kamida bittasi chiziqli element bo’lishi kerak.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 310. Tomonlarining uzunligi 4 sm, 6 sm va 11 sm bo’lgan uchburchak yasang.
312. “Perimetrlari teng bo’lgan ikki uchburchak o’zaro teng” degan tasdiq to’g’rimi? Javobingizni o’lchash bilan asoslang.
313. “Teng tomonli uchburchakning uchta burchagi 60o dan iborat” degan tasdiq o’rinlimi? Javobingizni asoslang.