Darsning maqsadi: To’g’ri chiziq va kesma haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish: To’g’ri chiziq T arang tortilgan ip (10-rasm), stol va devorlarning qirralari to’g’ri chiziq haqida tasavvur beradi.
A maliyotda to’g’ri chiziqni chizishda yoki hosil qilishda chizg’ichdan, tarang tortilgan ipdan foydalaniladi.
To’g’ri chiziq cheksiz shakl bo’lib, chizmada uning bir qismini aks ettirish mumkin (11-rasm).
O datda to’g’ri chiziq lotin alifbosining kichik harflari bilan a, b, c, … tarzida belgilanadi. To’g’ri chiziq o’ziga tegishli ixtiyoriy ikki nuqtasining ifodasi orqali (AB), (CD), (MN), … shaklida ham belgilanishi mumkin. Bunda (AB) ifoda AB to’g’ri chiziq deb o’qiladi.
Chizma tekisligida to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lgan va tegishli bo’lmagan nuqtalar mavjuddir (12-rasm). Agar B nuqta b to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lsa, Bb tarzida, agar A nuqta b to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmasa,
A b shaklia ifodalanadi. Bunda -tegishlilik, -tegishli emaslik belgisi. Bb ifodani b to’g’ri chiziq B nuqtadan o’tadi, Abifodani esa b to’g’ri chiziq A nuqtadan o’tmaydi, deb ham o’qish mumkin.