Aylanma fondlar va aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati hamda ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
Djuramuratova Nigina
Reja:
Aylanma mablag’lar va ularning iqtisodiy tabiati.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari.
Muomala fondlari.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy
fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag`larga ham ega bo`lishlari zarur.
Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini
tashkil qilishga mo`ljallangan pul mablag`laridan iborat. Aylanma mablag`lar,
qoidaga ko`ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko`rinishida jamg`ariladi. Qar
bir korxonaning aylanma mablag`lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot
ishlab chiqarish dasturi bilan bog`liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab
chiqarayotgan maqsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag`lar shunchalik ko`p
talab qilinadi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini
ta`minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
AYLANMA MABLAG’LAR VA ULARNING IQTISODIY TABIATI “Aylanma mablag`lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham
ko`p qo`llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo`jalik yuritishning xorijiy tajribasidan
olinadi. Mohiyatiga ko`ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir
qismi bo`lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir tsiklida ishlab chiqarilgan
maqsulotga o`tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so`ng korxonaga qaytariladi.
Aylanma kapital ko`pincha korxonaning pul mablag`lari qisoblanuvchi yoki ishlab
chiqarish jarayonida pul mablag`lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga
kiritiladi.
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o`rniga
ko`ra, “aylanma mablag`lar” va “aylanma kapital” o`rtasida sezilarli farq yo`q.
Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg`i,
energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek,
ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to`lashga bo`nak (avans)
tariqasida beriladi. Aylanma mablag`larga bo`lgan qo`shimcha talab banklardan
olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag`larga etarli
tarzda ega bo`lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo,
material, yoqilg`i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan holda
qanchalik kam bo`lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag`lar
kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo`ladi.
Korxonalarning aylanma mablag`lari aylanma fondlari va muomala fondlariga
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy-buyumlashgan tuzilishidan
tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi
ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida
aylanma mablag`larga bo`lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol’ o`ynaydi.