Yoqilg‘i-energetika resurslari reja Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari Tabiiy resurslarning tasnifi



Yüklə 160,49 Kb.
səhifə1/5
tarix20.10.2023
ölçüsü160,49 Kb.
#157946
  1   2   3   4   5
YOQILG


YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARI
Reja
1. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
2. Tabiiy resurslarning tasnifi
3. O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining tavsiflari

Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
YoqiIg‘i-energetika resurslari (YOER) - bu material obyekt bo‘Iib, unda inson tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to‘plangan.
Energetika resursi deb - tabiiy yoki sun’iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Energiya resurslari - hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin boigan energiya tashuvchilardir.
Tabiiy resurslarni, shu jum ladan, energetika resurslarini, o ‘rganishda ularning ilmiy tasnifi, ya’ni xomashyo, obyektlar va tabiiy muhit hodisalar yig‘indisini funksional muhimlik belgilari bo‘yicha ajratish kerak.
Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri - bu tugallanish belgisi b o iib , unga muvofiq energetika resurslari tugallanadigan va tugallanm aydiganlarga b o ‘linadi (2.1-rasm ). 0 ‘z navbatida tugallanadigan energetika resurslari tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. Tiklanuvchi energetika resurslariga tabiat (yer, o ‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan resurslar kiradi, tiklanmaydigan energetika resurslariga — ilgari tabiatda to ‘plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, k o ‘mir va boshqa yer osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydigan energetika resurslariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi.
Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari
quyosh energiyasini tabiiy o ‘zgartirish natijasidir. K o‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va 0‘tinlar - bu o ‘simliklar tomonidan olingan va o ‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof- muhitning noorganik elementlaridan, ya’ni suv (H20 ) va karbonat angidrid gazi C 0 2 lardan quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarda asosiy elementi uglerod(C) boigan organik modda hosil bo‘ladi.



Yüklə 160,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin