Yoqilg‘i-energetika resurslari reja Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari Tabiiy resurslarning tasnifi


O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining tavsiflari



Yüklə 160,49 Kb.
səhifə4/5
tarix20.10.2023
ölçüsü160,49 Kb.
#157946
1   2   3   4   5
YOQILG

O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining tavsiflari
Davlatning energiya tejash siyosati - bu quyidagi yo‘llar bilan energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha uzoq kelajakka m oijallangan tadbirlar majmuasidir:
- jamiyat talabining zarur hajmini qoniqtirishda oxirgi (so‘nggi) energiya sarfini qisqartirish;
- «qazib olish - o ‘zgartirish — taqsimlash - foydalanish» tizimining har bir bosqichini takomillashtirish hisobiga energiya resurslaridan samarali foydalanishni oshirish;
- zaxirasi chegaralangan energiya manbalarini (tabiiy gaz va nefit) boshqa ancha arzon bo‘lgan (ko‘mir) va tiklanuvchi energiya manbalari bilan almashtirish;
- ekologiya talablarini qondirgan holda, energiya resurslaridan foydalanishning energiya samaradorligini oshiradigan kelajagi porloq texnogoliyalami qoilash.
Energiya tejashning davlat tomonidan rostlanadigan va amalga oshiriladigan tadbir majmuasi tizimining asosiy masalalari:
- energiya tejash tadbirlarini amalga oshirishni rag‘batlanti- rishga mos keladigan qonuniy, huquqiy - m e’yoriy va uslubiy asoslami hosil qilish;
- elektr energiya ishlab-chiqaruvchilarni huquqiy va iqtisodiy jihatdan qiziqtiradigan mos sharoitlar bilan ta’minlash;
- iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi darajasini va energiya tejash potensialini aniqlash.
Energiya tejash, energetik sinovlar o ‘tkazish (korxonani loyihalash va ishga tushirish arafasida) natijalari asosida va mahsulot ishlab chiqarishda hamda xizmat ko‘rsatishdagi haqiqiy solishtirma energiya sig‘imi, sarf-xarajatlarini solishtirma energiya sig‘imning me’yoriy qiymatlari bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi.
Har qanday ko‘rinishdagi mahsulot ishlab-chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatish uchun sarf bo‘lgan yoqilg‘i energetik resurs (YOER)dan foydalanish samaradorligining darajasi, ishlayotgan
va yaratilayotgan texnikaning mamlakatda erishilgan iqtisodiy rivojlanish darajasiga to‘g‘ri kelishi kerak va bunda atrof-muhitni himoyalash talablari ham bajarilishi zarur. Bu daraja, mahsulot ishlab- chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishdagi, haqiqiy solishtirma elektr sig‘imi xarajatlarini, ularning me’yoriy qiymatlariga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ba’zi tuzatishlami ham hisobga olish zarur. Bu eng kam (minimal) solishtirma yoqilg‘i sarfini ta’minlanishi kerak bo‘lgan energetika korxonalari uchun katta ahamiyatga ega.
Energiya tejashning iqtisodiy samaradorligi, qazib chiqarishni tezlashtirish bu energiya resurslarni ishlab-chiqarishga nisbatan shunchalik kattaki, uni amalga oshirish bir vaqtda asosiy fondlarni yangilashni va m odernizatsiya qilishni, iqtisodiy va sotsial muammolarni yechadi, yoqilg‘i va energiya ishlab chiqarishni, qazib chiqarishni ko‘paytirish uchun sharoitlar yaratadi, agarda bu uzoq kelajakda talab etilsa ham. Bunda iste’molchida iqtisod qilingan bir tonna shartli yoqilg‘i kamida 1,3^2 tonna qazib olingan shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi. Mutaxassislarning baholashi bo‘yicha, energiya tejashdan olingan foyda unga qilingan sarfdan uch barobar yuqoridir.


Yüklə 160,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin