O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA YO`NALISHI
4 – BOSQICH 402 – GURUH TALABASI
SAMIKOVA MADINANING
“ELEKTROTEXNIKA ASOSLARI” FANIDAN YOZGAN
MAVZU:
ELEKTR
ENERGIYASINI
ISHLAB
CHIQARISH
(MUQOBIL
ENERGIYA
MANBALARI)
Bajardi: Samikova Madina
Kurs ishi rahbari: Soyipov Jasurali
NAMANGAN – 2016
2
MAVZU:ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB
CHIQARISH (MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI).
KIRISH.
REJA:
1. O’zbekistonning muqobil energetika sohasidagi salohiyati
2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari
3. Muqobil energiya – iqtisodiy barqarorlik omili
4. Quyosh energiyasidan foydalanish
5. Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish
6. “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish
chora- tadbirlari to’grisida”gi president farmoni
XULOSA.
ADABIYOTLAR.
ILOVALAR.
3
KIRISH
Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning
ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va
energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Respublikamizda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish,
birinchi navbatda gidroenergetika salohiyatidan foydalanish borasida ma'lum ishlar
amalga oshirilmoqda.
Kompaniyalar
tomonidan
mavjud
GESlarni
modernizatsiyalash
va
rekonstruksiya qilishga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash
bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Quyi Bo’zsuv GESlar kaskadidagi 14-GES va
Farhod GESni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish ko’zda tutilmoqda.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish natijasida 2015-yilga kelib
energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash va energetikani yanada
rivojlantirish, yiliga 1 mlrd. m
3
dan ziyod hajmda tabiiy gazni tejashga erishish,
elektr energiyasi hosil qilishga ketadigan energiya solishtirma sarfini 13% ga,
atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli chiqitlar hajmini 10% ga kamaytirish
rejalashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini
yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 01.03.2013 yil
PQ-4512-sonli farmoni va “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish
to’g’risida”gi 01.03.2013 yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida
4
“Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi
instituti tashkil qilindi. “O’zbekenergo” DAK ushbu institutning ta'sischilaridan
biri hisoblanadi.
Kompaniya tomonidan quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida
respublikaning qator viloyatlaridagi “Muruvvat uylari”, “Mehribonlik uylari” va
qishloq vrachlik punktlarida gelioqurilmalar o’rnatildi. Bundan tashqari,
Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki kredit resurslarini jalb qilgan holda
quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh stansiyasini qurish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, 2013-yilda “Navoiy” EIIZda quvvati 50 MVt bo’lgan fotoelektr
quyosh panellari ishlab chiqarish boyicha qo’shma korxonaning 1-bosqichi tashkil
etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha
oshiriladi.
Shu munosabat bilan “O’zbekenergo” DAKda yoqilg’i-energetika balansiga
qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda.
Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqyosida foydalanish
respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste'molini
kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib
tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi
va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni
chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari
respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi,
energiya resursi jihatidan qoniqarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan
foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab
tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi.
Hukumat tomonidan milliy iqtisodiyot tarmoqlarini kam uglerodlik holatiga
o'tishga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Ushbu yo'nalish mamlakatimizdagi energiya
sarfini hamda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga o'z xissasini qo'shadi.
Aynan shu mavzuga doir masalalar O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligida
bo'lib o'tgan matbuot anjumanida muhokama etildi. Unda energiya tejamkorligi va
5
samaradorligini oshirish, birlamchi energiya manbalarini, ayniqsa tabiiy gazni
katta miqdorda tejash imkonini berishi alohida ta'kidlandi. Bu sohalarga
yo'naltirilgan investitsiyalar nafaqat iqtisodiy samarasi bilan balki ekologiya uchun
nafi bilan ham dolzarbdir.
Hisob-kitoblariga ko'ra, har yili Respublikamizda 23 million t.n.e. yaqin
energiya resurslarini tejash mumkin. Ushbu salohiyat amalga oshirilsa
atmosferamizga chiqadigan zararli gazlarini 40 million tonnaga qisqartirsa buladi.
Mahalliy mutaxassislarning fikricha, mamlakat iqtisodiyotdagi energiyani ko'p
iste'mol qiluvchi sektorlarida energiya samaradorlik choralari kompleks shaklda
amalga oshirilsa, 30-40% birlamchi energiya, ya'ni 16-21 mlrd. kub. metr tabiiy
gaz tejash imkoni yaratiladi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikdagi qo'shma loyihasi doirasida kam uglerodlik
rivojlanish strategiyasi va uning doirasida 2050-yilgacha bo'lgan dastur ishlab
chiqildi. Ushbu hujjatlarga binoan, xozirgi kunda respublikamizda amalga
oshirilayotgan energiya samaradorlik choralari 2050-yilgacha 27,3 mln. t.n.e.
energiya resurslarini tejaydi. Agarda muqobil energiya manbaalari O'zbekistonning
umumiy energiya balansida 19-23% ni tashkil etsa, shu tariqa 2030-yilda 3,28 mln.
t.n.e va 2050 yilda 5,88 mln. t.n.e. tejaladi.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, elektr ishlab chiqishda an'anaviy energiya
manbaalari bilan bir qatorda muqobil energiya manbalaridan foydalanish yiliga
1,5 mlrd. kub/m, tabiiy gazni tejash va qo'shimcha 5 mlrd. kVt/s elektrni quyosh
energiyasi evaziga ishlab chiqarishga imkon yaratadi.
Institutsional salohiyatning yuqoriligi O'zbekistonda toza rivojlanish
mexanizmining (TRM) asosini shakllantirishga va amalga oshirishga imkon berdi.
Qisqa 7 yillik muddat ichida, nafaqat o'nlab toza rivojlanish mexanizmi-loyihalari
portfeli shakllantirishni, balki 14,4 milliondan oshiq zararli gazlarini qisqartirishga
erishildi.
Hozirgi kunga qadar, O'zbekistonda ro'yxatga olingan toza rivojlanish
mexanizmi-loyihalari bo'yicha MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o'rtasida
6
yetakchi bo'lib qolmoqda. Ushbu loyihalarga 24 mln. AQSH dollardan ortiq xorijiy
investitsiyalar jalb etildi. Neft-gaz sohasida amalga oshirilgan bunday
loyihalarning qo'shimcha ta'siri evaziga 5 yil mobaynida 700 mln. m
3
ortiq tabiiy
gaz tejaldi.
7
Dostları ilə paylaş: |