Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi


O’zbekistonning muqobil energetika sohasidagi salohiyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#60307
1   2   3   4   5   6   7   8
1.O’zbekistonning muqobil energetika sohasidagi salohiyati 
 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2013-yil 20-23-noyabr kunlari bo’lib 
o’tgan Osiyo quyosh energiyasi forumining 6-yig’ilishiga mamlakatimiz 
mezbonlik qilgan. Unda ko’plab xorijlik ekspertlar, mutaxassislar, olimlar, 
yurtimizda 
faoliyat 
ko’rsatayotgan 
xorijlik 
diplomatlar 
qatnashdi. 
Forum dasturiga ko’ra, mehmonlarni yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya 
manbalarini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar, ularning amaliy samaralari haqida yaqindan xabardor qilish, o’zaro 
tajriba almashish rejalashtirildi. 
Chunonchi, mazkur tadbir ishtirokchilari Toshkent viloyatining Parkent 
tumanida joylashgan Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish 
birlashmasi Materialshunoslik institutiga tashrif buyurdilar. 
Prezidentimizning 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bu boradagi
sa’y-harakatlar va islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda mustahkam huquqiy 
asos 
bo’lib 
xizmat 
qilmoqda. 
Aytish joizki, institutda zamon talablari asosida tadqiqotlar olib borilayotir. 
Mujassamlashtirilgan quyosh nurlarining moddalar bilan ta’siri, olovbardosh 
materiallarni 
sintez qilish jarayonlarini o’rganish yo’nalishlari shular 
jumlasidandir. Ayni paytda mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari negizida 
mustahkam keramik materiallar olish ustida izlanishlar davom ettirilmoqda. 
Bunday mahsulotlar tibbiyot, neft, gaz, yengil va elektrotexnika sanoati uchun 
zarur buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishda qo’l keladi. 
Bundan tashqari, oftob nurlari ta’sirida yangi texnika qismlari, konstruksiyalarni 
impuls va uzluksiz rejimda sinovdan o’tkazish, yirik hamda kichik energetik 
qurilmalar yaratish va Katta Quyosh qurilmasi funksional imkoniyatlarini 
kengaytirishga 
ham 
alohida 
e’tibor 
qaratilayapti. 
Ishtirokchilarga bu yerdagi Katta Quyosh qurilmasi haqida mufassal ma’lumot 



taqdim 
etildi. 
Yuqori 
kuchlanishli 
elektrotexnik 
chinni 
tarkibi 
ishlab 
chiqilgani, 
elektrotexnika sanoati uchun zarur bo’lgan qator rusumlardagi saqlagichlar 
korpuslari, keramik massa asosida elektr dazmollari uchun kolodkalar 
tayyorlanayotgani buning tasdig’idir. Qolaversa, turli quvvatlardagi quyosh 
qurilmalari, neft mahsulotlarini saqlash hamda ularning bug’lanib ketishini 
kamaytirishda ishlatiladigan chinni pontonlar, tabiiy gazni yot birikmalardan 
tozalovchi keramik filtrlar va sharlar, qurilish materiallari, pigmentlar, tibbiyot 
sohasi uchun infraqizil nurlatgichlar, jarrohlik hamda stomatologik anjomlarni 
sterilizasiya qiluvchi tejamkor uskunalar yaratildi. Bularning barchasi iqtisodiyot 
tarmoqlariga innovasion va muqobil hamda ilg’or texnologiyalarni keng joriy 
etishda 
ayni 
muddaodir. 
Mutaxassislarning aniqlashicha, neft va gaz zaxiralari 45-75 yildan so’ng 
tugashi mumkin ekan. Shularni inobatga olsak, noan’anaviy energiya manbalarini 
rivojlantirish, uni hayotimizga yanada keng olib kirishni davrning o’zi taqozo 
etadi. Quyosh, shamol kabi muqobil manbalar nafaqat cheklanmaganligi, balki 
ekologiyaga zararsizligi bilan ham ajralib turadi. Mamlakatimizda yilning 300 
kundan ziyodi quyoshli o’tadi. Demak, yurtimizda bunday salohiyat nihoyatda 
ulkan. 
«Quyosh energiyasi texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyalari va 
istiqbollari» mavzusidagi mazkur yig‘ilish uchun taklif etilgan kun tartibini, 
birinchi navbatda, «Quyosh energetikasi uchun uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab 
chiqarish sanoatini rivojlantirish va Osiyo uskunalar bozorini kengaytirish 
istiqbollari» kabi masalalarni har tomonlama muhokama qilish, hech shubhasiz, 
g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘plab davlatlar va mintaqalarda katta 
amaliy qiziqish uyg‘otdi. 
Ma’lumki, sivilizatsiyalar tarixida eng samarali energiya manbalarini topish 
doimo alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Birinchi navbatda, elektr va issiqlik 
energiyasining asosiy xomashyosi bo‘lgan uglevodorod zaxiralarini o‘zlashtirish 



uchun so‘nggi o‘n yillikda ulkan miqdordagi investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi 
va yo‘naltirilmoqda. 
Bugungi kunda energiya resurslari manbalari, neft va gaz zaxiralariga ega 
bo‘lish cheksiz daromad olish va xalqaro maydonda o‘zining mavqei va ta’sirini 
oshirishda alohida ahamiyat kasb etadigan eng muhim omillardan biri ekani hech 
kimga sir emas. 
Keyingi paytda uglevodorod xomashyosini qazib olish borasida yuz bergan, 
«slanets inqilobi» deb atalayotgan yangi bosqich ertaga ba’zi qit’alar, mamlakat va 
hududlarning energetika bozoridagi hamda jahon maydonidagi kuchlarning 
geosiyosiy joylashuvidagi o‘rni va rolini o‘zgartiradigan jiddiy omilga aylanishi 
mumkinligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Biroq bunday o‘zgarishlar qayta 
tiklanadigan energiya manbalariga, birinchi navbatda, dunyodagi eng sof quyosh 
energiyasidan foydalanishga bo‘lgan, yildan-yilga ortib borayotgan qiziqish va 
ehtiyojni hech qachon susaytira olmaydi. Bu haqda gapirganda, quyidagi faktga 
alohida e’tibor qaratish lozim. Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 
dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari o‘rtacha 3,4 foizni 
tashkil etayotgan bir paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng 
istiqbolli tarkibiy qismi bo‘lgan quyosh energiyasi keyingi besh yil davomida har 
yili misli ko‘rilmagan sur’atlarda, ya’ni 60 foizga oshmoqda. 
Ana shu 5-yil mobaynida quyosh energetikasi sohasiga yo‘naltirilgan yalpi 
investitsiyalar hajmi 520 milliard dollarni, jumladan, faqat 2012-yilning o‘zida 143 
milliard dollarni tashkil etdi. 
Quyosh stansiyalari tomonidan 2012-yilda ishlab chiqarilgan jami elektr 
energiyasi 113 milliard kilovatt-soat, jumladan, fotoelektr stansiyalar bo‘yicha 110 
milliard kilovatt-soatni tashkil etdi. 
Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, dunyoda muqobil va qayta tiklanadigan 
energiya manbalarini izlab topish va ularning samaradorligini oshirish, xususan, 
elektr va issiqliq energiyasi olish uchun quyosh energiyasidan foydalanishga 
bo‘lgan qiziqishning jadal o‘sib borishiga olib kelayotgan sabablar ko‘p. 


10 
Birinchi navbatda, bu jahon iqtisodiyotida energiyaga bo‘lgan talabning yil sayin 
ortib borayotgani bilan bog‘liq. Yana bir sababi shundaki, an’anaviy uglevodorod 
xomashyosi bo‘lmish neft va gazning yangi manbalarini o‘zlashtirish tobora 
qiyinlashib borayotgani va shu bilan birga, ularning zaxiralari kamayib ketayotgani 
xalqaro hamjamiyatda tashvish uyg‘otmoqda. 
Ammo shu borada hech qachon e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan shunday 
muhim bir omil borki, u ham bo‘lsa, qazib olinayotgan yoqilg‘idan foydalanish 
misli ko‘rilmagan darajada kengayib borayotgani atrof-muhitga sezilarli darajada 
zarar yetkazayotgani, aholining salomatligi va hayot sifatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatayotgani va kelajakda global miqyosda barqaror rivojlanishga xavf 
solayotgani bilan bog‘liq. 
Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llaridan biri, bu, avvalo, qayta 
tiklanadigan energiyaning eng samarali va istiqbolli manbai sifatida quyosh 
energetikasini rivojlantirish loyihalariga investitsiya yo‘naltirishni yanada 
ko‘paytirishdan iborat. 
Ikkinchidan, muammoni hal etishda ilmiy va tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalarini har tomonlama jadal rivojlantirish va shuningdek, quyosh elektr 
energiyasi ishlab chiqaruvchilar va uning iste’molchilarini davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash talab etiladi. 
Uchinchidan, bu boradagi yana bir imkoniyat uglevodorod xomashyosidan 
foydalanishga asoslangan an’anaviy energetika tizimiga nisbatan quyosh 
energetikasi raqobatdoshligini ta’minlash bilan bog‘liq. 
Agar 2008-yilda bir kilovatt-soat quyosh elektr energiyasini ishlab chiqarish 
35 sent darajasida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu raqam, ekspertlarning 
ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha 11-12 sentni tashkil etayotgani, Xitoy va Hindiston 
kabi ayrim mamlakatlarda esa barpo etilayotgan fotoelektr stansiyalarda bir 
kilovatt-soat elektr energiyasi tannarxini 8-9 sentga qadar tushirish vazifasi 
qo‘yilayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, hech shubhasiz, bu maqsadga erishish 
mumkin ekani ayon bo‘ladi. 


11 
Boshqacha aytganda, ba’zi mamlakatlardagi fotoelektr stansiyalarda ishlab 
chiqarilayotgan elektr energiyasi, unga nisbatan an’anaviy imtiyoz va 
preferensiyalar qo‘llanmayotgan bo‘lsa-da, uglevodorod xomashyosini yoqish 
hisobidan olinadigan elektr energiyasi bilan raqobatlasha oladi. 
Vaqti-vaqti bilan takrorlanayotgan global iqtisodiy inqirozlar sabablarini 
tahlil qilish asnosida xulosa chiqargan ayrim olimlarning fikr-mulohazalarida 
muayyan mantiq mavjud. Ya’ni, halokatli inqirozdan chiqish yo‘lini topish jahon 
hamjamiyatini zamonaviy texnologiyalarning prinsipial jihatdan yangi avlodini 
o‘zlashtirishga, boshqacha aytganda, ishlab chiqarishning yanada jadal va tejamkor 
o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi bosqichiga 
olib keladi. 
Shu munosabat bilan quyidagi xulosaga kelish qiyin emas. 2008-yilda 
boshlangan va hamon davom etayotgan global inqirozdan chiqish ko‘p jihatdan 
bizning birinchi navbatda energetika sohasida texnologik taraqqiyotning yangi 
bosqichiga qanchalik tez o‘tishimizga bog‘liq. 
Bu o‘rinda so‘z bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotini qayta 
tiklashga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablardan biri – an’anaviy energiya 
resurslari, avvalambor, neft narxining asossiz ravishda yuqori bo‘lib qolayotgani 
haqida bormoqda. Iqtisodiy jihatdan samarali fotoelektr energiyasi manbalarini 
ommaviy ravishda joriy etish istiqbolda neft narxini optimallashtirish imkonini 
beradi. Bu esa o‘zining cheklangan valyuta zaxiralarini uglevodorod xomashyosini 
chetdan sotib olish uchun sarflashga majbur bo‘layotgan rivojlanayotgan 
mamlakatlarni jadal taraqqiy ettirish borasida rag‘batlantiruvchi vosita 
bo‘ladi. Shunday ekan, quyosh energetikasi inqirozdan chiqishda lokomotiv 
vazifasini bajaradigan omillardan biri bo‘lishi mumkin va zarur. 
O‘zbekistonda 
energetika maqsadlari uchun quyosh energiyasidan 
foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu jarayonlarning ko‘lami va 
amaliy yo‘nalishlarini kengaytirishni taqozo etadigan omillar: mamlakatimizda 
barqaror yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanayotgani, shuningdek, amalga 
oshirilayotgan tarkibiy tub o‘zgarishlar, iqtisodiyotni diversifikatsiya va 


12 
modernizatsiya qilish, sanoatning jadal rivojlanishi, neft-gaz va boshqa xomashyo 
resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha eng ilg‘or texnologiyalar bilan 
jihozlangan zamonaviy hamda qudratli gaz-kimyo kompleksini shakllantirish bilan 
bog‘liq. 
Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siriga qaramasdan, 
O‘zbekistonda so‘nggi olti yil davomida yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish 
sur’ati 8 foizdan ziyodni tashkil etayotganini ta’kidlash kifoya, deb o‘ylayman. 
2000-2013-yillarda bu ko‘rsatkich 3,8 barobar, yalpi mahsulot esa aholi jon 
boshiga 3,2 barobar o‘sdi. 
Xalqaro 
moliya 
institutlarining 
baholariga 
ko‘ra, 
O‘zbekiston 
iqtisodiyotining bunday yuqori o‘sish sur’atlari yaqin istiqbolda ham saqlanib 
qoladi. 
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoatning yuqori darajada jadal 
rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda, mamlakatimizning elektr 
energiyasiga bo‘lgan talabi 2030-yilda joriy yilga nisbatan 2 barobar oshadi va 105 
milliarddan ziyod kilovatt-soatni tashkil etadi. 
O‘zbekiston geografik o‘rni va iqlim sharoitlariga ko‘ra buning uchun g‘oyat 
qulay imkoniyatlarga ega. 
O‘zbekistonda havo bir yilda 320 kundan ziyod ochiq bo‘lib, mamlakatimiz 
yil davomida quyoshli kunlarning ko‘pligi bo‘yicha dunyoning aksariyat 
mintaqalariga nisbatan ustunlikka ega. Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki 
xulosalariga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh energiyasining yalpi salohiyati 51 
milliard tonna neft ekvivalentidan ortiqdir. 
Ana shu resurslar hisobidan, ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 
mamlakatimizda joriy yilda iste’mol qilinadigan elektr energiyasidan 40 barobar 
ko‘p hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. 
Mamlakatimizda quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar 
o‘tgan asrning 1980-yillarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Osiyo 
mintaqasida yagona va ilmiy ishlanmalari yurtimizdan tashqarida ham mashhur 


13 
bo‘lgan “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining ilmiy-
eksperimental markazi tashkil etilganidan keyin jadal rivojlana boshladi. 
O‘zbekiston bugungi kunda ilmiy-texnik, eksperiment o‘tkazadigan kadrlar 
bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizda quyosh energiyasini 
loyihalashtirish va undan foydalanish bo‘yicha katta hajmdagi konstruktorlik va 
texnologik ishlanmalar to‘plangan. 
“Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida Osiyo 
taraqqiyot banki bilan hamkorlikda joriy yilda Toshkentda tashkil qilingan Xalqaro 
quyosh energiyasi instituti ilmiy va ilmiy-eksperimental tadqiqotlar o‘tkaziladigan 
mintaqaviy markazga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur tadqiqotlar natijalari 
quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha istiqbolli texnologiyalar sifatida joriy 
etilishi mumkin. 
O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida 
100 megavatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha 
pilot loyihani amalga oshirishga kirishdi. Qisqa muddatda uning loyiha-texnik 
hujjatlari tayyorlandi, 400 gektardan ortiq yer maydoni ajratildi, ob’ekt qurilishini 
boshlash bilan bog‘liq deyarli barcha masalalar hal etildi. 
Biz kelgusida yuqori samara beradigan, yangi texnologiyalarga asoslangan 
yana bir nechta yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishga kirishishni o‘z 
oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Hozirgi vaqtda shu maqsadda Osiyo 
taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 6 ta hududida eng zamonaviy 
o‘lchash stansiyalari joylashtirildi va har tomonlama puxta ishlangan loyihalarni 
tayyorlashda zarur bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni yig‘ish ishlari olib 
borilmoqda. O‘zbekiston fotoelektrik modullar va quyosh energetikasida 
qo‘llanadigan boshqa uskunalarni ishlab chiqarish uchun boy xomashyo 
zaxiralariga ega ekanini alohida qayd etish kerak. 
O‘tgan yili mamlakatimizda Janubiy Koreyaning “Neoplant” kompaniyasi 
bilan hamkorlikda yillik quvvati 12 ming tonnani tashkil etadigan texnik kremniy 
ishlab chiqaradigan zavod foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda “Angren” 
maxsus industrial zonasida Koreyaning “Shindong Enerkom” kompaniyasi 


14 
ishtirokida yillik quvvati 5 ming tonna bo‘lgan kremniy ishlab chiqaruvchi 
ikkinchi zavod qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda. Kelgusida ushbu mahsulot 
yuqori samarali fotoelektrik quyosh panellari ishlab chiqarish uchun xomashyo 
manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari ishtirokida 2014-yilda 
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida dastlabki quvvati 50 megavatt 
bo‘lgan fotoelektr panellari ishlab chiqaradigan, “Jizzax” maxsus industrial 
zonasida esa yiliga 50 ming dona quyosh issiqlik kollektorlari ishlab chiqaradigan 
korxonalar tashkil etiladi. 
O‘zbekistonda maishiy va uy-joy-kommunal sohada, xususiy uylarda quyosh 
energiyasidan foydalanishni keng joriy etishga, bu borada zarur ishlab chiqarish va 
servis imkoniyatlarini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday texnologiyalarni keng miqyosda qo‘llash 
yaqin yillarda yurtimiz energiya tizimiga tushayotgan energiya yukini 2 milliard 
kilovatt-soatga qisqartirish, lokal tarzda qariyb 2 million gigakaloriya issiqlik 
energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash imkonini beradi. Bu esa yiliga jami 250 
million dollardan ortiq qiymatdagi energiya resursini tejashni ta’minlaydi. 
Yaqin yillar mobaynida asosan uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi 
1300 ta umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarini tajriba tariqasida quyosh 
kollektorlari bilan ta’minlashni rejalashtirilmoqda. Qishloq joylardagi 600 dan 
ortiq vrachlik punktlarida fotoelektrik panellar o‘rnatiladi. 
Bugungi bosqichda quyosh energiyasidan foydalanish muammosi ilmiy 
tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlanmalari sohasidan ularni amaliyotda qo‘llash 
sohasiga barqaror sur’atda o‘tib bormoqda. Quyosh energetikasi esa, qayta 
tiklanadigan energiyaning boshqa turlari kabi, to‘liq raqobatdosh, energiyaning, 
energiya olish usul va vositalarining eng sof turlaridan biriga aylanmoqda. 


15 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin