22
chiqib,
amaliyotga
tatbiq
etish
borasida
izlanmoqda.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanishning yana bir muhim yo`nalishi uni
fotoelektrik
batareyalar
yordamida
elektr
energiyasiga
aylantirish
va
markazlashgan elektr tarmoqlari etib bormagan joylardagi iste`molchilarni
ta`minlashdir. Bu borada jahonning rivojlangan mamlakatlarida samarali usullar
yaratilgan.
Quyoshdan olinadigan elektr energiyasi narxini yanada pasaytirishning
istiqbolli yo`llaridan biri termodinamik usuldir. Bunda
dastlab quyosh energiyasi
harorati 300-350 daraja bo`lgan issiqlik energiyasiga aylantiriladi, keyin undan
an`anaviy bug`-kuch qurilmalari yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi. Bu
usulda ishlab chiqilgan har bir kilovatt-soat
elektr energiyasining narxi
O`zbekiston iqlimi sharoitida 0,1 AQSh dollarigacha pasayishi mumkin.
Tabiiyki, markaziy elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan kam quvvatli energiya
talab qiluvchi iste`molchilarni an`anaviy usulda elektr energiyasi bilan ta`minlash
iqtisodiy jihatdan murakkab jarayon. Ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan yangi
qurilma
bunday
muammoni
bartaraf
etishda
nihoyatda
qo`l
keladi.
Hozir respublikamizning tog`oldi va cho`l hududlarida shunday qurilmalardan bir
nechtasi ishlab turibdi.