Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi


 Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#60307
1   2   3   4   5   6   7   8
5. Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish 
 
Manbalarda keltirilishicha, shamol tegirmonlari eramizdan oldingi II asrda 
Eronda don yanchish maqsadida qo'llanila boshlangan. Keyinchalik dunyoda keng 
tarqalgan bunday tegirmonlar XIII asrdan boshlab Yevropaga kirib borgan. Elektr 
toki ishlab chiqarishga mo'ljallangan shamol tegirmonlari XIX asrda Daniyada 
kashf qilingan va u erda 1890-yilda dastlabki shamol elektrostansiyasi (ShES) 
bunyod etilgan. Zamonaviy, gorizontal o'qli ShESlarning birinchisi 100 kVt 
quvvatga 
ega 
bo'lib, 

1931-yilda 
Yalta 
shahrida 
qurilgan.
Hozirgi vaqtga kelib, ShESlarning qo'llanilish geografiyasi g'arbiy Yevropani 
deyarli qamrab olmoqda. Bu holga birlamchi sabab, muqobil elektr energiyasiga 
bo'lgan zaruriyatning shiddat bilan o'sib borishi bo'lsa, ikkinchi sabab, tabiiy shart-
sharoitdir. Zero zamonaviy ShESlar 3-4 m/s dan 25 m/s gacha bo'lgan tezlikdagi 
shamol sharoitida va relefi nisbatan baland bo'lmagan joylarda optimal ishlaydi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ShESlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo'yicha 
Germaniya jahonda etakchilik qilmoqda. Mazkur mamlakatda qisqa vaqt davomida 
9000 MVt dan ziyod quvvatli ShESlar o'rnatildi va bu jarayon jadal davom 
ettirilmoqda. ShESlarni ishlab chiqarish Germaniya va Daniya mamlakatlari 
eksportining salmoqli qismiga aylandi. Ayni vaqtda Yevropa mamlakatlari 
sanoatining ShESlar bilan bog'liq tarmoqlarida 60 mingdan ziyod kishi doimiy ish 
bilan 
ta'minlangan.
Ba'zi mamlakatlarda shamol energetikasi sohasini maqsadli rivojlantirishga 
yo'naltirilgan tadbirlarga e'tibor qarataylik. 2020-yilga kelib, Germaniya 20 foiz 
elektr energiyasini ShESlar yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Buyuk 
Britaniya, Norvegiya, Kanada, Hindiston, Yaponiya, Ispaniya, Yangi Zelandiya, 
Misr kabi mamlakatlarda yaqin kelajakda shamol energetikasi sohasini maqsadli 
rivojlantirish bilan bog'liq davlat rejalari ishlab chiqilgan. Xalqaro Energetika 
Agentligi (IEA)ning taxminiga ko'ra, 2030-yilga kelib, sayyoramizda shamol 
energetikasiga 
bo'lgan 
ehtiyoj 
4800 
gigavattni 
tashkil 
etadi!
Endi shamol energetikasining ba'zi iqtisodiy va ekologik afzalliklari haqida 


24 
to'xtalib o'tsak. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxining asosiy qismini 
ShESni qurishga sarflangan dastlabki xarajatlar tashkil etadi. ShES minorasining 
poydevori odatda to'laligicha yer ostida bo'ladi. Bu hol o'sha joyda bemalol qishloq 
xo'jaligi mahsulotlari etishtirishda davom etish imkonini beradi. Shunday qilib, 
ShESlar uchun ajratilgan er maydonlari ekinlar hosilining salmog'iga deyarli ta'sir 
qilmaydi. Ekspluatasiya davomida ShES amalda hech qanday yoqilg'i talab 
etmaydi. Misol uchun, 1 MVt quvvatli ShES 20 yilda taxminan 29 ming tonna 
ko'mir yoki 92 ming barrel neftni tejash imkonini beradi. Boshqa energiya ishlab 
chiqaruvchilardan farqli holda ular zararli chiqindilar bilan tevarak-atrofni 
ifloslantirmaydi. 1 MVt quvvatli bunday ShES sayyoramiz atmosferasiga har yili 
chiqarilayotgan karbonat angidrid (CO
2
) gazini 1800 tonnaga, sulfat oksidi (SO2) 
gazini 

tonnaga, 
azot 
oksidini 

tonnaga 
qisqartiradi.
Global Wind Energy Council tashkilotining hisob-kitoblarga asoslanib tarqatgan 
ma'lumotiga ko'ra, 2050-yilga kelib jahon shamol energetikasi atmosferaga 
chiqarilayotgan CO
2
gazining yillik hajmini 1,5 milliard tonnaga qisqartirar ekan. 
ShESlarning yana bir afzallik tomoni shuki, ular muayyan sharoitlarda qayta 
tiklanmaydigan boshqa energiya manbalari bilan raqobatlasha oladi. Eng muhimi, 
ShES uchun energiya manbai bo'lgan shamol tabiatan bitmas-tuganmasdir. Zero, 
mutaxassislarning aniqlashlaricha, shamol energiyasi manbasi sayyoramizdagi 
barcha daryolarda mavjud suv energiyasi manbalaridan 100 marta ko'pdir. Yer 
sathidan 7-14 kilometr balandlikdagi shamol oqimlarining tezligi er sathidagidan 
ko'ra 10-15 barobar yuqori va bu oqimlarning tezligi yil davomida deyarli 
o'zgarmaydi. Bu hol jahon shamol energetikasi istiqboliga ishonch bilan qarashga 
umid 
uyg'otadi.
Albatta, barcha sohalar kabi shamol energetikasini amaliyotga tadbiq etish 
bilan bog'liq qator muammolar mavjud. Bu tabiiy hol. Zero muammolarsiz hech 
bir soha shakllanmagan va rivojlanmagan. Birlamchi, asosiy muammo bu 
shamolning beqarorligidir. Bunday beqarorlik shamol yo'nalishi va tezligining tez-
tez o'zgarishida namoyon bo'ladi. Bu esa ShES quvvatining ba'zan salbiy o'zgarishi 
ehtimolini vujudga keltiradi. Bunday holda ShESlarning nisbatan lokal tarmog'ida 


25 
muayyan quvvatdagi energiya ta'minotini uzatish mumkin bo'lmay qoladi. ShES 
tarmog'ining turg'un va barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida akkumulyator 
batareyalaridan foydalaniladi. Ular ShES ishlab chiqargan elektr energiyasini 
to'playdi va bir maromda iste'molga uzatadi. Ta'minot uzluksiz davom etishi uchun 
bu batareyalarni boshqa energiya manbalariga bog'lash zarurati mavjud. Bunday 
manbalar sifatida quyosh batareyalaridan foydalanish mumkin.


26 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin