XULOSA
Keyingi yarim asr mobaynida sayyoramizda ekologik xavf-xatarlar miqdori
ortib borayotgani mutaxasis-olimlarni jiddiy tashvishga solayotir. Iqtisodiy
taraqqiyot maqsadlarida energiyadan foydalanishning me'yoridan ortib ketishi
muammoning asosiy sababi sifatida e'tirof etilmoqda. Yoqilg‘ining organik
turlaridan foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalari hamda ichki yonuv
dvigatellaridan chiqayotgan zararli gazlar tufayli atrof-muhit ifloslanmoqda. Yillar
davomida atmosferaga zararli moddalar qoldiqlarini katta miqdorda chiqarib
yuborilishi natijasida ozon qatlamiga putur yetgan, Yerda esa global energiya
tanqisligi vujudga kelmoqda. Natijada dunyo iqlimining o‘zgarishi, energiya
quvvati manbalarining kamayishi butunjahon oziq-ovqat tanqisligi muammosi
bilan chambarchas bog‘lanib, insoniyat oldiga ulkan muammolarni qo‘ymoqda.
Bundan tashqari, dunyo aholisi sonining muttasil oshib borayotgani sababli
energiyaga bo‘lgan talabni mavjud energiya tizimlari ta'minlab bera olmaydigan
vaziyat yuzaga kelmoqda. Shu bois BMT bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligida
tuzilgan muvofiqlashtiruvchi guruh 2012-yilni «Barcha uchun xalqaro barqaror
energetika yili» deb e'lon qilib, yangi global tashabbusni ilgari surdi. Tashabbus
2030-yilga borib uchta asosiy maqsadga erishishni mo‘ljallagan: zamonaviy
energetik xizmatlardan ommaviy foydalanishni ta'minlash; dunyo energoiste'molini
40 foizga pasaytirish; dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30
foizga oshirish.
Bugun sayyoramizda qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarining bir
necha turlari tajribadan o‘tkazilyapti. Elektr quvvati olishda geotermal
elektrostansiyalardan Markaziy Amerika davlatlari, Filipin va Islandiyada ko‘proq
foydalanilmoqda. Oqar suvdan foydalanadigan elektrostansiyalarga Fransiya,
Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy kabi sanoqli mamlakatlargina
ega.
Quyosh
elektrostansiyalaridan
jahonning o‘ttizdan ortiq davlati
foydalanmoqda.
32
So‘nggi vaqtlarda ko‘plab mamlakatlar shamol energiyasi qurilmalarini barpo
etishni afzal ko‘ryapti. Ularning aksariyati G‘arbiy Yevropa (Daniya, GFR, Buyuk
Britaniya, Gollandiya)da, AQSH, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Daniya
energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish doirasida
asrlar mobaynida to‘plangan bilimlar va o‘z an'anaviy tajribasi bilan butun
dunyoga mashhur. Bu mamlakatda energiyaning 25 foizi shamoldan olinadi,
barcha chiqindilarning 90 foizi qayta ishlatiladi yoki energiyaga aylantiriladi.
Daniya rivojlanish va «yashil» investitsiya doirasida dunyo yetakchilari tan olgan
mamlakatlardan biridir. Braziliyada esa yonilg‘i sifatida etil spirtidan ko‘p
foydalanishadi.
Qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqboli uning
ekologik tozaligi, ekspluatatsiya qiymatining arzonligi bilan bog‘liq. Yevropa
komissiyasi hisob-kitoblariga qaraganda, 2020-yilga borib muqobil energiya
sanoatida qo‘shimcha 2,8 millionta ish o‘rni yaratiladi. BMT ma'lumotlarida
aytilishicha, birgina 2008-yilda butun dunyo bo‘ylab ko‘mir va neft ishlab
chiqarish sohasiga 110 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritilgan bo‘lsa,
muqobil energetika bilan bog‘liq loyihalarga 140 milliard dollarlik investitsiya jalb
etilgan. Ushbu mablag‘ning 51,8 milliardi shamol energetikasiga, 33,5 milliardi
quyosh energetikasiga, 16,9 milliardi bioyoqilg‘iga sarflangan. Yevropa davlatlari
2008-yilda muqobil energetikaga 50 milliard, Amerika - 30 milliard, Xitoy - 15,6
milliard, Hindiston - 4,1 milliard dollarlik sarmoya sarflagan.
Ma'lumki, hozir yoqilg‘i energetikasi resurslarining asosiy manbaini neft,
tabiiy gaz va ko‘mir tashkil etadi. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, aholi
sonining muttasil o‘sib borishi va sanoatning rivojlanishi inobatga olingani holda
Yer yuzidagi neft 40-45 yilga, tabiiy gaz 70-75 yilga, ko‘mir esa 165-170 yilga
yetishi mumkin. Shu bois muqobil energetika dunyoda innovatsion rivojlanishning
muqarrar omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, jahon uglevodorod xomashyosi
zaxiralarining tugab borishi sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish yanada muhim ahamiyat kasb etyapti.
33
Dunyoning 65 dan ziyod mamlakatlari o‘z oldiga quyosh, shamol, suv
energiyasidan foydalanish orqali muqobil va qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan,
shuningdek,
vodorod,
biogaz
va
boshqalardan
kengroq
foydalanishga qaratilgan maqsadlarni qo‘yishgan.
Hozirgi vaqtda dunyoda energiya ishlab chiqarishning 0,04 foizdan kamroq
qismi quyosh energetikasiga to‘g‘ri keladi. Holbuki, agar yerdagi cho‘llarning bor-
yo‘g‘i 4 foizi quyosh panellari bilan qoplansa, hosil bo‘ladigan energiya butun
insoniyatning ehtiyojini qondirishga yetadi. Bugungi kunning o‘zida quyosh
kollektorlari bilan qoplangan maydon AQSHda 15 milllion metr kvadrat,
Yaponiyada 12 million metr kvadratga yetdi. Isroildagi 1 millionga yaqin quyosh
energiyasi uskunalari mamlakatni issiq suv bilan ta'minlash hajmining 75 foizini
qoplamoqda. Shamol energiyasidan foydalanish ham yuqori sur'atlar bilan
rivojlanyapti, Yevropa mamlakatlarida ulardan foydalanish darajasining o‘sishi
yiliga 40-45 foizni tashkil etada. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
uskunalaridan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularni xarid qilish va
dastlabki foydalanish davrida xarajatlarning yuqoriligiga qaramasdan, o‘zini
oqlaydi. Masalan, Germaniyada 2050-yilga borib mamlakat umumiy energetika
balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 50 foizga yetkazish
kutilmoqda.
Tabiiyki, O‘zbekistonda ham muqobil energiya manbalarini rivojlantirish
uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu yo‘nalishning muhimligi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining
2011-yil yakunlari va 2012-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida qayd etildi: «Biz tabiat tomonidan
berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar bo‘lmish neft, gaz kondensati,
tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan
foydalanishni hamon o‘rganganimiz yo‘q, bu resurslarning katta qismidan ko‘proq
yoqilg‘i sifatida foydalanayapmiz, xolos. Muqobil resurslarni izlash va joriy etish
ishlari talab darajasida emasligiga alohida e'tibor qaratilib, umuman, ushbu sohada
34
zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar to‘planib qolganini
afsus bilan qayd etish kerak».
Haqiqatan ham, O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha
katta salohiyatga ega, ekspertlarning baholashiga ko‘ra, ular qayta tiklanmaydigan
organik yonilg‘i resurslaridan bir necha barobar ortiq. Respublikada bir yilda
quyoshli kunlar 300 kundan ortiq, shamol esuvchi hududlar, shuningdek,
elektroenergiya hosil qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan tog‘ daryolari mavjud.
O‘zbekiston quyoshli kunlar soni bo‘yicha quyosh energetikasi o‘ta rivojlangan
Ispaniyadan ham oldinda. O‘zbekiston sharoitida quyosh resurslari, kichik
gidroenergetika, shamol resurslari, biomassa va geotermal energiya muhim
sanaladi. Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energetika olisda, tog‘li va borish
qiyin bo‘lgan tumanlarda joylashgan aholi punktlari uchun iqtisodiy asoslangan
energiya manbai bo‘lishi mumkin.
Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish imkoniyatlari 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng.
Bugungi kunda mavjud texnologiyalar 180 million tonna neft ekvivalentiga teng
energiya olish imkoniyatini beradi, bu esa, respublikada qazib olinayotgan yonilg‘i
hajmidan 3 barobar ko‘p, shuningdek, atmosferaga 447 million tonna karbonat
angidridi, turli sulfatli birikmalar, azot oksidi va boshqa ifloslantiruvchi moddalar
tashlanishining oldi olinadi.
Mamlakat umumiy energetik balansiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
jalb qilish energetik xavfsizlikni uzoq muddatga saqlab qolishga, energiya
ta'minotini yaxshilashga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu
bilan birga, bizningcha muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy
etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish,
muqobil energiya manbalarini, shuningdek, tejamkor, ekologik toza texnologiya va
energiya resurslarini joriy etish bo‘yicha infratuzilmalar, rag‘bat, imtiyoz va
preferensiyalar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Ma'lumki, XX asrning so‘nggi yillarida yarimo‘tkazgichli asboblar va axborot
texnologiyalari butun jahonda sarmoya kiritish uchun eng istiqbolli sohalar
35
hisoblanardi. Ayni paytda esa quyosh energiyasidan elektr energiyasi olish
qurilmalari ishlab chiqarish bu borada birinchi bo‘lib turibdi.
So‘nggi yillarda quyosh elementlari ishlab chiqarishga va elektr energiyasi
olishga sarmoya kirituvchi kompaniyalar soni ortib bormoqda. Ma'lumotlarga
ko‘ra, bir necha yil muqaddam jahon bo‘yicha quyosh panellari yordamida
olinayotgan umumiy energiya miqdori 4 GVt deb baholangan bo‘lsa, hozir uning
miqdori 15 GVtni tashkil etadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, serquyosh
o‘lkalarda 2030-yilgacha muqobil energiya manbalari sifatida quyosh
fotoenergetikasidan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Misol uchun, Birlashgan Arab Amirliklari noan'anaviy energetika sohasidagi
eng yaxshi innovatsiya ishlanmalari uchun har yili 2,2 million dollar qiymatidagi
grantlar ajratishga qaror qilgan. AQSH va Yevropaning 40 dan ziyod yetakchi
kompaniyalaridan iborat ittifoq esa yaqin ikki yil ichida 10 milliard dollar
miqdoridagi mablag‘ni ekologik toza texnologiyalar sohasiga sarmoya tarzida
kiritishini bildirgan.
Bugungi kunda quyosh nurlarining issiqlik ta'siridan foydalanish sohasi ham
tobora ommalashib boryapti. Xususan, «quyoshli uy»lar qurish loyihalariga katta
miqdorda sarmoya kiritilmoqda. Quyoshdan issiqlik va yorug‘lik olish hisobiga
bunday uylarda boshqa turdagi energiya manbalarining 50-90 foiz tejalishiga
erishiladi. Bunday uylarni qurish nafaqat Misr, Isroil, Turkiya, Yaponiya,
Hindiston, AQSH kabi iqlimi nisbatan issiq o‘lkalarda, balki Fransiya, Angliya,
Germaniya kabi o‘rta iqlimli davlatlarda va hattoki, Shvetsiya, Finlyandiya,
Kanada, AQSHning Alyaska shtati kabi shimoliy hududlarda ham udum
bo‘lmoqda.
Serquyosh o‘lkamizda ham «quyoshli uy»lar qurish, ularni quyosh nuri bilan
isitish, issiq suv va fotoelektrik energiya bilan ta'minlash imkoniyati yuqori.
Yurtimizda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishga qaratilgan
innovatsiya loyihalarining ishlab chiqilishi, ularga mahalliy va xorijiy sarmoyaviy
manbalarning keng jalb etilishi mazkur soha istiqbolini ta\'minlashga munosib
xizmat qiladi.
36
Ta'kidlash o‘rinliki, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Osiyo quyosh energiyasi
forumining oltinchi yig‘ilishida mamlakatimiz rahbari an'anaviy uglevodorod
xomashyosi bo‘lmish neft va gazning yangi manbalarini o‘zlashtirish tobora
qiyinlashib borayotgani va shu bilan birga, ularning zaxiralari kamayib, xalqaro
hamjamiyatda tashvish uyg‘otayotgani, qazib olinayotgan yoqilg‘idan foydalanish
misli ko‘rilmagan darajada kengayayotgani va bu atrof-muhitga sezilarli darajada
zarar yetkazayotgani, aholining salomatligi va hayot sifatiga salbiy ta'sir
ko‘rsatayotgani, bunday holat kelajakda global miqyosda barqaror rivojlanishga
xavf solishi muqarrarligini bejiz ta'kidlamadi.
Yurtboshimiz Forum yig‘ilishida qayta tiklanadigan energiyaning eng samarali
va istiqbolli manbai sifatida quyosh energetikasini rivojlantirish loyihalariga
investitsiya yo‘naltirishni yanada ko‘paytirish maqsadga muvofiq ekanligiga
hamda mamlakatimizda barpo etilayotgan va qurilishi rejalashtirilayotgan quyosh
elektr stansiyalari borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Forum qatnashchilari poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan
quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va
mamlakatimizning bu boradagi yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishar
ekanlar, O‘zbekistonda chindan ham bu borada samarali va istiqbolli ishlar amalga
oshirilayotganiga guvoh bo‘ldilar.
Sohani rivojlantirish masalalari davlatimiz rahbarining doimiy e'tiborida.
Xususan, Prezidentimizning 2012-yil 5-sentyabrdagi farmoyishi bilan tuzilgan
ishchi guruhiga 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda sohada faoliyat yurituvchi
xo‘jalik sub-'yektlariga ayrim imtiyozlar berish yuzasidan qonun hujjatlariga
tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun takliflar tayyorlash topshirildi.
Mazkur farmoyishning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining shu yil 1-mart kuni imzolagan “Muqobil energiya manbalarini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, shubhasiz, bu
yo‘nalishdagi keng qamrovli tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshiradi
hamda quyosh energiyasidan foydalanishda yangi ufqlar ochadi.
37
Farmonda shuningdek, muqobil energetika sohasining taraqqiyoti uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy potensialni yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda
kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratish, sohaga oid qonun
hujjatlarini yanada takomillashtirish, ya'ni qayta tiklanuvchi energiya manbalari
ishlab chiqaruvchilari hamda foydalanuvchilariga soliq va bojxona imtiyozlari
berish yuzasidan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda sohaning
jadal rivojlanishi uchun “Muqobil energetika to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab
chiqish lozimligi belgilandi.
Shubhasiz, amalga oshirilayotgan bu kabi sa'y-harakatlar zamirida
mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish va energetik mustaqillikni
yanada mustahkamlash maqsadlari mujassamdir.
38
ADABIYOTLAR
1. A.Rahimov, “Umumiy elektrotexnika”, Toshkent,
“O’qituvchi”, 1981-yil.
2. A.Rahimov, “Elektrotexnika va radiotexnikadan
amaliyot”, Toshkent, “O’qituvchi”, 1983-yil.
3. A.Rahimov, “Elektrotexnika va elektronika asoslari”,
Toshkent, “O’qituvchi”, 1988-yil.
4. A.Blashkin, “Obshaya elektrotexnika”, Leningrad,
1986-yil.
5. Ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |