Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi


 Qayta tiklanadigan energiya manbalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#60307
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalarining O‘zbekistondagi 
koordinatori, Markaziy Osiyo qayta tiklanadigan energiya manbalari mintaqaviy 
markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar, fermer xo‘jaliklari va 
mahalliy hokimlik vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llash 
ko‘lamini kengaytirish, ushbu yo‘nalishdagi milliy bozor va texnologiyalarni 
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya 
manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu 
boradagi ishlar samaradorligini oshirish, jumladan, muqobil energetikani yanada 
rivojlantirish, boy tabiiy resurslarni o‘zlashtirish, qayta tiklanadigan energiya 
manbalarini joriy etish, soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, muqobil 
energiya manbalarini qo‘llash sohasida ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga 
xizmat 
qilmoqda.
Mamlakatimiz muqobil energiya sohasida ulkan salohiyatga ega. Noan’anaviy 
resurslar, jumladan, quyosh energiyasidan keng foydalanishga yo‘naltirilgan zarur 
me’yoriy-huquqiy 
baza 
shakllantirilmoqda.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanish iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va 
uning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir. 
Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy quyosh batareyalaridan olinadigan 
energiya manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotir. Deyarli yil 
davomida oftob charaqlab turadigan yurtimizda qayta tiklanadigan bu energiya 
manbalari aholiga juda katta qulaylik tug‘diradi.Elektr energiyasidan tejab 
foydalanishda yangi texnologiyalarni joriy etish, quyosh, shamol va biologik 
chiqindilardan energiya olish elektr energiyasiga ketadigan sarf-xarajatlarni 
sezilarli 
darajada 
qisqartirish 
imkonini 
bermoqda.
Mamlakatimizda 20 dan ortiq quyosh qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxona 


16 
faoliyat yuritayotir. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan “Eko-energiya” ilmiy-tatbiqiy markazi ham bu 
borada muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz bo‘yicha umumiy 
quvvati 9,4 kVt. bo‘lgan 19 fotoelektr stansiya o‘rnatilib, ishga tushirildi. Yil 
yakuniga qadar yana 4 stansiyani foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin