Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi


“Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#60307
1   2   3   4   5   6   7   8
6. “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
tog’risida”gi Prezident Farmoni 
Qayd etib o‘tilsinki, iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan 
mamlakatlarda uglevodorod xomashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari 
kamayib 
borayotgan 
sharoitda 
iqtisodiyotning 
barqaror 
rivojlanishi 
va 
raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya 
manbalaridan amalda foydalanish bo‘yicha ishlanmalar jadal sur’atlar bilan olib 
borilmoqda. 
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh 
energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish 
borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular yuzasidan bir qancha o‘n yillar 
mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda. Respublikada Markaziy Osiyoda 
o‘xshashi yo‘q ilmiy-eksperimental markaz – Fanlar Akademiyasining “Fizika-
Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi tashkil qilingan bo‘lib, uning 
tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi. 
Issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish
elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‘zgartkichlar, maxsus 
materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov 
berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari ayniqsa faol va samarali olib borilmoqda. 
O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli 
tarmoq va sohalarida amalda eksperimental ravishda keng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh energiyasi 
bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy ob’ektlarni issiq suv 
bilan ta’minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida 
foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda 
issiq suv olish uchun gelioqurilmalar o‘rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik 
qurilmalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va kasb-
hunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 


27 
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda yaratilgan 
shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg‘or 
texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda tajriba 
tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
To‘plangan tajribani e’tiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat 
ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada o‘tkazishni yanada davom 
ettirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekiston sharoitida muqobil 
energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qo‘llash, 
shuningdek, mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni 
mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida: 
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekistonda quyosh va biogaz 
energiyasidan foydalanishni yanada chuqurroq ishlab chiqish va amalda qo‘llash 
uchun ilmiy-eksperimental va moddiy-texnika bazasi yaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fanlar Akademiyasi va manfaatdor 
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda, to‘plangan tajribani 
hisobga olgan holda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi 
eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini 
amalga oshirsin, bunda muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha 
tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga, respublikada tegishli 
uskunalarni, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni, shuningdek, 
ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratsin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar 
Akademiyasi, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish 
birlashmasi negizida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari 
ishtirokida Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish 
to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 
Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatining asosiy vazifalari va 
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: 


28 

quyosh energiyasidan sanoat ko‘lamida foydalanish sohasida yuqori 
texnologik ishlanmalarni amalga oshirish; 

ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning 
turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada quyosh energiyasi potensialidan amaliy 
foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 

quyosh energetikasidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish, shu 
jumladan maxsus materiallarni sintez qilish va ularga termik ishlov berish 
texnologiyalarini qo‘llash bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish; 

quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab 
chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish. 
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xalqaro quyosh energiyasi instituti 
faoliyatini tashkil etish va uni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha qaror qabul 
qilsin. 
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zbekenergo” DAK va “Suntech Power 
Co.” (XXR) kompaniyasi o‘rtasida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida 
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni teng ulushlarda moliyalashtirgan holda eng 
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 100 MVt quvvatli fotoelektrik panellar 
ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 
“O‘zbekenergo” DAK O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar 
va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda 
fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha 
biznes-reja hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va Vazirlar 
Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, bunda 2013-yilning oktabr oyida quvvati 
50 MVt bo‘lgan birinchi navbat ishlab chiqarishni foydalanishga topshirish, 2015-
yilda loyiha quvvatiga erishish nazarda tutilsin. Bu o‘rinda korxona tomonidan 
ishlab chiqariladigan mahsulotga ehtiyoj va uni sotish bozorlarini chuqur tahlil 
qilishga alohida e’tibor qaratilsin. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va 
“O‘zbekenergo” DAKning Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh 


29 
fotoelektrik stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi 
ma’qullansin. 
“O‘zbekenergo” DAK uch oy muddatda loyihani moliyalash manbalari 
sifatida Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti va O‘zbekiston Respublikasi 
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘larini jalb etishni nazarda tutgan 
holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi hamda tender hujjatlarini ishlab chiqsin va 
belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin. 
Samarqand viloyati hokimligi 2013-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda 
“O‘zbekenergo” DAKga elektrostansiyani qurish va joylashtirishni tashkil etish 
uchun belgilangan tartibda yer ajratsin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri 
hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan 
birgalikda bir oy muddatda Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya 
institutlarining mablag‘larini jalb etgan holda quyosh va biogaz energiyasini 
qo‘llash bo‘yicha eksperimental va pilot loyihalar ro‘yxatini ishlab chiqsin va 
tasdiqlasin. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi xalqaro 
ekspertlar ishtirokida ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga 
olgan holda quyosh hamda biogaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar va 
foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari va 
afzalliklar berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda 2013-yilda Toshkent shahrida xalqaro moliya institutlari, 
yetakchi xalqaro ekspertlar, xorijiy tadqiqot markazlari hamda texnologik 
uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirokida muqobil energiya 
manbalarini qo‘llash masalalariga doir xalqaro konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha 
zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin. 


30 
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, 
“O‘zbekenergo” DAK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
2013-yilning I yarim yilligida Vazirlar Mahkamasiga “Muqobil energiya manbalari 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini kiritsin. 
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh 
vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri, 2013-yil 1-mart 
Markazlashtirishdan asoslangan texnik-iqtisodiy chegaralarda chiqarilgan energiya 
ta'minotiga o’tish yo’li bilan turli qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan keng 
miqiyosda foydalanishga o’tish qishloq joylarida, ayniqsa, borish qiyin bo’lgan 
olis joylardagi ob'ektlarning energiya ta'minotini yahshilash borasidagi qator 
muammolarni hal etishga imkon beradi.


31 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin