V. I. Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, „Mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi



Yüklə 206,61 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.04.2023
ölçüsü206,61 Kb.
#92254
Qishloq xoʻjaligi - Vikipediya



Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligi — moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Qishloq xoʻjaligi
dehqonchilik
va 
chorvachilik
mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini
koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir
qancha tarmoqlarini xom-ashyo bilan taʼminlaydi. Masalan, qishloq xoʻjaligi 
ip-gazlama
sanoat
ida barcha moddiy xarajatlarning 60 %ini, 
qandolat
sanoatida deyarli 70 %ni, 
yog
’ va
sut
sanoatida esa qariyb 80 %ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon
mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi.


Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan
xodimlarning 27 %i shu sohada mehnat qiladi.
Qishloq xoʻjaligi mamlakat 
milliy daromad
ning tahminan 1/3 qismini tashkil qiladi. Shu
sababli mamlakat butun 
iqtisodiyot
ining oʻsish sur’atlari koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining
rivojlanish darajalariga bogʻliqdir.
Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini
yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir.
V.I.Lenin
 qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, „Mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi
boʻlmasa, hech qanday qishloq xoʻjaligi qurilishi boʻlishi mumkin emas“, — deb taʼkidlagan.
Moddiy ishlab chiqarish
ning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda
katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab
chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan
foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri 
ish davri
bilan mos tushmaydi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — 
dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida
bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (
dehqonchilikda — 
dalachilik

sabzavotchilik
,
polizchilik

bogʻdorchilik

oʻrmon xoʻjaligi
va boshqa; 
chorvachilikda — 
qoramolchilik

qoʻychilik
,
yilqichilik

choʻchqachilik

parrandachilik

asalarichilik

pillachilik
va boshqalar); Oʻz navbatida,
dehqonchilikda ekiladigan ekinlar (
gʻallachilik

sholikorlik

paxtachilik
[1]
) va chorvachilik
tarmogʻidagi chorva mollari turlari (
qoramol

qoʻy

ot

tuya
) boʻyicha guruhlanadi.
Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi
tosh davri
oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish
uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar
davomida turli sharoitlar taʼsirida dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan;
hayvonlarning foydali xususiyatlarga ega boʻlganlar parvarishlangan, koʻplab zotlari
yetishtirilgan.


Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2 %i (1316,7 mln. kishi) band.
Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. gektar, (jumladan, haydaladigan
yerlar 1380,8 mln. gektar, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.gektar (1998).)
1999-yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t
makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan
60,6 mln. t uzum yetishtirildi.
Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol,
912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqiladi.
Tayanch iboralar:tabiiy sharoit,
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi
[2]
ning asosiy tarmoqlari:
Dehqonchilik
-oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq
xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish bilan xarakterlanuvchi qishloq xoʻjaligining asosiy
tarmoqlaridan biridir. Qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish mavjud 
mehnat resurslariga
ham bogʻliqdir.
Dalachilk
-(asosiy tarmoq), savzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-
oʻtloqchilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi. (OʻzME.Birinchi jild. -Toshkent..2000-y.)
G'allachilik
-dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri. Gʻallachilikni rivojlanishi tabiiy,
biologik, iqtisodiy omillar bilan bogʻliqdir. Gʻalla yetishtirish hozirgi dehqonchilikda
mehanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi bilan farq qiladi. Gʻalla ekinlaridan 
almashlab
ekish
da keng foydalaniladi: 
shudgor
 uchun yerlarga dam berilganda, ayniqsa, hosildor boʻladi.
Bu jarayon bugʻdoy-gʻalla ekinlarida yuqori ahamiyatga ega. Kuzgi bugʻdoy, kuzgi va bahorgi
davrlardagi yogʻin suvlaridan toʻlaroq foydalanadi, shu sababli bu bugʻdoy navi serhosil
boʻladi.
Dukkakli don ekinlar
iga noʻxot, yasmiq, loviya, soya, mosh va boshqalar kiradi. Jahonda eng
koʻp yetishtiriladigan dukkakli ekin 
Soya
 (
AQSH
) boʻlib, u namgarchilikni yaxshi koʻradi. Mosh
bilan noʻxat issiqlikka chidamli boʻlganidan asosan 
Markaziy Osiyoda
ekiladi.
Sholi
 — 
tropik
ekin boʻlib, 12-15° boʻlganda una boshlaydi. 
Vegetatsiya davri
uzoq, lekin
sovuqqa chidamsiz.
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi


Chorvachilik
boqiladigan chorva mollarining turlariga, ulardan olinadigan mahsulotlar va yem-
xashak zaxirasining xususiyatlariga qarab tarmoqlarga boʻlinadi:
~
Qoramolchilik

Qoʻychilik
~
Choʻchqachilik

Parandachilik

Echkichilik

Yilqichik

Tuyachilik

Bugʻuchilik

Pillachilik

Asalarichilik
~
Baliqchilik
Yurtimizda 2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan
102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017-2019-yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi
mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019-yil
narxlarida) oshdi.
[2]
Shu bilan birga, oʻsimliklarni yetishtirish 1,3 baravar, chorvachilik
mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi
[3]
.
Shavkat Mirziyoyev
ning „Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini
takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni
moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi
[1]
. Unga koʻra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini
yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi
tartib boʻyicha yanvar-fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun 
agrotexnik
tadbirlar (shoʻr
yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq.
Shu sababli 
kredit
ning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14
oyga, 
paxta-toʻqimachilik klasterlari
 va 
kooperatsiyalari
uchun — 19 oydan 22 oyga
uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab
moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan
[1]
.


Vazirlar Mahkamas
i tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik
maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul
qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda
amalga oshiriladi:
1-bosqich 2022-2024-yillarni oʻz ichiga oladi.
2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish
tadbiri bajariladi, yaʼni qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar yigʻiladi.
3-bosqich — 2024-2026-yillarda amalga oshiriladi
[2]
F
Foydalanilgan adabiyotlar
~Oʻz.Res.ni yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida.OʻZ.Res.qonun
hujjatlari toʻplami 2017 y.6-son 70-modda
~Sanoat geografiyasi Egamberdiyeva U.T..--Toshkent
<>,2020. 194-203 bet.
1. 
„Ўзбекистонда пахта етиштиришни молиялаштириш тартиби ўзгаради“ (https://bugun.uz/2021/
02/26/ozbekistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi)
. Bugun.uz. 10-iyul 2021-
yilda asl nusxadan 
arxivlandi (https://web.archive.org/web/20210710071214/https://bugun.uz/2021/
02/26/ozbekistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi)
. Qaraldi: 2021-yil 26-
fevral. 
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20210710071214/https://bugun.uz/2021/02/26/ozbe
kistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi)
 2021-07-10
 Wayback Machine
saytida.
2. 
„Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги бўйича статистик маълумотлар базаси кенгайтирилади“ (http
s://bugun.uz/2021/03/19/ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-bojicha-statistik-malumotlar-bazasi-kengajt
iriladi)
. Bugun.uz. 4-avgust 2021-yilda asl nusxadan 
arxivlandi (https://web.archive.org/web/20210
804093838/https://bugun.uz/2021/03/19/ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-bojicha-statistik-malumotl
ar-bazasi-kengajtiriladi)
. Qaraldi: 2021 йил 19 март. 
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20210
804093838/https://bugun.uz/2021/03/19/ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-bojicha-statistik-malumotl
ar-bazasi-kengajtiriladi)
 2021-08-04
 Wayback Machine
 saytida.
3. 
„Шавкат Мирзиёев билан Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги ислоҳотлари бошланди — «İhlas»“ (h
ttps://bugun.uz/2021/03/11/shavkat-mirziyoev-bilan-ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-islohotlari-boshl
andi-ihlas)
. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 11 март.
Manbalar


Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Bu maqola 
vikilashtirilishi
kerak.
Iltimos, bu maqolani 
Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga
muvofiq tartibga keltiring.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qishloq_
xo%CA%BBjaligi&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Qishloq_xo
ʻjaligi&oldid=291
7873
" dan olindi 


Yüklə 206,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin