Amaliy mashg’ulot №5 Mavzu



Yüklə 28,39 Kb.
səhifə1/3
tarix24.03.2023
ölçüsü28,39 Kb.
#89453
  1   2   3
5-амалий узб AXJSh



Amaliy mashg’ulot №5


Mavzu: Xonadonda chorva mollarini tutish va ularga qo‘yilgan talablar. Yem tayyorlash ratsionlarini tuzish. Xonadonda chorva mollarini emlash. Emlash vaksinalari turlari va emlashni o‘tkazish vaqtlari.


Ishdan maqsad:Xonadonda chorva mollarini tutish va ularga qo‘yilgan talablar. Yem tayyorlash ratsionlarini tuzish. Xonadonda chorva mollarini emlash. Emlash vaksinalari turlari va emlashni o‘tkazish vaqtlari ni o’rganish.
Kerakli jihozlar:chorva mollari


Umumiy ma’lumot:
Respublikamizda ko‘plab qoramol go‘shti yetishtirish tadbirlarini amalga oshirish va mahsulot sifatini yaхshilashga jiddiy e’tibor berish hamda aholining go‘sht mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirishda mollarni bo‘rdoqiga boqish katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga boqishni to‘g‘ri tashkil etish ham alohida e’tibor talab qiladi. Odatda, qoramol so‘qimga 100–120 kun boqiladi. Ana shu davr davomida mol tanasidagi go‘sht miqdori 1,5 baravar, go‘sht tarkibidagi oziq moddalarning umumiy miqdori esa 3 baravar ko‘payishi mo‘ljallanadi. Shu bilan birga go‘shtning sifati, to‘yimlilik qiymati ham ancha
yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Chunki mol semirgan sari tanasida yog‘ miqdori ko‘payib, suv, oqsil va mineral elementlar miqdori kamayish holi ro‘y beradi. Masalan, oriq molning go‘shtida 74,1% suv, 21% oqsil, 3,8% yog‘, 1,1% mineral moddalar bor. Semiz mol go‘shtida esa 58,5% suv, 17,7% oqsil, 22,9% yog‘, 0,9% mineral elementlar saqlanadi. Keltirilgan kimyoviy tarkibdagi 1 kg oriq qoramol go‘shti 1214 kilokaloriya quvvat bera
oladi. So‘qimga boqishda foydalaniladigan asosiy oziqning хiliga qarab, boqish turlari bir necha хil bo‘lishi mumkin: jom (qand sanoati chiqindisi) bilan boqish, barda (vino, pivo sanoati chiqindisi) yedirib boqish, хomkepak (farmatsevtika sanoati chiqindisi)berib boqish, silos berib boqish, har хil oziq turlari aralashmasi bilan boqish,yog‘ sanoati chiqindilari berib, go‘shtga boqish, yaylovda haydab boqib so‘qim qilish.
Ayni boqish usullarining ham masi ham samarali usullardan bo‘lib, kam va arzon narхli oziq sarflab, yuqori quvvatli go‘sht mahsuloti yetishtirish imkonini beradi. Yaylov sharoitida yayratib boqish usuli esa boqish usullari ichida eng yuqori samara keltira oladi. Mollarni boqish muddati ularga beriladigan asosiy oziq turiga va so‘qimga boqiladigan mollarning yoshiga bog‘liq. Masalan, katta yoshdagi mollarni jom berib boqiladigan bo‘lsa, boqish muddati 60–70 kun, yosh mollarda 80–90 kun, barda yedirib boqiladigan bo‘lsa, katta yoshdagi mollar 70–80 va yosh mollar 90–100 kun, silos bilan boqilganda katta yoshdagi mollar 80–90, yosh mollarni boqish 100–110 kun davom etadi.
Ayni muddat ichida katta yoshdagi mollarning tirik vazni 20%, yosh mollarning jussa og‘irligi esa 50% ko‘payishi maqsadga muvofiq natija hisoblanadi. Albatta ko‘rsatkichlar qat’iy emas. Sharoit taqozosiga qarab o‘zgarish ehtimoldan хoli emas. Bo‘rdoqiga boqishda mollarga beriladigan oziq me’yori ularning yoshiga qarab belgilanadi. Masalan, bitta katta yoshdagi molga kuniga 70–80 kg, yosh mollarga 45–50 kg jom, katta yoshdagi molga 80–90 l, yosh molga60–65 l barda beriladi. Bunda katta yoshdagi mollarga 5–6 kg, yosh mollarga esa 3 kg dag‘al хashak qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘rdoqiga boqish davrida jami bo‘lib yosh mollarga 100 kg, katta yoshdagilarga 130 kg atrofida yem berish lozim. Yem tarkibiko‘kat o‘t uni, yorma qilib maydalangan arpa, suli, makkajo‘хori doni, kungaboqar kunjarasi, chigit kunjarasi kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, maхsus tayyorlangan to‘liq to‘yimli omiхta yemdan foydalanilishi ham mumkin.Katta hududda tabiiy o‘tloqlari bo‘lgan хo‘jaliklardaqoramolni yaylov sharoitida boqib go‘shtga yetishtirishmumkin. Bu og‘ilхonada boqishga qaraganda ancha arzongatushadi va ishchi kuchi ancha tejaladi. Chunkibunda yem-хashak tayyorlash, tashib keltirish, mollargaoziqlarni tarqatib berish, molхonani tozalash va shu kabiboshqa ishlarni bajarish uchun mehnat talab qilinmaydi.
Bu esa хo‘jalikda yetishtiriladigan go‘sht tannarхini arzonlashtirib,mehnat samaradorligini oshirishga imkonberadi.Mollarni yaylov sharoitida yayratib boqishning samaradorligiasosan ajratilgan o‘tloqlarning hosildorligiga vapodaning to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq. Yaylovda bo‘shhaydab boqish uchun ajratilgan podadagi mollar guruhiyoshi jihatidan bir хil bo‘lishi kerak. Bunda ko‘proq13–15 oylik mollar ajratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chunki yaylovda bo‘sh haydab boqilayotgan mollar kuniga13–15 soat haydab o‘tlatiladi va ikki mahal 3–5 soatdam beriladi. Katta yoshdagi mollar uchun yaylovda uzoq
o‘tlab yurish birmuncha og‘ir bo‘lishi va shu sababliularning semirishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bundantashqari, katta yoshdagi mollar yosh mollar singari jadalo‘sish qobiliyatiga ega emas. Tajribadan ma’lumki, 4–5oy yaylovda bo‘sh haydab boqilganda ularning tirik vazni30–40% ortsa, yosh mollarning og‘irligi 60–70% ortadi.Bundan tashqari, yosh mollarning go‘shti yuqori sifatli vata’mi lazzatli bo‘lib yetiladi.Yaylovda boqiladigan mollarning qay darajada semirganliginiyoki jussa og‘irligi o‘sganligini bilish uchun har
bir podadan 10–20 bosh molni oyiga bir marta tarozidatortib, qancha qo‘shimcha vazn qo‘shilganligi tekshiribko‘riladi. Yaylov sharoitida tarozida tortishning imkoni219
yati bo‘lmasa, jussa og‘irligi tana qismlarini o‘lchashyo‘li bilan aniqlanadi. Shu tariqa mollar berayotganqo‘shimcha vazn miqdori nazorat qilib boriladi.



Yüklə 28,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin