Saudiya Arabistoni, (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (AlMamlaka alArabiya asSaudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi.Chegaradosh davlatlari Iroq Yaman,Iordaniya quvayt Qatar BAA . Maydoni 2 million km². Aholisi 35 mln. kishi (2019. Bulardan 5, mln. kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Er-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyatga boʻlinadi.aholining 90% arablar. misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S.A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 6 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-RiyodJidda, Makka, Madina.