A12-modul. Nutq madaniyati «Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi



Yüklə 210 Kb.
səhifə1/10
tarix19.01.2023
ölçüsü210 Kb.
#79675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12-mavzu




A12-modul. Nutq madaniyati
«Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi.
Fanning maqsad, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi va tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul haqoyiq», «Qobusnoma», «Mahbub ul qulub» kabi asarlarda nutq madaniyati, so‘zlashish odobi masalalari. Jamiyat va nutq madaniyati. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.


Notiqlik san’ati tarixi
Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. YUnon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.
Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari.
Rim notiqlik san’ati. Rim notiqlik maktabining o‘ziga xosliklari. Sitseronning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari. Notiqlik vazifalari.
Sharqda voizlik san’ati. Sharq notiqligi haqida ma’lumot. Sharq voizlarining qarashlari. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi.


Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari
Til me’yori lingvistik tushuncha sifatida. O‘zbek adabiy tili – umumxalq o‘zbek tilining oliy shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga ta’rif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: me’yorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, ko‘p vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, zamonaviylik.
Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar.
Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati.
Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar.



Yüklə 210 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin